Kuntug‘mish” dostoni tilida leksik-frazeologik va paremiologik madaniy birliklar lingvopoetikasi mavzusidagi


Yangi innovatsion texnologiyalar asosida frazeologik va paremiologik birliklarni o‘qitish



Download 0,66 Mb.
bet13/20
Sana09.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#765800
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Sayyora Mamanova MD to‘liq 2022

Yangi innovatsion texnologiyalar asosida frazeologik va paremiologik birliklarni o‘qitish.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida turli xil interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, grafik organayzerlar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu kungacha an’anaviy ta’limda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi va talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari chiqarishlariga o‘rgatadi. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, asosan o‘quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o‘zini tahlil qilishni va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatadi. Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to‘g‘ri xulosani aytib o‘tib ketadi. Natijada o‘quvchi xatosini o‘zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi holatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro hurmatga asoslanadi. O‘qituvchi qanday bo‘lmasin o‘quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o‘quvchilarni bir-birlarini tinglashga o‘rgatadi. E`tirozlar, qo‘shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo‘shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so‘zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o‘quvchi o‘zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda hech qanday tayziqsiz, erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Shular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o‘rganadi. Interaktiv metodlar o‘quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi. O‘quvchilar dars davomida bo‘sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo‘ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida zamonaviy ta’limda o‘quvchi yoki talaba asosiy figuraga aylanadi. Interaktiv metodlardan foydalanishda o‘qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Darsni texnologik loyihalash uchun esa o‘qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo‘lishi lozim.
Ilmiy tadqiqot olib borayotgan mavzumizni ham zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan o‘qitishda samarali natijalarga erishish mumkin. Darslikda berilgan iboralar, maqollar va hikmatli so‘zlar mavzularini o‘quvchilarga o‘rgatishda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanishimiz mumkin. Masalan, “O‘rnini top” metodi orqali o‘qituvchi bir nechta iboralarni ma’nolari bilan aralashtirib o‘quvchilarga tarqatadi. O‘quvchilar esa har bir iborani o‘zining ma’nosi bilan to‘g‘ri topib, yonma-yon joylashtirishi lozim. Bu metod orqali o‘quvchilarni chaqqonligi, topqirligi va uddaburonligi sinovdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga o‘quvchilar ham o‘zlariga kerakli bilimlarni olishadi.
Bundan tashqari grafik organayzerlar orqali ham iboralarni qiziqarli tarzda darsni tashkil etishimiz mumkin. Bunda o‘quvchilarga turli xil rasmli tarqatmalar tarqatiladi, o‘quvchilarning har biri shu rasmlar orqali frazeologik birliklarni nomlarini topishi kerak bo‘ladi. Masalan quyida berilgan rasmlardan biz burnidan ip o‘tkazmoq(1-rasm), boshiga chiqmoq (2-rasm), ustidan suv quymoq(3-rasm), yettinchi osmonda uchoq (4-rasm), pashshadan fil yasamoq (5-rasm), qulog‘idan ilmoq (6-rasm) kabi iboralarni topishimiz mumkin. Bu metod orqali o‘quvchilarda tafakkurlash, tasavvurni kengaytirish kabi qobiliyatlarini shakllantirishimiz mumkin.

1-rasm


2-rasm

3-rasm

4-rasm


5-rasm


6-rasm
Mavzuni o‘tishimizda yana “Kim epchil-u kim chaqqon” metodidan ham foydalanishimiz mumkin. Bunda endi sinfdagi o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib olishadi. Har ikkala guruhdan vakil chiqishadi. Birinchi guruh “bosh” so‘zi bilan boshlanuvchi iboralarga, ikkinchi guruh esa “ko‘z” so‘zi bilan boshlanuvchi iboralarga ketma-ketlikda misollarni doskaga yozishadi. Masalan: birinchi guruh boshiga chiqdi, boshini biriktirdi, bosh qo‘shdi, boshi qotdi kabi iboralarni yozsa, ikkinchi guruh ko‘zdan kechirdi, ko‘zi ola-kula bo‘ldi, ko‘zi to‘rt bo‘lib kutdi kabi iboralani yozishi talab etiladi. Bunda o‘quvchilarda aniqlik va tezlik yuqori darajada turadi. Yozishdan to‘xtab qolgan o‘quvchining guruhi yutqazadi. Yoki xuddi shu metod orqali frazeologik sinonimlarni ko‘roq va aniqroq topish topshirig‘ini berishimiz ham mumkin. Bunda birinchi guruh do‘ppisini osmonga otdi, og‘ziga talqon soldi, joni uzildi, mijja qoqmadi, yuragi shuv etdi, hayratda qoldi kabi iboralarni aytishsa, ikkinchi guruh endi shu iboralarni sinonimlarini topishi kerak bo‘ladi. Endi ikkinchi guruh quyidagi miboralarni aytishi mumkin: boshi osmonga yetdi, lom-mim demadi, olamdan o‘tdi, ko‘z yummadi, yuragi orqasiga tortib ketdi, yoqasini ushladi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar a‘lo baholar bilan o‘qituvchi tomonidan taqdirlanishadi.


Maqollar mavzusini o‘tishda ham juda ko‘p interfaol metodlardan foydalanishimiz mumkin. Bunda biz “Yo‘qolganini top” metodini qo‘llasak bo‘ladi. Sinfdagi o‘quvchilar soniga qarab bir nechta guruhlar tashkil etiladi va guruhlarga bir nechta xalq maqollarimizdan iborat bo‘lgan tarqatma materiallar beriladi, faqat bu maqollarda ma’lum bir so‘z yoki birikma tushirib qoldirilgan bo‘ladi. O‘quvchilarga qo‘yiladigan talab shu tushirib qoldirilgan so‘z yoki birikmani to‘g‘ri topishi kerak bo‘ladi Masalan, Ona yurting omon bo‘lsa, …. somon bo‘lmas, ilmli uy charog‘on, ilmsiz uy ….., daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam……, do‘stsiz boshim, …. oshim, mehnatsiz umr, …. ko‘mir kabilar. Bu yerda rang-u ro‘ying, zimiston, mehnati bilan, tuzsiz, chirigan kabi so‘zlar tushirib qoldirilgan. Sinfdagi o‘quvchilar guruhidan qay biri shu so‘zlarni to‘g‘ri topgan bo‘lsa, shu guruh a’lo kartochkalar bilan rag‘batlantiriladi. Bu metod orqali o‘quvchilar mustaqil fikrlashni, o‘rinli so‘zlarni topa olish ko‘nikmasini egallaydilar.
Maqollarni o‘rganishda biz yana “Topqirlar bellashuvi” o‘yin metodini ham qo‘llasak bo‘ladi. Bunda sonlarni o‘z ichiga olgan o‘zbek xalq maqollari, hikmatli so‘zlarini yozish bilan o‘quvchilar musobaqalashadilar. Masalan: “Sanamay sakkiz dema”, “Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar terar”, “Bir kun janjal bo‘lgan uydan, qirq kun baraka ketadi”, “Ikki o‘n besh bir o‘ttiz”, “Bir bolaga yeti mahalla ota-ona”, “Bir ko‘ngil imorati – ming Makka ziyorati” kabi maqollarni tez va aniqlik bilan yozmog‘i lozim. O‘yin yakunida o‘qituvchi tomonidan bu maqollarning tarbiyaviy ahamiyatlari ham aytib o‘tilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish