Biz yuqorida korgan kuchaytirgichlarda kirish signali mustaqil kattalik deb qaraldi. Haqiqatda esa, kuchaytirgich chiqishidagi signalning bir qismi uning kirishiga qayta uzatiladi va kirish signalini ozgartiradi.
Kuchayib chiqqan signal energiyasining biror qismini uning kirishiga qayta uzatilish jarayoni kuchaytirgichlarda teskari boglanish deb ataladi. Energiya uzatishni taminlovchi zanjir esa, teskari boglanish zanjiri deyiladi.
Teskari boglanish zanjiri kuchaytirgich bilan birga teskari boglanish halqasi deb ataladigan berk konturni tashkil etadi. Agar kuchaytirgichda teskari boglanish zanjiri bitta bolsa,bir halqali teskari boglanish deb, agar kop bolsa,kop halqali teskari bog lanish deb ataladi.
Teskari boglanish uch turga - ichki, tashki va zararli (parazit) teskari boglanishga bolinadi. Ichki teskari boglanish barcha kuchaytiruvchi elementlarda mavjud boladi va ularning fizik xossalari bilan ifodalanadi. Tashqi teskari boglanish maxsus elektr zanjirlari yordamida kuchaytirgichning tarkibiga kiritiladi. Zararli teskari boglanish kuchaytirgichning kirish va chiqish zanjirlari orasida mavjud boladigai zararli sigim, induktivlik va boshqa boglanishlar hisobiga hosil boladi.
Shuni aytish kerakki, zararli teskari boglanish ham ichki teskari boglanish kabi barcha kuchaytirgichlarda mavjud bolib, kuchaytirgichning xususiyatlarini kutilmagan holda ozgartib turadi. Kuchaytirgichni hisoblashda hosil bolishi mumkin bolgan barcha shunday zararli tasirlarni oldindan hisobga olish juda qiyin.
Teskari boglanish jarayonining mohiyatini va xususiyatlarini aniqlash uchun tashqi teskari boglanish bilan tanishaylik.
Teskari boglanish zanjirining kuchaytirgich chiqish zanjiriga ulanish usuliga qarab teskari boglanish tok yoki kuchlanish boyicha boladi. Agar teskari boglanish kuchlanishi kuchaytirgichning chiqish kuchlanishiga (nagruzkadagi kuchlanish tushuviga) mutanosib bolsa, bunday teskari boglanishkuchlanish boyicha teskari boglanish deb, agar u nagruzkadan otuvchi tokka, yani chiqish tokiga mutanosib bolsa,tok boyicha teskari boglanish deb yuritiladi.
Agar teskari boglanish kuchlanishi bir vaqtda ikki tashkil etuvchiga chiqish kuchlanishi va nagruzkadagi tokka mutanosib bolsa, bunday teskari boglanish aralash yokikopriksimon teskari boglanish deb ataladi. Bundan tashqari, teskari boglanish ketma-ket va parallel bolishi mumkin. Ketma-ket teskari boglanishda teskari boglanish zanjiri kuchaytirgichning kirish zanjiri bilan ketma-ket ulangan bolsa, parallel teskari boglanishda u parallel ulanadi. Shunga kora teskari boglanishli kuchaytirgichning sxemasi tort xil sodda turga ajratilishi mumkin:
Kuchlanish boyicha ketma-ket teskari boglanishli kuchaytirgich.
Tok boyicha ketma-ket teskari boglanishli kuchaytirgich.