Kuchning nuqtaga va o'qqa nisbatan momenti juft kuchning momenti va momenti



Download 327,5 Kb.
bet1/6
Sana29.06.2021
Hajmi327,5 Kb.
#104968
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kuchning nuqtaga va o'qqa nisbatan momenti juft kuchning momenti va momenti



KUCHNING NUQTAGA VA O'QQA NISBATAN MOMENTI JUFT KUCHNING MOMENTI VA MOMENTI

Reja:


1. Kuchning nuqtaga (markazga) nisbatan momenti.

2. Kuchning o`qqa nisbatan momenti.

3. Teng tasir etuvchi kuchning momenti haqidagi Varing`on teoremasi.

4. Juft kuch. Juft kuchning momenti.

5. Bir tekislikda joylashgan juftlarni qo`shish va juftlarning muvozanatlik sharti.
1.Kuchning nuqtaga (markazga) nisbatan momenti.
Tajribalar shuni ko`rsatadiki, kuchlar nafaqat jismni ilgarilama harakat qildiraolar ekan, bazi hollarda ixtiyoriy berilgan nuqta atrofida aylanma harakat berishlari ham mumkin ekan. Buning uchun shu tanlangan nuqta qo`zg`almas deb hisoblanadi.

U holda bu jismga tasir etuvchi kuchlar o`zlarining yo`nalishi va son qiymatlariga bog`liq ravishda aylantiruvchi effekt beradilar, ushbu effektni mexanika tilida kuchning momenti deb ataladi (1 shakl ).



1 shakl.


Kuchning biror nuqtaga nisbatan momenti deb, shu kuchning modulini(son qiymatini), uning shu nuqtagacha bo`lgan elkasiga ko`paytmasiga aytiladi.

Kuchning nuqtaga nisbatan elkasi deb, shu berilgan nuqtadan kuchning tasir chizig`iga tushirilgan perpendikulyarning uzunligiga aytiladi.

Demak, biror nuqtaga nisbatan kuchning momentini aniqlash uchun, shu kuchning modulini (son qiymatini), uning shu nuqtaga nisbatan elkasiga ko`paytmasiga aytilar ekan. Ikkinchidan tanlangan nuqta atrofida jism soat strelkasining qaysi tarafiga qarab aylanishiga ko`ra uni musbat yoki manfiy ishora bilan belgilanadi.

Nazariy mexanika fanida, jismga tasir etayotgan kuchlar, jismni berilgan nuqta atrofida soat strelkasi tomonga aylantirsalar, uning momenti manfiy ishora bilan belgilanadi, agar soat strelkasi yo`nalishiga teskari tomonga aylantirishsa musbat ishora bilan belgilanishi qabul qilingan.

Masalan shaklda ko`rsatilgan kuchning O nuqtaga nisbatan momenti, quyidagicha yoziladi, yani



(1)
Ushbu yozuvdan ko`rinib turibdiki, lotincha m - harfi kuchning momentini belgilaydi, indeksdagi O harfi, kuchning qaysi nuqtaga nisbatan momenti hisoblanayotganligini ko`rsatadi.

Qavs ichida qaysi kuchning momenti aniqlanayotganligi ko`rsatilgan, barobardan keyin shu kuchning tasirida jism, o`sha nuqta atrofida qaysi tomonga aylanishiga bog`liq ravishda, tegishli musbat yoki manfiy ishora qo`yilgan. Undan keyin tegishli kuchning son qiymatini uning shu nuqtaga nisbatan elkasiga ko`paytmasi bilan ifodalanadi.

SHunga ko`ra kuchning nuqtaga nisbatan momentining o`lchov birligi (Nm)larda o`lchanadi, yani kuch birligi (Ng`yuton)ning uzunlik birligi (metr)ga ko`paytmasi bilan o`lchanadi.

Kuchning nuqtaga nisbatan momentining quyidagi xususiyatlari bilan tanishib o`tish lozim deb hisoblayman:



  1. Kuchni o`z tasir chizig`i bo`ylab boshqa nuqtaga ko`chirsak, uning o`sha nuqtaga nisbatan momenti o`zgarmaydi.

  2. Agar kuchning son qiymati nolga teng bo`lsa, yoki uning tasir chizig`i berilgan markazni kesib o`tsa, uning shu markazga nisbatan olingan momenti nolga teng bo`ladi.

  3. Kuchning nuqtaga nisbatan momentining son qiymati, shu kuchning vektori bilan berilgan nuqtaga qurilgan uchburchakning ikkilangan yuzasiga teng (shakl 1 b).


Kuchning nuqtaga nisbatan momenti vektor qiymat bo`lib, u kuch qo`yilgan nuqtaning radius vektori bilan kuch vektorining vektor ko`paytmasiga teng, yani
(2)
F - kuchining Dekart koordinata o`qlari markaziga nisbatan olingan momentlari, quyidagi formuladan aniqlanadi (2 shakl ),

2 shakl.



Ushbu formulalardan foydalanib, Ox, Ou va Oz o`qlarga nisbatan olingan momentlarni yozamiz,

(3)
YUqoridagilarni aniqlagandan so`ng m - vektor momentning modulini aniqlash uchun, Pifagor teoremasidan foydalanamiz.
(4)

Download 327,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish