Ustoz o’qituvchi:
shogirdlarning individual rejasi bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalarni o’zlashtirib borishlarini, individual rejada belgilangan tadbirlarning o’z vaqtida to’liq va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
shogirdlari faoliyatiga va o’z ustida ishlash rejalarini bajarilishi monitoringini olib boradi;
shogirdlarining darslarini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy-metodik tavsiyalar berib boradi;
zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlaridan samarali foydalanish, ilg’or ish tajribalarni, axborot-kommunikatsiya va mulьtimediya vositalarini hamda elektron darsliklarni amaliyotga tatbiq qilishga ko’maklashib boradi.
Shogirdlar:
individual rejada belgilangan tadbirlarni bevosita o’z vaqtida amalga oshiradi;
ustozlarning va hamkasb shogirdlarining darslarini kuzatadi, ustozdan maslahatlar oladi va dars jarayonida sifat-samaraga erishish uchun o’z ustida ishlash rejasi asosida bilimini oshirib boradi;
ustozning darslarini kuzatishi tajribasini o’rganadi; ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |