Kasb-hunar kollej talabalarining o'quv kuni 6 soatni tashkil qilib, agar ishlab chiqarish mashg'ulotlari ma’lum kunlarda o'tkazilsa, dars soat 8 dan boshlanishi kerak. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar kun davomida almashib qo'yilishi, ma’lum kunlarda faqat nazariy, m a’lum kunlarda faqat amaliy mashg'ulotlar o'tishga nisbatan fiziologik jihatdan to'g'ri hisoblanadi. Talabalarning ishlab chiqarish taTimini yo'lga qo'yishda turli yo'nalishdagi kasb-hunar kollejlarning sanitar sharoiti katta rol o'ynaydi. Shovqin, tebranish, havoning ifloslanishi va changi, xona haroratining ko'tarilishi kabi kuchli ta’sirlovchilar e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |