4. Maktab o’qituvchilari tomonidan yuritilishi lozim bo’lgan hujjatlar
1. Kun tartibidagi birinchi masala “Sinf xonalarini jihozlash va o’quv qurollaridan unumli foydalanish” yuzasidan uslub birlashma a’zosi Abduxokimova Saida so’zi:
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quv yili mobaynida samarali ishlashi uchun, o’quvchilarning bilim samaradorligini oshirish uchun eng avvalo sinfxonasi zamon talablari doirasida jihozlangan bo’lishi kerak.
Fan o’qituvchilarimiz namunali dars o’ta olishlari uchun sinf xonalarida ko’rgazmalar, o’quv jihozlari, texnik vositalar va multimediyalar bo’lishi kerak. Davlatimizning g’amxo’rligi tufayli bu narsalarning barchasi bizda mavjud. Aziz pedagoglar, mavjud bu o’quv qurollaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanib ko’z qorachig’iday asrashimiz kerak.
Shu masala yuzasidan muzokaraga uslub birlashma a’zolari Abdutolipova Dilbar va Tadjibayeva Nurhonlar so’z olib yuqorida aytilgan fikrlarni ma’qullashini aytishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |