Taniqli o‘zbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy (“Farg‘ona tong otguncha” asari muallifi) Tohir Malikning tog‘asidir. 1949- yilda “xalq dushmani’ sifatida qamoqqa olinadi, lekin keyinchalik oqlangan. Bu paytda Tohir ikkinchi sinfda o‘qir edi. Taniqli o‘zbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy (“Farg‘ona tong otguncha” asari muallifi) Tohir Malikning tog‘asidir. 1949- yilda “xalq dushmani’ sifatida qamoqqa olinadi, lekin keyinchalik oqlangan. Bu paytda Tohir ikkinchi sinfda o‘qir edi. Adib o‘rta maktabni tugatgach, 1963-yilda ToshDUning kechki jurnalistika bo‘limida o‘qiydi, kunduzlari qurilishda duradgor, g‘isht tashuvchi bo‘lib ishlaydi. Yana bo‘lajak adib maktablarda o‘qituvchilik qiladi, nashriyotlarda xizmat etadi. «Lenin uchquni» ro‘znomasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. So‘ngra Respublika radiotelevideniye qo‘mitasida, «Guliston» jurnali tahririyatlarida ishladi. «Sharq yulduzi» jurnalida mas’ul kotib, «Yoshlik» jurnalida bosh muharrir hamda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi bo‘lib ham xizmat qiladi, “Cho‘lpon” nashriyotida, “Tong yulduzi” nashriyotida, “ Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallarida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |