Kulonometriya Umumiy tavsifi va tasnifi



Download 160,16 Kb.
bet1/6
Sana26.05.2023
Hajmi160,16 Kb.
#944245
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu Kulonometriya


Kulonometriya


Umumiy tavsifi va tasnifi

Elektrokimyoviy analiz usullaridan kulonometrik analiz usullari moddaning ishchi eletkrodda elektrokimyoviy oksidlanishi yoki qaytarilishida elektrolitik yacheykadan o’tgan elektr miqdorini o’lchashga asoslangan.


Analitik maqsadlarda kulonometriya 1938 – yildan ishlatilib boshlandi. Shunda belgiyalik kimyogarlar Lodislav Sebelledi (Czevelledy) va Z. Shomodiy (Somodyi) kulonometrik o’lchashlarni xlorid, sulfat kislotalar, natriy gidroksidi va h.z.o moddalarning eritmalarini standartlash uchun qo’lladilar.


Kulonometrik o’lchashlarning negizida elektroliz jarayonlari yotadi, ya’ni analiz qilinadigan eritma orqali elektr toki o’tganda elektrodlarda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari sodir bo’ladi.


Kulonometriya etalonsiz analiz usulidir. Kulonometrik aniqlashlarda aniqlanadigan moddaning massasi bevosita analitik signal qiymatidan bevosita hisoblanadi. Kulonometriyadagi miqdoriy hisoblar elektroliz uchun Faradey qonunlariga asoslangan. Faradeyning birlashgan qonunini matematik ifodasi quyidagi ko’rinishda yoziladi:



m=




=




;

(3)






















bunda m – elektroliz jarayonida oksidlangan (qaytarilgan) moddaning massasi, gr; M – moddaning molyar massasi (gr/mol); n – elektrod reaksiyasida qatnashadigan elektronlar soni; F – Faradey doimiysi (F=96487 kl/mol≈9,65∙104 kl/mol); Q – elektr miqdori, kl; I – amperlardagi tok kuchi; τ – elektroliz vaqti, sek.

Elektroliz jarayonlarining miqdoriy qonnunlari 1830 yillarning boshlarida angliyalik olim Mayk Faradey tomonidan ta’riflangan.


Angliyalik fizik, kimyogar va fizik – kimyogar M.Faradey miqdoriy elektrokimyoning asoschilaidan biridir. U elektromagnit induksiyasi hodisasini, diamagnetism va paramagnetizm, birinchi bo’lib nurning qutblanishi (Faradey effekti), qutblanish tekisligining aylanish hodisasini aniqladi. Maydon tushunchasini taklif qildi, birinchi bo’lib, magnit maydoni atamasini qo’lladi. Faradey kimyoga harakatchanlik, ion, katod, anod, elektrod, elektroliz kabi atamalarni kiritdi.


Kulonometrik aniqlashlar o’tkazishda yonaki kimyoviy va elektrokimyoviy jarayonlar uchramasligi lozim; aniqlanadigan faqat bitta oksidlanish darajasi bo’yicha oksidlansin (qaytarilsin); elektr miqdorini yoki reaksiyaning tugash paytini topish usuli aniq bo’lishi lozim. Tok


bo’yicha 100% samaradorlikdan chetlanish bir qator sabablarga ko’ra uchraydi: qo’shimchalarning oksidlanishi yoki qaytarilishi; suvning parchalanishi; elektrod materialining elektrokimyoviy reaksiyada ishtirok etishi kabi muhim jarayonlarni o’rgangan.

Kulonometriyaning asosiy sharti – elektrokimyoviy reaksiyaning borishida tok samaradorligi 100 % bo’lishi kerak. Buni aniqlash uchun elektrokimyoviy reaksiya uchun sarf bo’lgan elektr miqdorining nazariy hisoblangan qiymatini uning haqiqiy qiymatiga bo’lish kerak:





  1. = 1

Kulonometrik analiz elektrodda cho’kmaydigan va elektrokimyoviy reaksiyada atmosferaga uchib chiqib ketmaydigan moddalarni aniqlash imkonini beradi.


Analitik signalni o’lchash sharoitiga bog’liq holda kulonometriya potensiostatik va galvanostatik kabi turlarga ajratiladi. Potensiostatik kulonometriyada aniqlash doimiy potensialda, ikkinchi holda esa doimiy tok kuchida o’tkaziladi.


Qo’llanilish usullari bo’yicha esa kulonometriya bevosita va bilvosita (kulonometrik titrlash) kulonometriyaga farqlanadi. Bevosita kulonometriyada aniqlanadigan modda bevosita elektrod sirtida ta’sirlashadi. Kulonometrik titrlashda esa aniqlanadigan modda bevosita elektrod reaksiyasida ishtirok etmaydi, lekin elektroliz mahsuloti bilan o’zaro ta’sirlashadi.





Download 160,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish