Kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


Badiiy gimnastikaga tanlashda buyumlar bilan muomala texnikasi



Download 5,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/144
Sana04.02.2022
Hajmi5,83 Mb.
#428899
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144
Bog'liq
fayl 1633 20210826

3.4. Badiiy gimnastikaga tanlashda buyumlar bilan muomala texnikasi 
ahamiyati
Ko‘pgina mutaxassislarning fikriga ko‘ra bugungi kunda buyumlar bilan 
muomala texnikasi rolining kuchayishi - yuksak sport natijalariga erishishning 
asosiy sharti sifatida jahon badiiy gimnastikasi rivojlanishining bosh yo‘nalishi 
(N.J.Belokopitova, 1979; V.YA.Klimenko va hammualliflar, 1982; M.Gigova, 
L.Svetkova, T.SHishkova, 1982; N.Robeva, 1983; R.SH.Kokoshvili, 1984; 
N.A.Ovchinnikova, L.A.Karpenko, 1985, 1986) hisoblanadi. 
Musobaqalarda hakamlik qilish Xalqaro qoidalarida (1984) badiiy 
gimnastikaning maxsusligi buyumlar bilan manipulyasiya qilishdan iborat ekanligi 
aniq ko‘rsatilgan. Buyumsiz bajariladigan mashqlar gimnastika federatsiyasi 
musobaqalar dasturlarida uchramaydi va faqatgina gimnastikachi qizlarning texnik 
tayyorgarligi asoslanadigan baza sifatida xizmat qiladi. 
Gimnastikachi qizlarning texnik tayyorgarligi tahliliga bag‘ishlangan va 
keyingi yillarda chop etilgan materiallar buyum bilan bajariladigan mashqlar 
texnikasini takomillashtirishning uchta bir-birini almashtiradigan yo‘nalishlar 
mavjudligini ko‘rsatadi. CHunonchi, buyumlardan foydalanish uchun xarakterli 
harakatlar avvallari sportchi qizlarning qo‘lidagi buyum bezak sifatidagi rolni 
bajargan (M.Gigova, L.Svetkova, T.SHishkova, 1982).
Biroq keyingi davrda kompozitsiyalarning asosiy qiyinchiligini buyumsiz 
mashq bajarish uchun tipik bo‘lgan elementlar emas, balki buyumlarning o‘zini 
eng murakkablashgan va turli-tuman harakatlantirish (NJB, 1979) tashkil etgan. 
Va, nihoyat, buyumsiz fundamental (oddiy) elementlarni qo‘shish bilan birgalikda 
gavda harakatlarini yuksak sifat va mahorat bilan bajarib “buyumlar bilan 
harakatlar strukturalari guruhlarini takomillashgan holda egallanganligi” hozirgi 
vaqtda gimnastikachi qiz muvaffaqiyatining asosi hisoblanadi (E.B.Biryuk, 
N.A.Ovchinnikova, 1989). 


60
Badiiy gimnastikada zamonaviy va ratsional, ya’ni “buyumli” deb 
ataladigan tayyorgarlikning muhimligi hech qanday shubhasizdir. Biroq, 
gimnastikachi qizlar - “Badiiy” tayyorlash umumiy tizimining ushbu 
komponentasida (tashkil etuvchisida) ma’lum kamchiliklar va etishmovchiliklar 
mavjud bo‘lib, ularning namoyon bo‘lish darajasi bu erda murojaat qilish o‘rinli 
bo‘lgan ko‘pgina omillarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha ko‘pgina mutaxassislar va murabbiylar bizning 
avvalgi muvaffaqiyatsizliklarimiz sababini sovet sportchi qizlarini buyumlar bilan 
muomala texnikasi sohasida xorij sportchi qizlaridan biroz ortda qolishida 
(V.Ya.Klimenko va hammualliflar, 1982; T.S.Lisitskaya, R.Sh.Kokoshvili, 
V.Yu.Sosina, 1982; B.V.Biryuk, N.A.Ovchinnikova, L.G.Vlasova, 1983; J.Rinaldi, 
1984; T.S.Lisitskaya, 1984, 1986; V.Nikiforova, 1985; T.Kravchenko, 1985; 
N.A.Ovchinnikova, 1985 va boshqalar) deb bilganlar va bu fikrga qo‘shilish lozim. 
Bu ortda qolish deyarli haqiqat edi va bu haqida bizning yutuqlarimiz 
dalolat berar edi. Biroq, shunday bo‘lsa ham, ushbu hodisa asosiy sabablarini tahlil 
qilishda ancha batafsilroq to‘xtalishni istardik. Avval ham, hozir ham, musobaqa 
dasturlarini bajarishning ishonchliligi va stabilligi muammosi eng muhim bo‘lib 
qolmoqda (V.Ya.Klimenko va hammualliflar, 1982; E.V.Biryuk, L.G.Vlasova, 
1984; N.I.Kuzmina, 1985, 1986; E.V.Biryuk, N.A.Ovchinnikova, 1989 va 
boshqalar). Badiiy gimnastikada stabillik deganda, eng avvalo, mashqlarni qo‘ldagi 
buyumni yo‘qotishsiz (qo‘ldan chiqarib yubormasdan) bajarish tushuniladi. 
Stabillik ko‘rsatkichi buyumni yo‘qotishsiz bajarilgan mashqlar sonini umumiy 
bajarilgan soniga nisbatan foizini hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Va bu 
sportchining musobaqada mos o‘rinni egallashi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo‘ladi (O.A.Ivanova, 1984). Hattoki eng sezilmaydigan xatolik ham nufuzli 
Xalqaro musobaqalarda sportchi qizning va uning murabbiyining yillar 
davomidagi mehnatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Tadqiqotlar, mamlakatimiz mutaxassislari tomonidan ham, xorij 
mutaxassislari tomonidan ham, bir necha marta badiiy gimnastikada buyumlar 


61
bilan muomala texnikasi mahorat ortishining bosh mezoni hisoblanadi degan fikr 
ta’kidlandi. Aynan ushbu texnika ko‘p jihatdan alohida sportchi qizlarning ham, 
milliy 
badiiy 
gimnastika 
maktablarining 
ham, 
yutuqlarini 
yoki 
muvaffaqiyatsizliklarini aniqlaydi (N.Robeva; J.Rinaldi; N.A.Ovchinnikova; 
L.A.Karpenko va boshqalar). L.A.Karpenko fikriga ko‘ra, buyum bilan mashq 
bajarish texnikasini rivojlantirish tendensiyalariga quyidagilar kiradi: buyumni 
yuqoriga uloqtirishning sonini stabillashtirish fonida ularning turli-tumanligini va 
qiyinchiligini oshirish, gimnastikachi qiz gavdasi va buyum harakatlarini eng zich 
kontaktida elementlar sonini va qiyinchiligini oshirish, qo‘shimcha va bog‘lovchi 
elementlar funksiyalarini kengaytirish, originallik rolini oshirish. 
Mashqni artistik jihatdan yuqori darajada bajarish uchun o‘z 
individualligini ko‘rsatish va obraz yaratish, etarlicha stabillik va ustalik bilan 
buyumlarni egallash va boshqarish kerak va faqat shu holdagina buyum xalaqit 
beruvchi emas balki gimnastikani ifodalovchi elementlaridan biri bo‘ladi. 
Mahoratli gimnastikachi qizlarning buyumlarni egallash va boshqarish 
darajasini musobaqa natijasiga ta’siri tajriba yo‘li bilan isbotlangan va 0,862 ga 
teng korrelyasiya koeffitsienti (R < 0,001) bilan ifodalanadi (E.V.Biryuk, 
N.A.Ovchinnikova). 

Download 5,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish