6-son Jazoni ijro etish kaloniyasi boshlig`i podpolkovnik SH.K.Karimov xuzuridagi o`tkazilgan yig`ilishning ______sonli BAYONNOMASI
<<______>>__________2022-YIL. Pop tumani
Qatnashganlar: 6-son JIEK boshlig`i,boshliq o’rinbosarlar bo`limi
Bo`lim boshliqlari va IIB Akademiyasi
kursantlari
KUN TARTIBIDA
O`zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi 3-o`quv kursi kursantlarining JIED huzuridagi oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hxibsxonasida 2022-yil 7-fevral kunidan 14-maygacha olib borgan Ish o’rganish amaliyoti davomida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish . Yig`ilishni 6-son JIEK boshlig`i Podpolkovnik SH.K.Karimov kirish so`zi bilan ochib,kun tartibidagi masala bo`yicha so`z navbatini xibsxona boshlig`ining tartibot,qo`riqlash va tarbiyaviy ishlari bo`yicha o`rinbosari Mayor N.A.Nabiyevga berdi.
Mayor N.A.Nabiyev so`zga chiqib ,O`zbekiston Respublikasi IBB Akademiyasi kursantlari amaliyot o`tash davrida xibsxona boshlig`i tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida ish o`rganish amaliyotini olib borganligini ,xibsxona tartibot va qo`riqlash bo`limi faoliyatida yuritiladigan hujjatlar va mahsus kontinggent bilsn oli borilgan profilaktik suhbatlarda faol qatnashganligini bildirdi .
Yig`ilish 6-son JIEK tezkor qidiruv guruhi katta tezkor vakili Kapitan J.B.Alixajayev so`zga chiqib IIB Akademiyasi kursantlari amaliyot o`tash davrida tezkor qidiruv faoliyati bilan yaqindan tanishib rasmiylashtiriladigan hujjatlarni sifatli o`rganib borganligini fuqarolar bilan olib borilgan suhbatlarda faol qatnashganligini,muassasa hududida sodir etilgan tartibbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda yaqindan yrdam berib ,maxfiylik va ijrochilik intizomiga qat`iy amal qilib kelganliklarini bayon qildi.
Xibsxona tartibot va qo`riqlash bo`limi boshlig`i Podpolkovnik X.Rustamov IIb Akademiyasi kursantlari amaliyot o`tash davomida mahkumlarning kun tartibiga rioya qilishlari yuzasidan o`tkazilgan tadbirlarda faol qatnashganligini ,mahkumlarni konvoy qiish tartiblarini chuqur o’rgatib borganligini ,reja asosida xibsxonada o`tkazilgan tintuv tadbirlarida o`zlarini ko’rsatganliklarini va hech qanday intizom buzulishiga yo`l qo`ymaganliklarini,rahbarlar tomonidan berilgan topshiriqlarni so`zsiz bajarib kelganliklarini ma`lum qildi .
Yig`ilish so`ngida hibshona bo`shlig`I Podpolkovnik SH.K.Karimov so`zga chiqib IIB Akademiyasi kursantlari tomonidan yo`l qo`yilgan kamchiliklarini oldini olish bo`yicha taklif va tavsiyalarini bildirib ,O`zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslari,Vazirlikning 2012-yil 29-dekabrdagi 174,175-sonli buyruqlari hamda boshqa qonun osti hujjatlarini mukammal o`rganish borasida topshiriqlar berib o`tdi.
1, O`zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi kursantlasining 2-son tergov xibsxonasida olib borgan ish o`rganish amaliyotlari davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi deb hisoblansin.
2. Mazkur yig`ilish bayonnomasi malumot uchun IIB Akademiyasiga taqdim etilsin.