q a r o r i q a b u l q i l i n d i:
PISA xalqaro baholash tizimini o’rganib chiqilsin va unda ishtirok etish uchun tayyorgarlik ishlari kuchaytirilsin.
Ustoz –shogirdmaktabiningustozo’qituvchilariningtaqdimotlari. Yoshmutaxasislarbilanolibborilayotganishlarhaqidahisobotlarma’lumotuchunqabulqilinsin.
O’quvchilarni bilim samaradorligini yanada oshirishga erishilsin.
Yuqoridagilarni nazorat etish metodbrlashma rahbari Z.Salayeva zimmasiga yuklatilsin.
Uslubiy birlashma rahbari: Z.Salayeva
Urganch shahar 1-son umumiy o`rta ta’lim maktabi
“Aniq fanlar” uslubiy birlashmasi
2019-2020 o`quv yili sentabr oyida qilingan ishlar
HISOBOTI
Aniq fanlar uslubiy birlashmasi fan o`qituvchilari bugungi kunda jadallik bilan olib borilayotgan ta’lim islohotlariga hamohang tarzda o’z ishlarini va darslarini tashkillashtirishda, yosh avlodning bilimli, ma’maviy barkamol, komil inson bo’lib voyaga yetishlari uchun o’z bilim mahoratlarini ayamasdan mehnat qilib kelishmoqda. Sentabr oyida bilimlar kuni bayrami ko’tarinki ruhda yuqori kayfiyatda nishonlanib, birinchi darslar “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Metod birlashma a’zolari o’z darslarini kompitentlik asosida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’tkazish bilan birga o’quvchilarga olgan bilimlarini hayotda, amaliyotda qo’llashni ham uqtirib kelmoqdalar. Ushbu oyda matematika fani o’qituvchisi Abdusharipov Elbek tomonidan 21.09.2019y kuni 7 “G” sinfda “Arifmetik amallarning xossalari” mavzusida, matematika fani o’qituvchisi Salayeva Zulxumor tomonidan 18.09.2019y sanasi 11 “B” sinfda “Hosilani hisoblash qoidalari” mavzusida, Qurbonova Umida tomonidan 5-sinfda “Tub va murakkab sonlar” mavzusida, Solihova Dilnoza tomonidan 6-sinfda “Sonning bo’luvchilari va karralisi” mavzusida, matematika fani o’qituvchisi Matyoqubova Dilfuza “Sonlarning 9 ga, 3 ga bo’linish belgilari” mavzusidaochiq darslar o’tilgani ta’lim sifatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Ochiq darslarni yangi usullar asosida AKTdan foydalangan holda tashkil qildilar.O`tilgan ochiq darslar uslubiy birlashma a`zolari tomonidan tahlil qilindi. Yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi. Uslubiy birlashma a`zolari to`garak jurnallarini ishlab chiqilgan rejalar asosida yuritib, iqtidorli va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan to`garak mashg`ulotlarini olib bordilar. Oy davomida 8-9-sinflarda matematika fanidan ichki nazorat yozma ishlari olindi va uslubiy birlashma a`zolari tomonidan tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |