Kuntug‘mish” dostoni tilida leksik-frazeologik va paremiologik madaniy birliklar lingvopoetikasi mavzusidagi


Doston tilida individual xoslangan paremiologik birliklar



Download 0,66 Mb.
bet10/20
Sana09.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#765800
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Sayyora Mamanova MD to‘liq 2022

2.2. Doston tilida individual xoslangan paremiologik birliklar.
Doston tilida shunday quyma iboralar uchraydiki, ularni shoirning o‘z kuzatishlari va ijodiy izlanishlari natijasi sifatida yaratilgan deb hisoblash mumkin. Chunki bunday til birliklarida chuqur mazmun va mantiqiy xulosalarni ilg‘ash mumkin. Ularning ba’zilari diniy e’tiqodlarga qaratilganini ham ko‘ramiz. “Xon g‘azabi-xudo g‘azabi”81, “Barchani yaratgan Xoliq, Luqmaning haloli baliq”82 , “Haq saqlasa balo yo‘q, Haq qarg‘asa davo yo‘q” 83, “Chorvador mol solmas chiyir yo‘l bo‘lmas, so‘nasiz, so‘qirsiz oydin ko‘l bo‘lmas”84, “Goh tush shaytoniy, gohi Rahmoniy, Chap chiqar sipoyi bo‘lgan kishiga” 85, “Savdo tushar mard o‘g‘lonning boshiga, Do‘stu-dushman kelar mardning qoshiga” 86, “Omonat, saramjon, odamning joni, Qilichdan seskanmas botirning tani” 87, “G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob” 88va boshqalar.
Haq saqlasa balo yo‘q, Haq qarg‘asa davo yo‘q”. Bu o‘rinda “haq” xudo, olloh ramzida berilmoqda. Chunki yaxshilikni ham, yomonlikni ham ollohning karomatidan deb bilamiz. Lekin bu o‘rinda insonning boshiga tushadigan yaxshiligu yomonliklar uning o‘ziga bog‘liqligi ta’kidlanmoqda. Ya’ni kishilarga yaxshilik qilgan, ularning yaxshi-yomon kunlaridan xabardor bo‘lib turgan shaxsni xalq himoya qiladi, ofatu balolardan saqlaydi, xalq qarg‘ishiga qolgan kishi esa ishi o‘ngidan kelmay turli balolarga duchor bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Chunki xalqimizda “Xalq so‘zi-dengiz to‘lqini”, “Xalq so‘zi-haq so‘zi”, “Xalqqa suyansang-bo‘lasan, xalqdan chiqsang-so‘lasan” degan maqollar mavjud bo‘lib, doston tilida qo‘llanilgan PBga mantiqan to‘g‘ri kelmoqda. “Xalq tinchligin buzgan omon qolmas, xalq tinchligin tuzgan -yashar tolmas” maqoli esa yo‘qoridagi maqol tasdig‘idir.
“Chorvador mol solmas, chiyir yo‘l bo‘lmas, so‘nasiz, so‘qirsiz oydin ko‘l bo‘lmas”. Doston tilida qo‘llanilgan hikmatli til birliklarida katta, xulosaviy mantiq yashiringan. Ushbu til birliklari sabab, bahona va natija mazmunlari ifodalanmoqda. O‘zbek xalq maqollari lug‘at va to‘plamlarida shu va shunga yaqin mazmun ifodalovchi qator maqollarni ko‘rishimiz mumkin: “Devor yiqilmay, xandak to‘lmas”, “Bola yig‘lamasa, ona sut bermas” , “Suv erisa, suv bo‘lar, suv sovisa, muz bo‘lar”, “Kakillagan tovuq tug‘may qo‘ymas, Guvillagan olov yonmay qo‘ymas”, “Yig‘lagan bilan o‘lik tirilmas, Yamagan bilan chirik tikilmas”, “Ko‘p otgan bilan mergan bo‘lmas, Ko‘p aytgan bilan chechan bo‘lmas”, “Yer tovsiz (tog‘) bo‘lmas, el dovsiz”, “Ko‘p og‘iz bir bo‘lsa, Bir og‘iz yengilar”.
Doston tilida qo‘llanilgan quyma birliklarda xalq maqollarida ifodalangan mantiqiy xulosalar jamlangan. Doston kuylovchisi yashagan hudud, elining shug‘ullanadigan sohasi (chorvadorlik) uzoq davrlar davomidagi kuzatishlar shoir tilida she’riy hikmatli iboralarning shakllanishiga olib kelgan. Masalan dashtda hamma tomon o‘t-o‘lan bilan qoplangan qir adirlarda yo‘l topish qiyin bo‘lgan. Chorva mollari o‘tgan hududlar esa ishonchli yo‘llarga aylangan. Demak, chorvadorlar o‘tdimi, u yerdan insonlar o‘tishiga ham imkon yaratiladi. Ayrim sabab, bahonalar yaxshi yoki yomon hodisalarning yuzaga keltiradi. Albatta, bu hayotiy haqiqat, masalan “bola yig‘lamasa, ona sut bermas” maqoli buning isbotidir. Shuningdek, har qanday ko‘l atrofida so‘na, so‘qir va boshqa pashshalarning bo‘lishi tabiiy.
Doston tilida ham ushbu hikmatli ibora bo‘layotgan voqealarni aniq ifodalashga xizmat qilmoqda.
Kuntug‘mish to‘ra Xolbekani o‘yinda yutadi va unga ega bo‘ladi. Xolbekani uch kundan buyon o‘z ko‘shkida ko‘rmagan podsho undan xabar olish uchun navkarlarini yuboradi. Shirin uyquda yotgan to‘ra va Xolbeka bundan ogoh bo‘lishadi: “Alqissa, to‘ra ham uyg‘onib qarasa, to‘rt yuz mirg‘azab, ikki yuz jallod, Haybat boltasi qo‘lida, keskir xanjari belida kelib qolibdi. To‘ra aytdi: - E, Xolbekajon, dunyoga kelmoqdan murod-o‘lmoq; bog‘ana (boya) seni olmay o‘lib ketganimda, yuragimda ot boshiday armon ketar edi, alhol bir kun ham bo‘lsa, bir yil ham bo‘lsa, ming yil ham bo‘lsa, oldim maqsadimga yetdim, dunyodan armonim yo‘q. Endi, shu yomonning qo‘lida o‘lguncha, xudoning yo‘lida o‘lsam bo‘lmasmi? Xolbeka: - Men ham qabul qildim – deb ikkovi bir-birovini qo‘lma-qo‘l ushlab, quchoqlashib, kushkdan o‘zini tashlab yubordi. “Haq saqlasa balo yo‘q, haq qarg‘asa davo yo‘q”, o‘tning ichida paxtani saqlaydi. Ikkovining ham ko‘ylagiga shamol kirib, misli qanotday bo‘lib, beozor, sihat va salomat yerga tushdi” 89. Demak, bu o‘rinda yaxshilar hamisha olloh nazarida el, xalq nazarida degan ma’nolar ifodalanmoqda. Shu o‘rinda “o‘tning ichida paxtani saqlaydi” jumlasi ham mavjudki, bu yaxshilik hech qachon unutilmasligi, e’zozlanishi, ular insonlar qalbida o‘chmas iz qoldirishi badiiy ifodalanmoqda.
Doston tilidagi bir holatda ushbu maqol o‘rinli qo‘llanganini ko‘ramiz. Kuntug‘mish avval, Azbar xo‘ja bilan do‘st bo‘ladi. Keyin esa uning fe’li aynib, Kuntug‘mishni o‘ldirib. Xolbekani olib ketib, podshoga tortiq qilishni rejalashtiradi. Buni sezib qolgan Xolbeka “do‘sti” (Azbarxo‘ja)ning oldiga shoshilayotgan bir paytda Xolbeka “to‘xta”, deb bir so‘z deydi:
“Savdogar yuk ortar moyali, norli,
Shakaman o‘q tortar sadog‘i parli,
Yotgan karvon, to‘ram sizga el emas,
Ertaroq otlaning, yo‘llar xatarli.
Chorvador mol solmas, chiyir yo‘l bo‘lmas,
So‘nasiz, so‘qirsiz oydin ko‘l bo‘lmas,
Ertaroq otlangin, yo‘ling xatarli,
“Yotgan karvon, to‘ram, sizga el bo‘lmas.
Shu karvonning do‘stliklari gumondir,
Asli dushman, senga hasmi yomondir,
Ertaroq otlangin, yo‘ling xatarli,
Sening yo‘ling ochiq emas, tushmandir” 90.
Omonat Sanamjon, odamning joni, Qilichdan seskanmas botirning tani”. Ushbu til birligi ham individual ijod mahsuli sifatida yuzaga kelgan. Botirlik, mardlik, jo‘mardlik, erlik kabi insoniy xususiyatlar azaldan xalqimiz tomonidan ulug‘lanib kelingan. Bu mavzuga bag‘ishlangan yuzlab aforistik iboralar maydonga kelgan. Shoir shulardan xulosa chiqargan holda, o‘z tilida shu g‘oyani doston stiliga mos jumlalarda aks ettirishga jazm qilgan. Xolbekaning sharti – kim u bilan nard o‘ynab yutsa, o‘shanga tegish, uttirsa (yutqazsa) o‘limga hukum qilish edi. “Kuntug‘mish to‘ra Xolbekaning jamolini ko‘rib, yuz shavqi-zavqi bilan ko‘ngil berib, Xolbekaning bu vajohatiga hayron qilib, husniga moyil bo‘lib, odamni o‘ldiradigan jallod qizlaring qaysi? – deb, bahodirlik tomirlari harakatga kelib, ayol degan kishining qo‘lidan nima keladi, deb Xolbekaga qarab bir so‘z deb turibdi:
Faning dunyong barcha quldan o‘tarmi,
Quysin o‘lim, barchani yig‘latarmi,
Uch oychalik yo‘ldan bir yor izlab kelib,
O‘laman, deb yorin ko‘rmay ketarmi.
Oh urib to‘kkanman ko‘zdan yoshimni,
Mard o‘g‘lonman, haq o‘ngarsin ishimni,
No‘g‘aydan ot minib senga chiqqanda,
Yo‘lingga dov degan yolg‘iz boshimni.
Omonat, sanamjon, odamning joni,
Qilichdan seskanmas botirning tani,
Jondan kechmay bu yerlarga kelmaydi,
O‘limdan qo‘rqadi, deb aytmagin mani...
O‘zim yolg‘iz, hech kimim yo‘q qoshima,
Kim rahm etar ko‘zdan oqqan yoshima,
O‘laman, deb mard talabdan qaytmaydi,
Senikiday lachagim (bosh o‘rovi) yo‘q boshimda” 91.
Kuntug‘mishning so‘zlaridan sezilib turibdiki, unda o‘limdan qo‘rqmasligi, o‘z so‘zidan qaytmasligi, o‘limdan qo‘rqmasdan o‘z ahdida qattiq turishi kabi ijobiy xususiyatlar aks etgan. Bu xalqimiz tilida qo‘llanuvchi qator maqollar mazmunida ham o‘z aksini topgan: “Mard so‘zidan qaytmas, yo‘lbars-izidan”, “Botirdan yaxshi ish qoladi, donodan-yaxshi so‘z”, “Botir jangda bilinar, dono-majlisda”, “Oltin o‘tda bilinadi, botir-maydonda”, “Mergan ovda bilinar, botir-yovda”, “Botirlik shahar olar”, “Mard yo‘lida g‘ov bo‘lmas”, “Yovni chopmoq-mardning ishi, O‘limdan qo‘rqmoq nomardning ishi” va boshqalar.
Yuqorida doston tilidan keltirilgan parchada ham xuddi shunday mazmunlar o‘z ifodasini topgan, ya’ni o‘laman deb o‘z so‘zidan qaytmasligi, sevgisidan voz kechmasligi, qilichdan seskanmasligi, yurti deb, vatanni deb o‘limga ham tik borishi kabi ijobiy hislatlar singdirilgan.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish