3. Kun tartibidagi uchinchi masala: Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan jadval asosida “Fan oyligi”ni yuqori saviyada tashkil etish, o’tkazish va natijalari bo’yicha fan metodbirlashmalarda tahlil etish boshlang’ich metodbirlashma rahbari Bo’riboyeva Dilfuza so’zi: Fan oyligi ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro‘yyobga chiqarish omilidir.
Shuni aytish lozimki, fan mutaxassislarining o‘rtasida fanlarining o‘ziga xos xususiyatlari, murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o‘rni haqida turli xil fikr-mulohazalar bahs-munozaraga aylangan o‘rinlar mavjud. Tashkil etilajak fan oyliklari esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga xoslikni, yangilikni namoyon etadi.
Fanlarni o‘qitishda sifat-samaradorlikni oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, tuman xalq ta’limi bo‘limlarida va viloyat xalq ta’limi boshqarmalarida fan oyligini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Fan oyligini tashkil etish
— Maktabda fan oyligi boshlanishidan oldin va yakunlanishi arafasida yangi tahrirdagi o‘quv dasturi talablari va modernizatsiya qilingan DTS me’yorlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida, o‘quvchilardan fan bo‘yicha sinov o‘tkaziladi. Bu bilan o‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmalarda tahlil qilish tavsiya etiladi.
— Maktabda mazkur fandan o‘tkazilgan bayramlar va kechalarga doir gazetalar chiqarilishi, gazetada shu fan bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari bo‘yicha samaradorliklari berilishi rejalashtiriladi.
— Maktabdagi shu fan yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashma rahbarlari, ilg‘or o‘qituvchilar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish uchun dars ishlanmalari, test topshiriqlari va nazorat ishlari to‘plamlari tayyorlanishi tavsiya qilinadi.
— Maktab, tuman, viloyat va Respublika miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashmalar, ilg‘or o‘qituvchilarning, ish tajribalari ommalashtiriladi.
— Maktabdagi uslubiy birlashmalari yillik ish rejasida fan oyligi uchun belgilangan fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilanadi. Oylik muddati to‘rt haftadan iborat bo‘lib, har bir hafta uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritilib, pedagogika kengashi, uslubiy kengash va uslubiy birlashma yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilib tasdiqlanadi hamda ijrosi muhokama qilinadi.
— fan bo‘yicha darslarni o‘tkazishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, eng mukammal yozilgan eng yaxshi dars ishlanmalari, ijodiy ishlari tanlovi o‘tkazilib maktab fan oyligi yakunida g‘oliblar aniqlanib rag‘batlantiriladi.
— fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab rahbariyatining o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi. Fan oyligi davomida o‘tkazilgan turli tadbirlarda faol qatnashgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar taqdirlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |