Kimyo darslarida o’yinlardan foydalanish
“Kubiklar o’yini”: bu usulni o’quvchilarga so’rov paytida 1ball etishmasa (1 ta kubikga javob 1 ball) yoki kartochka o’rniga kubiklarda ko’rsatilgan izohlarga qarab javob tanlashiga baho qo’yiladi. So’rov bunday usulda olib borilishida o’quvchilar moddalar haqida ko’proq ma’lumot oladilar, bu o’yin krossvordga o’xshaydi, lekin bunda sinfda barcha o’quvchilar qatnashadi va dars qiziqarli o’tadi. Bundan tashqari o’quvchilarga baholarini to’ldirish uchun oson imkoniyat tug’iladi va vaqt tejamkorligiga erishiladi. Buning uchun 6 tomoni har xil rangli qilib kubik tayyorlanadi(3-rasm) va har tomoniga bittadan izoh yoziladi (tanlagan moddaning xossalari, ishlatilishi, tabiatda tarqalishi yozilshi mumkin) va kubik bitta raqam bilan raqmlanadi. Sinfdagi o’quvchi soniga qarab 25-30 tagacha kubiklar o’qituvchida tayyor bo’lishi kerak. Kubiklardagi izohlarning javobi ketma-ket raqamlangan holda o’qituvchida turadi. Kubiklarni tartib bilan tarqatish shart emas! O’qituvchi o’quvchini javobini eshitmasidan oldin, unga qaysi raqamli kubik tushganini so’rab oladi va shu raqamdagi javobni o’zining qog’oziga qarab solishtiradi va shu tarzda qolgan o’quvchilarni ham baholaydi. Masalan: 1-kubik (6 tomoni 6 xil rangli)
1-tomoniga izoh: bu modda 3 xil agregatni namoyon qiladi.
2-tomoniga izoh: uning tarkibida “Yonuvchan havo” deb nomlanuvchi element bor.
3-tomoniga izoh: molar massasi 18 g/mol ga teng
4-tomoniga izoh: uning zichligi har xil temperaturada ham o’zgarmaydi(1g/ml)
5-tomoniga izoh: tiriklikni usiz tasavvur qilib bo’lmaydi
6-tomoniga izoh: u-rangsiz, hidsiz,ta’msiz suyuqlik
Demak, shu izohlarga qarab o’quvchi bu moddani nima ekanini aytishi kerak. Javob: bu modda suv edi.(o’qituvchi o’z qog’ozidagi 1-raqamli javob bilan solishtiradi, to’g’ri bo’lsa 1 ball, no’tog’ri bo’lsa 0 ball) .
“Bilimlar xovuzchasi” : bu usuldan umumlashtiruvchi darslarda yoki o’tilgan 2-3 ta mavzuni mustahkamlash maqsadida qo’llash mumkin. Ushbu usulni qo’llash uchun quyidagi ko’rgazmadan foydalanamiz(2-rasm),yani katta plakatni teng bo’lib(eni 30 sm, bo’yi 50 sm) 5 ta cho’ntakcha joylab chiqamiz, chontaklar 1tasi o’rtada qolgan 4 tasi 4 tomonga teng taqsimlanadi. O’rtadagi chontakni konvert shaklida yasab ichiga 20 ta kartochka joylashtiriladi. Agar ko’rgazmani “Anorganik birikmalrning eng muhim sinflari “ mavzusini mustahkamlashda qo’llasangiz, 4 ta chontakcha ustiga 1 tasiga oksid, 2-ga asos, 3-ga kislota, 4-ga tuzlar deb yoziladi va o’rtadagi konvertga shu mavzularga doir formulalar yoki qoidalar aralash holda joylashtiriladi va ustiga “Bilimlar xovuzchasi” deb yoziladi.( Bu usulni guruhlar ichida qo’llash yanada qiziqarli o’tadi.) Keyin guruhdagi o’quvchilarga konvertdagi kartochkalarni olib har birini mavzusiga qarab joylashtirishlari kerakligi aytiladi. Har bir cho’ntak ichida 5 tadan kartochka to’gri solinganligiga qarab baholanadi.Korgazmani bunday nomlanishiga sabab, o’rtadagi konvert ramziy ma’noda “xovuzcha” hisoblanib, o’quvchilar bu “xovuzdan baliqlarni turlariga qarab chelaklarga joylashtirishi kerak”-degan ma’noda tushuntiriladi. Bunda o’quvchilar darsga yanada qiziqish bilan qaraydilar. Bu usuldan bir bobni tugatganda, chorak oxirida, yil oxirida mavzularni takrorlash maqsadida foydalanish mumkin.
BuxDU kimyo yo’nalishi I kurs magistranti
Naimova Gulsanam
Shofirkon tumani 16-maktab kimyo fani o’qituvchisi
Baqoyeva Gulchehra
Do'stlaringiz bilan baham: |