Soni:Yakka-yakka holda tarqalgan. Tolli dovonida 40-45 ga maydonda 300 ga yaqin tupi aniqlangan.
Ko’payishi:Urug’idan va piyozidan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari: Ko’plab gullari va piyozlarining yig’ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda.
Sharipov lolasi, gulbarra- Тюльпан Шарипова-Tulipa scharipovii Tojibaev Kamyoblik darajasi 2.
Farg’ona voduysining shimoliy adirlarida tarqalgan endem tur.
Botanik tavsifi:Bo’yi 15-20 sm ga yetadigan piyozli ko’p yillik o’ tulipa Piyozi tuxumsimon, qobig’i qattiq, jigarrang tusli, ichki tomonidagi tuklari zich joylashgan va qobig’ining tubi va yuqorisida jamlangan. Yuqoridagi tuklari qobig’idan tashqariga chiqib turadi. Barglari uchta, lansetsimon, bir-biriga yaqin joylashgan, 7-10 sm. Guli sariq, tubi sariq rang bilan yo’gonlashadi. Chang iplari va Changdonlari sariq. Mart-aprel oylarida gullab, mayda mevasi pishadi.
Таrqalishi: Namangan viloyati:
Xulosa. Loladoshlar oilasining biologik xususiyatini o’rganish yordamida loladoshlar oilasining vakillari bilan tanishib chiqdim. Loladoshlar oilasining vakillari piyozboshli ko’p yillik o’simlik hisoblanadi. Loladoshlar oilasining lola turkumiga mansub o’simliklarning deyarli barchasi O’zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan. SHuning uchun bu turkum vakillarini asrab avaylashimiz kerak. Bu turkum vakillarining yo’qolib ketishiga asosiy sabab, bu turkum vakillarining piyozboshlarining ko’plab terib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi tufayli turkum vakillari kamayib bormoqda. Bu turkum vakillarining kamayib borishning oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqilgan, Bu chora tadbirlar O’zbekiston fanlar akademiyasining Botanika bog’i tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek bu turkum vakillarini iqlimlashtirish chora tadbirlari ham ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu turkum vakillari tarqalgan tog’ va adirlar plantatsiya qilingan. Biz talabalar ham bu turkum vakillarining kamayib borish oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishimiz mumkun. Bu chora tadbirlarni ishlab chiqish orqali vatanimizning fan taraqqiyotining rivojlanishiga hissa qo’shishimiz mumkin.
Bu turkum vakillari xalq xo’jaligida ham katta ahamiyatga ega. Lola turkumi vakillaridan ba’zi vakillari manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Ayniqsa gollandiyada lolalar manzarali o’simlik sifatida ekin maydonlarida maxsus ekiladi va qadrlanadi.