Kuchlar usulining mohiyati va noma’lumlari
Kuchlar usulida noma’lumlar sifatida statik noaniq sistemalarning ortiqcha bog‘lanishlaridagi zo‘riqishlar (tayanch reaksiyalari va ichki kuchlar) qabul qilinadi. Agar sistema tashqi statik noaniq sistema bo‘lsa noma’lumlar tayanch reaksiyalardan, ichki statik noaniq bo‘lsa sistema elementlarida tashqi kuchlardan vujudga keladigan ichki kuchlardan tashkil topadi. Agar sistema tashqi ham ichki statik noaniq bo‘lsa no’malumlar kuchlar tayanch reaksiyalari va ichki kuchlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |