Meʼmorligi
Qishloq joylarda indeyslar sinchli kulbalar ("boyo"), qoziqoyoqlar ustiga omborlar qurishi 20-asrgacha davom etdi. 16-asrda Ganava, Santyago-de-Kuba, Trinidad va boshqa shaharlar qurildi. Ularda salobatli binolar, toʻgʻri koʻchalar, markaziy maydonida cherkov va ratoʻshalar barpo etildi. 18-asrda binolar ispancha va me-sikacha barokko hamda klassitsizm uslubida kolonnalar, ravoklar, rangdor naqshlar bilan bezatildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Ganava va Trinidadning bosh maydonlarida meʼmorlik majmualari paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Gavanada eklektika ruhida va modern uslubida, 1920—30 yillarda Yevropa va Amerika zamonaviy meʼmorligi uslubida koʻp qanatli binolar qurila boshladi (Telefon kompaniyasining binosi, Milliy Kapitoliy, Nafis sanʼat saroyi va boshqalar). 1960-yillardan bir xil koʻrinishdagi ommaviy turar joylar qurish avj oldi. Yangi uy-joy dahalari qurildi. Soʻnggi yillarda keng xiyobonlar va temir-betondan koʻp qanatli zavonaviy uylar barpo etildi. Bunday uylarning yon-atrofida maktablar, bolalar bogʻchalari, savdo va madaniy markazlar, sport maydonchalari, suv havzalari va gulzorlar paydo boʻldi. Sanoat va transport in-shootlari, oʻquv binolari, kasalxonalar, tibbiyot markazlari, poliklinikalar, sport majmualari va dam olish zonalari qurildi. K. meʼmorlari orasida mashhurlari: R. M. Franko, F. Salinas, R. Porro va boshqa
Tasviriy sanʼati
Indeyslarning kad. sanʼati namunalaridan gʻorlardagi suratlar, sopol idishlar, yogʻoch va toshdan ishlangan sanamlar saqlangan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida diniy mavzudagi rasmlar va tarixiy voqea manzaralari, mashhur arboblarning portretlari, xalq turmushini ifodalovchi suratlar dunyoga keldi. X. N. dela Eskalera, V. Eskobar, X. B. Vermay, V. P. de Landaluse, F. Miale kabi rassomlar xalq turmushiga xos manzaralarni tavsirladilar. Mamlakat Ispaniya zulmidan qutulgandan keyin tarixiy voqealar, jangu jadallar tasvirlangan vatanparvarlik ruhidagi suratlar koʻpaydi. Haykaltaroshlikda ham realizm, millat turmushiga eʼti-bor namoyon boʻldi (X. Sikre, T. Ramos Blanko, E. Betankur). Novator rassomlar V. Garsia, A. Gattorno, X. Arche, E. Avela, K. Enrikes va boshqa xalq turmushini zoʻr ehtiros bilan tasvirladilar. Keyingi yillarda umumlashma ramziy obrazlar yaratishga intiluvchi K. Gonsales, A. Posse, S. Moreno, A. Benites kabi rassomlar tarixiy va zamonaviy mavzularda asarlar yaratdi.
Musiqasi Yevropa, birinchi navbatda, Ispaniya va Afrika musiqasi asosida tarkib topdi. Afro-Kuba musiqasida ispancha ohanglar negrcha raqs bilan uygʻunlashgan. 16—18-asrlarda cherkov xonishchilar maktablari musiqa madaniyatining rivojlanish markazi boʻlgan. 1776-yil Ganavada "Koliseo" teatri qurildi. 1816-yil "Santa Sesiliya" musiqa akademiyasiga asos solindi. 19-asr boshlarida K. xalq musiqasi janrlari va milliy mavzular bilan bogʻliq opera-buffa shakllandi. 19-asr oʻrtalarida milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1898-yil E. Sanches de Fuentesning milliy mavzudagi birinchi operasi —"Yumuri" sahvalashtirildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida klassik va xalq musiqasi jamiyatlari, Gavana konservatoriyasi va simfonik orkestrlar paydo boʻlib, kompozitorlik ijodiyoti ravvak, topdi. K. inqilobi (1959) dan soʻng ijodiy jamoalar qayta tuzilib, yangilari tashkil etildi, ommaviy ashula janri rivojlandi. A. D. Kartaya "26-iyul marshi"ning matnini va musiqasini yaratdi. Kompozitorlardan N. Rodriges, K. Puebla, K. Farinyas, T. Kastelyanoslar mashxur boʻldi. Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa va "Ilhom-XX" kamer musiqa festivallarida K. kompozitorlarining asarlari ham ijro etilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |