III.BOB
3.1.Bir yarim davrli to’g’irlagich.
To’g’irlagichlar quidagi parametr bilan tavsiflanadi. To’g’irlangan kuchlanishning doimiy qism. Bitta yarim davrli to’g’irlagich uchun Bunda: U2-diodga berilgan o’zgaruvchankuchlanishningqiymati; U0- to’g’irlangan kuchlanish. Teskari kuchlanish – bu diodga manfiy yarim davrda quyilgan kuchlanish.
Bitta yarim davrli to’g’irlagich uchun: Utec.m=3,14*U0
Bunda: Utec.m-teskari kuchlanishning maksimal qiymati. Demak diodlarni tanlashda ularning teskari kuchlanish 3,14*U0 dan katta bo’lishi shart (Utec.m=3,14*U0). Agar kerakli diod topilmasa bir necha diodlarni ketma-ket ulash mumkin.
3.1-rasm Bitta yarim davrli to’g’irlagich sxemasi
To’g’irlangan tok qiymati. Bitta yarim davrli to’g’irlagich uchun: E0=0,318*E2m
Bitta yarm davrli to‘g‘rilagich:
a)sxema b)tok va kuchlanishlarning grafiklari.
Bunda: E2m-tokningmaksimal qiymati; E0-to’g’rilangantokning qiymati
To‘g‘rilagichlar hisoblashganda quyidagi shartlarni bajarishi kerak:
Bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagichlar shakli, ularning ishlash jarayoni
Fazalarning soni bo‘yicha bir fazali va ko‘p fazali to‘g‘rilagichlar mavjud. Bir fazali ko‘priksimon to‘g‘rilagichlar sxemasi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan. Тo‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati Uo ≈ 0,9 • U2 bilan o‘lchanadi. Agarda ventillarning ichki qarshiligini hisobga olsak:
3.2 –rasm Bir yarim davrli kuchaytirgichni Ko‘priksimon sxemasi
Misol. Ko‘priksimon sxemasi bilan yig‘ilgan to‘g‘rilagichda U0 = 250 V ga teng to‘g‘rilangan kuchlanishni olish kerak, bunda Eo = 0,3 A. Ventillarni tanlab olib va ulardagi kuchlanishning pasayishini nazarga olmay, transformatorning ikkilamchi kuchlanishini hisoblash kerak.
Yechish. Ko‘priksimon sxemasida: Utes..max.= 1,57 Uo. Unda: Utes..max.=1,57
250 = 392 V, ventil orqali o‘tuvchi tokning amaldagi qiymati: Eto‘g‘. = 0,78 · 0,3 = 0,233 A. Ma’lumotnomadan Eo = 0,3 A Utes.k. = 400 V ga teng bo‘lgan D7J ventilini tanlaymiz. Тransformatorning ikkilamchi kuchlanishi U2 kuchlanish Uo bilan Uo ≈ 0,9 · U2 bog‘langan. Bundan: U2 = Uo/0,9 ≈ 282 V. Demak, transformatorning ikkilamchi kuchlanishi 282 V ga tengdir ikkilamchi chulg‘ami w2 g‘altagining yuqori va pastki qismida yarim o‘tkazgichli VD-1 va VD-2 diodlar o‘rnatilgan, agar g‘altakning yuqori qismida qutb musbat bo‘lsa diod VD-1 ochiladi, tok o‘tadi. Bu paytda pastki qismidagi g‘altak uchlarida manfiy qutb bo‘lgani uchun VD-2 diodi yopiq bo‘ladi. Qutblarda zaryad ishorasi 1 sekundda 50 marta o‘zgaradi, har doim musbat bo‘lgan paytda diodlar ochiladi, manfiy bo‘lganda diodlar yopiladi. Ana shunday tartib ikkita yarim davrli to‘g‘rilagichlar ishlaydi. Bu to‘g‘rilagichlarda chiqish kuchlanish chastotasi f =100 gerts gacha o‘zgarib turadi
Bu xildagi to‘g‘rilagichlar o‘quv-laboratoriya ishlari bajargan paytlarda qo‘llaniladi. Ularning turlari VU-4; VU-8; VU-10 deb ishlab chiqariladi.
Afzalligi: bu sxemadagi to‘g‘rilagich bitta yarim davrli to‘g‘rilagichga solishtirganda pulsatsiyasi ikki baravar kam. Bitta yarim davrli to‘g‘rilagich bilan bir xil pulsatsiya koeffitsiyentida kondensator sig‘imi ikki baravar kam bo‘lishi mumkin.
Kamchiligi: transformator konstruksiyasining murakkabligi va transformatorda mis va po‘latning neratsional isrofi.
Bir fazali, ko‘prik chizmali to‘g‘rilagichlar, uning tuzilishi va vaqt diagrammalari, kuchlanishni ikkilantirib ko‘paytirish sxemasi va vaqt diagram-malari va to‘g‘rilagichlarning asosiy xarakteristikalari
Bu turdagi to‘g‘rilagichlar uchun pasaytiruvchi transformatorga to‘rtta yarim o‘tkazgichli diodlar ishlatiladi va ular elektr zanjirga ko‘prik chizma usulida ulanadi.
Bu sxemaning asosiy xususiyati – o‘zgaruvchan kuchlanishning ikkala yarim davrlarini to‘g‘rilashda transformatorning bitta ikkilamchi chulg‘amidan foydalanish.
Afzalligi: yarim davrli to‘g‘rilagichga nisbatan ko‘priksimon sxemada pulsatsiyalanish darajasi 2 ikki marta kam, transformatordan ratsional foydalaniladi, uning hisoblangan quvvati kamayadi. Ikkita yarim davrli sxemaga nisbatan pulsatsiyalanish darajasi bir xil darajada bo‘lganda ham ko‘prik sxemasida transformatorning soddaroq konstruksiyasidan foydalaniladi. Ventillarning teskari kuchlanishi avvalgi sxemalardagidan ko‘ra anchagina past bo‘lishi mumkin.
Kamchiligi: ventillar soni ko‘payishi va teskari kuchlanishni rostlash uchun har bir ventilni shuntlash zaruriyati.
3.3-rasm. Bir fazali ko’prik chizmali to’g’irlagich sxemasining ikkinchi variant
Bunday to‘g‘rilagich sxemasi turli sxemalarda eng ko‘p qo‘llaniladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida o‘rta chiqish simi bo‘lgan taqdirda mazkur sxema asosida yana ikkita to‘g‘rilash sxemasi olish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |