Bosim ostida kislotali ishlov berish.
Oddiy tuzli kislotali ishlov (TKI) berishda yaxshi o’tkazuvchi qatlamlarga kislota yaxshi kirib boradi va holatini yaxshilaydi. Yaxshi o’tkazmaydigan qatlamchalarni egallab ololmaydi. Bunday kamchiliklarni bartaraf qilish uchun har xil jinsli qatlamchali qatlamlarda bosim bilan kislotali ishlov berish qo’llaniladi. Bunda yaxshi sezuvchan qatlamchalar paker yoki oldindan yuqori qovushqoqlik bufer emulsiyasi ya‘ni neftni kislota haydalib bekitiladi. Shunday qilib keyingi kislotali eritma haydalganda kattaroq qalinlikdagi chuqurlikni egallashiga erishish mumkin.
Bosim ostida TKI berish vannali va oddiy TKI-dan so’ng birinchi jarayon hisoblanadi.
Odatda quduqda tayyorlov tadbirlari amalga oshiriladi: quduq tubi tiqinini, parafin yotqiziqlarini, suv bosgan qatlamchalarni bekitish yoki quduq tubida suv bosgan chegarasida og’ir suyuqliklarni haydab bostirish ishlarini amalga oshirish. Bosim ostida TKI berishdan oldin yutiluvchi qatlamchalarni yoki ularni qalinligini oydinlashtirish uchun mahsuldor qatlam o’rganiladi.
Mustahkamlash tizmalarini yuqori bosimdan himoyalash uchun qatlam shipida NKQ ga yakorli paker o’rnatiladi. Kuchli o’tkazuvchan qatlamchalarni yutilish qobiliyatini kamaytirish yoki umuman bekitish uchun qatlamga emulsiya haydaladi.
Neft va HCℓ kislotasini 10 - 12% li aralashamasi markazdan qochma nasos yordamida bitta idishdan ikkinchi idishga haydab tayyorlanadi. Yengil neftga oksidli mazut, nordon neft qo’shiladi. Emulsiya tarkibiga hajmiga nisbatan 70% HCℓ va 30% neft qo’shiladi. Tayyorlash usuliga va aralashtirish vaqtiga bog’liq holda har xil kattalikdagi ya‘ni 10Pa·S gacha bo’lgan qovushqoqli emulsiyani olish mumkin. Davomli aralashtirish natijasida emulsiyani katta dispersligiga va yuqori qovushqoqligiga erishish mumkin.
Kerakli miqdordagi neftli kislotani emulsiyasini hajmi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Bu yerda: R - oldindan mo’ljallangan haydalish radiusi;
h - o’tkazuvchan qatlamlarni qalinligi;
m – g’ovaklik koeffitsienti.
Odatda 1 metr qalinlikda kuchli o’tkazuvchi qatlamga 1,5-2,5 m3 emulsiya kerak. Ishchi aralashma xuddi TKI – berishga haydaladigan hajm kabi haydaladi.
NKQ hajmiga va paker tubi fazasiga ochiq quvur orqasi fazasi va germetiklanmagan paker holida suyuqlik haydaladi.
NKQ orqali tushirilgan paker bilan xalqa oralig’i yopiladi va qolgan hajmdagi emulsiya kichik bosim bilan haydaladi. Emulsiyadan keyin NKQ hajmiga teng bo’lgan hajmdagi HCℓ kislotali kichik bosimda haydaladi.
Haydaladigan emulsiya NKQ-ni boshmoqiga yetib borgandan keyin quduq tubiga bosim hosil qilish uchun maksimal tezlikda haydaladi. Ishchi HCℓ - eritmasidan keyin tezlikni pasaytirmasdan NKQ – hajmiga va paker tagi oralig’iga teng masofada yuvuvchi suyuqlik haydaladi.
Eritmani ishlab turish muddati TKI – berish kabidir. Ishlab turish tugagandan keyin paker yakor bilan va NKQ – ni olib chiqariladi va quduq ishlatishga topshiriladi.
Issiq kislotali ishlov (TKI)
TKI berishni bu turdagi ta‘siri quduq tub atofiga issiq kislota bilan ishlov berish amalga oshirilib, qizdirish tuzli kislotani magniy yoki boshqa eritmalari bilan reaktsiyaga kirishib issiqlik chiqarish natijasida amalga oshiriladi.
Bunda quyidagi reaktsiya sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |