Kuba (Cuba), Kuba Respublikasi (República de Cuba) — Vest-Indiyadagi davlat. Kuba orol va Katta Antil orollari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan. Maydoni 110,86 ming km². Aholisi 11,2 mln kishi (2001)



Download 25,26 Kb.
bet1/8
Sana13.07.2022
Hajmi25,26 Kb.
#793136
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kuba pul va bank tizimi


Kuba

Kuba (Cuba), Kuba Respublikasi (República de Cuba) — Vest-Indiyadagi davlat. Kuba orol va Katta Antil orollari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan. Maydoni 110,86 ming km². Aholisi 11,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ganava shahri Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (provincia)ra, viloyatlar munitsipiyalarga boʻlingan

Davlat tuzumi


Kuba — sotsialistik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-yil umumxalq referendumida maʼqullangan, unga 1992-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi organ — Xalq hokimiyati milliy assambleyasi; uning deputatlari orasidan Davlat kengashi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va 5 oʻrinbosari, kotibi va 23 aʼzosi saylanadi. Davlat kengashining raisi (Fidel Kastro Rus) davlat va hukumat boshligʻi hisoblanadi, milliy mudofaa kengashiga boshchilik qiladi. Oliy ijroiya organi — Vazirlar kengashi (hukumat). Uning aʼzolari Xalq hokimiyati milliy assambleyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Kuba Pul birligi

Yakka siyosiy partiya bo’lmish Kuba kommunist partiyasi mavjud bo’lgan Kubada xalq qiyinchilik bilan tirikchilik qilmoqda.


Xalq asosiy ehtiyojlarini davlat tomonidan berilgan kartochkalar yordamida sotib olmoqda.
Kommunist sistema bilan boshqarilgan Kuba xalqi davlat tomonidan barcha fuqarolarga berilgan kartochkalar bilan savdo-sotiq qilmoqda.
İqtisodiy qiyinchilikni boshidan o’tkazayotgan Kuba xalqi non, shakar, qahva va guruch kabi oziq-ovqat mahsulotlarini ta’minlash uchun kartochkalardan foydalanmoqda.
Mamlakatda oylik ish haqi o’rtacha 20 va 40 dollar atrofida…
Davlat har oy fuqarolarga 5 paket guruch, 2 paket shakar, 1 paket qahva va 1 sigaretni yordam qatorida arzon bahoga sotmoqda.
Bundan tashqari, farzandli oilalarga 6 yil davomida 3 yarim pesoga ( Kuba pul birligi) sut kukuni tarqatmoqda.
Davlat tomonidan ta’minlangan ushbu yordamlar tugagach, aholi bu mahsulotlarni chetdan sotib olishga majburlar.
Poytaxtning qadimgi Gavana deb atalgan hududidagi bir nonvoyxonada mexnat qilgan Agnelia Mendozaning aytishicha, Kubada kartochka bilan harid qilish majburiy, insonlar bu kartochkalar bilan cheklangan bo’lsa ham arzon bahoda mahsulot harid qila oladilar.
Mendozaning aytishicha, Kubada kunda 1 dona non sotib olmoqchi bo’lsangiz kartochka bilan 20 sent turadi. Lekin, bir kunning o’zida birdan ortiqcha non sotib olsangiz nonning bahosi 1 pesoga chiqadi.
Bitta sovun harid qilish uchun 8 peso to’lashga majbur ekanini tilga olgan Mendoza, narh-navoning qimmatligi sababli shahsiy gigiyenaga amal qilish qiyin ekanini bildirdi.
Mahalliy xalq davlatdan ruxsat olgan holda o’zlari yetishtirgan meva-sabzavotlarni kooperatif bozorlarda sotish imkoniyatiga ega.
Bozorlarda turli-tuman ziravorlar, to’tiqushlar va bir stakani 1 pesodan sotilgan chanqoqbosti ichimliklarni uchratish mumkin.
Ba’zilar esa, ko’chalarda aylanib meva, sabzavot va gul sotib yuradilar.
Aslida kartochka bilan harid qilish bir zamonlar Turkiyada ham bo’lgan. Urushga qatnashmaganiga qaramasdan, 2-Jahon urushi yillarida hukm surgan qahatchilikdan ta’sirlangan Turkiya, qo’shinning har ehtimolga qarshi janga tayyor turishini ta’minlash va ortib borgan tashqi qarzlar sababli non va shakar kabi mahsulotlarni kartochka bilan tarqatgan edi.
Kuba fuqarolari va iqtisodiyoti yangi moliya tizimiga moslashmoqda. Mamlakatda 1 yanvar kuni o'tgan yili e'lon qilingan pul islohoti kuchga kirdi. So’nggi 30 yil davomida Kubada ikkita milliy pul birligi bor edi – bular oddiy peso va CUC, ya’ni konvertatsiya qilinadigan dollar bilan bog'langan peso. Endilikda esa faqatgina yagona Kuba pesosi muomalada qoldi.
Bunday sharoitda ko’plab odamlar muomaladan chiqarilgan valyuta bilan qolib ketdilar.
Fuqarolarning ta’kidlashicha, ushbu pullarni na do’konlarda ishlatib bo’ladi, na banklarda almashtirib, chunki navbatlar juda katta. Mutaxassislar pul birligini birdaniga emas, balki asta-sekinlik bilan muomaladan chiqarilishi kerak bo’lganini aytishmoqda.
Hukumat bu jarayon olti oy davom etishini ma’lum qildi.
Ichki savdo vaziri esa buxgalterlik hisoboti tizimi qaytadan yaratilishi lozimligini aytdi.
Aholining aksariyati uchun islohotlar tovarlar va kommunal xizmatlar, ayniqsa, elektr energiyasi uchun narxlarning oshishi bilan yakunlandi. Hukumat esa davlat sektorida pensiya va ish haqi miqdorini oshirish orqali islohotlarning oqibatlarini bartaraf etishga harakat qilmoqda.


Download 25,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish