34
qoqmani qo‘llash taqiqlangan bo‘lsa, buxorocha usulda o‘ngga
ruxsat etiladi. Kurashda ilib olib uloqtirish usuli eng muhim bo‘-
lib, bunda hujum qiluvchi oyog‘ining kafti bilan raqibning oyog‘iga
uradi. Ilib olish, ya’ni chalishning turli guruh va usullari mavjud
bo‘lib, bular kurash tushish jarayonida keng qo‘llaniladi.
Birinchi guruh – raqib oyog‘ini
yon tomondan ilib olish
priyom va usullari. Raqibning oldida turgan oyog‘i tovonning
yon tomonidan ilib olinadi. Bu o‘rinda uloqtirish qo‘l va gavdani
zarb bilan siltanishi hisobiga ilib olish qarama-qapshi tomonga
amalga oshiriladi.
Ikkinchi guruh – oyoqni old tomondan ilib olishning pri-
yom va usullari. Raqibning oldinda turgan oyog‘i – boldirning
quyi qismidan ilib olinadi,
uloqtirish, ikkala qo‘l va gavda bilan
oldinga ilib olish.
Uchinchi guruh – oyoqni orqa tomondan ilib olish pri-
yom va usullari. Raqibning tayanch oyog‘ining tovoni orqa to-
mondan yoki tayanch oyoq boldirining mushagi yuqori qis-
midan ilib olinadi.
To‘rtinchi guruh – oyoqni ich tomondan ilib olish usulla-
ri. Raqibning oldinda turgan oyog‘ining tovoni yoki boldiri ich
tomondan ilib olinadi. Ilib olishga oid
bu usullarning barchasini
bajarishda raqibning yaktagidan mahkam ushlash hamda uloq-
tirish vaqtida uni ehtiyot qilish lozim.
Ilib olib uloqtirish usullarini qulay vaziyat tanlanganda va
harakat tezligi ta’minlangandagina amalga oshirish mumkin bo‘-
ladi. Yon tomondan ilib olib uloqtirish raqib oyog‘ini oldinga
chiqarib, unga tayanib turganda, oyoqlarining orasi yaqin bo‘l-
ganda, oyoqlarini chalishtirganda, bir oyog‘ini orqaga qoldirib
o‘zini chetga olganda va shu kabilarda qulaydir.
Old tomondan
ilib olib uloqtirishni raqibning oyog‘i orqada qolganda, oyoq-
larining orasini keng ochib turganda, hujum qiluvchiga tayanib
oyoq uchlarida turganda va shu kabi holatlarda o‘tkazish lozim.
Oyoq ichkarisidan ilib olishni raqib oyog‘ini oldinga chiqar-
ganda, bir oyog‘i orqada qolganda, oyoqlarini keng qilib qo‘y-
ganda o‘tkazgan lozim. Pastdan ilib olish raqib muvozanatini
yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Raqibning
yiqilish tezligini oshi-
rish uchun yiqilayotgan raqibga qo‘llar bilan go‘yo tayani-
layotgan singari undan itarish zarur. Ilib olishni amalga oshi-
rishda raqibini ikkala oyog‘iga tayanishdan mahrum etish mu-
35
himdir. Gilamda tayanib turgan oyoqni ichkaridan ilib olish
yaxshi samara beradi. Polvon bellashuv paytida tashabbus
ko‘rsatish, xilma-xil hujum harakatlarini qo‘llash, gavda holati
turlicha bo‘lgan vaziyatlar va turli holatlarda
samarali foydalanish,
uning qo‘li, to‘ni, belbog‘idan qulay ushlab ilib olib uloqtirishni
tez, chaqqon va qo‘qqisdan amalga oshirish bilan raqibni char-
chatish kerakligini bilish zarur. Bu o‘rinda bellashuv paytida
ilib olish natijasida raqib gilamda yiqilishi va yiqilmasligi ham
mumkin. Bu yiqitish usulning o‘tkazilish sifatiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: