O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gullari ko’plab terilishi va chorva mollari boqilishi qirilib ketishiga olib kelgan.
Foster lolasi-Тюльпан Фостера-Tulipa fosteriana Irving
Kamyoblik darajasi 1. G’arbiy Pomir-Oloydagi juda kamyob, endem o’simlik.
Botanik tavsifi:Bo’yi 10-50 sm ga yetadigan ko’p yillik, piyozli o’ tulipa Piyozi tuxumsimon, diametri 2-6 sm, qobig’i qoramtir-qo’ng’ir, charmsimon, ichki tomoni qalin, tog’ri, qattiq, tillarang tuklar bilan qoplangan. Barglari 3-5 ta, biroz egri-bugri, ko’kimtir yoki yashil rangli. Gullari yaltiroq, qizil, yakka, yirik, diametri 10-12 sm, tubi qora, sariq xoshiyali sariq. Changchi iplari tagi qizil yoki sariq. Changdoni qoramtir-binafsha rangli. Aprel-may oylarida gullab, iyun-iyulda mevasi yetiladi. Таrqalishi:Samarqand viloyati: Zarafshon tizmasidagi Omonqo’ton o’rmon xo’jaligida, Taxtaqoracha dovonida, Urgut, Og’aliq qishloqlari atroflarida tarqalgan.
O’sish sharoiti:Tog’larning o’rta qismidagi mayin tuproqli yonbag’irlarda va qoyalarning yonbag’irlarida o’sadi.
Soni:Tabiatda yakka-yakka holda tarqalgan. Ko’payishi:Urug’idan va vegetative yo’l bilan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Ko’plab gullari va piyozlarining yig’ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda
Gumonli lola- Тюльпан сомнительный Tulipa dubia Vved
Kamyoblik darajasi 2. G’arbiy Tyanshandagi kamyob, endem osimlik
Botanik tavsifi: Bo’yi 10-25 sm oralig’idagi ko’p yillik piyozli o’ tulipa Piyozi cho’ziq-tuxumsimon, qobig’i tagi jigarrang ichi yotiq tukli. Barglari uchta, ko’kimtir, chetlari egri-bugri. Gullari yopirma barglari orasida joylashgan. Gulbandi sertuk, ko’kimtir, chetlari egri-bugri. Gullari yakka, sariq, tashqi tomoni ko’kimtir-pushti yo’l-yo’l, gul tubi sariq. Changchi iplari tagi sariq, changdonlari sariq. May-iyun oyida gullab iyul-avgustda mevasi yetiladi.
Таrqalishi: Toshkent va Namangan viloyatlari: G’arbiy Tyanshanning barcha tizmalarida tarqalgan. Qirg’izistonda ham uchraydi.
O’sish sharoiti;Tog’ning yuqori qismiidagi mayin zarra tuproqli, shag’alli yonbag’irlarda o’sadi. Soni:Yakka-yakka holda tarqalgan.
Ko’payishi:Urug’ida va piyozidan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari: Ko’plab gullari va piyozlarining yig’ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda.
O’zbekiston lolasi- Тюльпан узбекистанский-Tulipa uzbekistanica Kamtoblik darajasi
1. Yoqolib ketish arafasidagi Pomir-oloyning Janubiy-G’arbidagi kamyob, endem o’simlik.
Botanik tavsifi:Bo’yi 10-20 sm oralig’idagi ko’p yillik piyozli o’ tulipa Piyozi tuxumsimon, diametri 2, 5 sm. Qobig’i cho’ziqroq, qattiq, tuksiz faqat ichi siyrak yotiq tuklar bilan qoplangan. Barglari uchta, yashil-ko’kimtir g’uborli, cheti biroz ehri-bugri. Guli qizil, tubi to’q qo’ng’ir dog’li, sariq gardishli. Changchi iplari va Changdonlari och sariq, ba’zan tagi qizil. Martda gullab, may oyida mevasi yetiladi. Таrqalishi:Qashqadaryo viloyati:quruqdog’ana tog’ining tolli dovonda tarqalgan. O’sish sharoiti: Ola jinsli past tog’lardagi kulrang sho’rxak tuproqlarda o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |