Kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


Badiiy gimnastikaga xos sakrashlar texnikasi



Download 5,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/90
Sana01.07.2022
Hajmi5,83 Mb.
#727981
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
Bog'liq
fayl 1633 20210826

4.4.3 Badiiy gimnastikaga xos sakrashlar texnikasi
 
Quyida asosiy badiiy gimnastikaga xos sakrash texnikasining qisqacha ta’rifi 
keltirilgan.
 
Ikki oyoqda depsinib baland sakrash, o‘zining uchishda holatni hosil qilish 
harakati bo‘yicha turlichadir. Chunki qo‘llarni faol siltab ikki oyoqda kuchli 
depsinish, maksimal balandlik va uchish vaqti bilan ta’minlashga yordam beradi. 
Ikki oyoqda depsinib sakrash texnikasini qisqacha ko‘rib chiqamiz. 


95
Oyoqlarni orqaga bukib sakrash (14-rasm) joyidan hamda harakatda 
bajarilishi mumkin (bunday sakrashdagi tayyorgarlik bosqichidagi farqni 23-
rasmda ko‘rish mumkin). Sakrashning asosiy bosqichida gimnastikachi qo‘llarini 
oldinga-yuqoriga kuchli siltaydi. Qo‘l harakati taxminan bosh balandligida 
tormozlanadi, lekin, qo‘lni ko‘tarish sekin davom etadi. Tayanchdan uzilish to‘g‘ri 
holatda sodir bo‘ladi, undan keyin gimnastikachi tananing orqaga butunlay 
bukishini davom ettirib kerishadi va oyoqlarini orqaga bukadi. Sakrashning eng 
qiyin turlaridan biri – halqa sakrash. 
Bukilib sakrash texnikasi bo‘yicha yuqoridagilarga o‘xshashdir. Bu 
oyoqlarning juft holati va orasini ochgan holatda bajariladi. Bunday sakrash 
texnikasining harakterli xususiyatlaridan biri qo‘lni orqaga qaytarib 
harakatlantirish hisoblanadi: qo‘l bilan siltash keng harakat bilan bajariladi va 
bundan keyin qo‘llar bosh balandligiga kelganda (ilgariroq emas) ularning harakati 
keskin tormozlanadi. Aynan shu paytda gimnastikachining gavdasi qo‘l va 
oyoqlariga yetgunicha egiladi. Bu bilan bog‘liq oddiy xato – qo‘llar bilan siltashni 
yelka balandligida, oldindan to‘xtatib, keyin oyoqlarni unga olib borish.
Bunda oyoqlar pastda qoladi, gavda esa 
ortiqcha egilib, gorizontal joylashgan oyoq 
va qo‘llar bilan bukilishi zarur.
Oyoqlar 
orasini 
ochib 
sakrash 
koordinatsiyasi bo‘yicha yuqorida keltirilgan 
ikki sakrashga yaqindir. Shuni esda tutish 
kerakki, mazkur holatda siltash holatni hosil 
qilish harakatiga tegishli bo‘ladi va siltanib 
sakrashdagi kabi energiya hosil qiluvchi
14-rasm harakatlar tarkibiga kirmaydi (pastga qarang). 
Sakrab shpagat
– sakrashning o‘ziga xos turi bo‘lib, ikki oyoqda depsinib, 
ham siltab bajariladi. Mazkur holatni amalga oshirish bosqichida oyoqlar bilan 


96
qarama-qarshi tomonga sinxronli siltash bajariladi. Sakrash oddiydagi singari 
ko‘ndalangiga ham shunday bajariladi (11-rasmga qarang). 
Aytib o‘tilganlardan tashqari bu harakatlarning yana ikki xil varianti mavjud.
Oyoqni siltab baland sakrash bir oyoqda depsinish va energiya hosil qilish 
kabi holatni hosil qiluvchi ikkinchi oyoqning faol harakati bilan bajariladi.
Oldinga va yonga siltab sakrash to‘g‘ri yoki bukilgan oyoqni siltab, bir yoki 
ikkala oyoqda qo‘nish bilan bajarilishi mumkin.
Bunga xos turlari: oyoqni almashtirish va siltanuvchi oyoqqa qo‘nish bilan 
sakrash (to‘g‘ri yoki bukib siltash bilan), oldinga siltanib sakrash (15-rasm), 
oyoqni bukib siltash bilan yopiq sakrash, oyoqni yonga siltab sakrash, vertikal 
shpagat va boshqalar. 
15-rasm 
Orqaga 
siltab 
sakrash 
yuqoridagilarga o‘xshash, lekin yozuvchi 
harakatlar bilan bog‘liqdir. Odatdagi 
turlari: depsinuvchi oyoqqa qo‘nish bilan 
ochiq 
sakrash 
(16-rasm), 
oyoqlarni 
almashtirib sakrash va siltanuvchi oyoqqa 
qo‘nish, muvozanatda sakrash (17-rasm). 

Download 5,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish