Kuba (Cuba), Kuba Respublikasi (República de Cuba) — Vest-Indiyadagi davlat. Kuba orol va Katta Antil orollari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan. Maydoni 110,86 ming km². Aholisi 11,2 mln kishi (2001)


Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari



Download 25,26 Kb.
bet4/8
Sana13.07.2022
Hajmi25,26 Kb.
#793136
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kuba pul va bank tizimi

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari


K. kommunistok partiyasi, 1961-yilda 3 tashqilot: K. xalq sotsialistax partiyasi, "26-iyul harakati" va "13-mart inqilobiy direktorati"ning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. K. mehnatkashlari kasaba uyushma markazi 1939 i. da tuzilgan, 19 ta tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.

Xoʻjaligi


K. — agrar-industrial mamlakat. Davlat sektori sanoat ishlab chiqarishning hammasini, qurilish va savdoni, transportning 98% ni, qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerdarning 80% ni oʻz ichiga oladi. Yalpi milliy daromadni hosil qilishda sanoatning ulushi 46%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 15,9%..
Qishloq xoʻjaligining asosi — shakarqamish yetishtirish. Ekinzorlarning yarmiga (1,5 mln. ga yerga) shakarqamish ekiladi. Tamaki, kofe, mango, don va dukkaqlilar, sholi, ildizmevalilar, meva, sitrus, moyli ekinlar, paxta va boshqa, yil boʻyi sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Ananas, banan, qovun daraxti, kokos palmasi, kanop anchagiva maydonni egallaydi. Chorvachiligi, asosan, goʻsht-sut yoʻnalishida. Qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.

Sanoati


Qand-shakar ishlab chiqarish — K. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Eng katta va texnik jihatdan yaxshi uskuvalangan zavodlar Santyago-de-Kuba va Kamaguey viloyatlarida. Oziq-ovqat sanoati (qanddan tashqari) un tortish va non yopish korxonalaridan, goʻsht kombinatlari, sut-sariyogʻ, moy zavodlari va boshqa dan iborat. Soya moyi va aralash yem, yer yongʻoq, palma moylari va boshqa ishlab chiqariladigan zavodlar bor. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladigan fabrikalar mavjud. Kimyo sanoati, asosan, chetdan olinadigan xom ashyo va yarim fabrikat asosida ishlaydi. 1 yilda oʻrtacha 15,8 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Gazlama va toʻqimachilik buyumlariga boʻlgan ehtiyoj 50—60% taʼminlanadi. Toʻqimachilik kombinati va fabrikalari bor. Koʻn poyabzal sanoati mamlakat ehtiyojini asosan taʼmin etadi. K.da yirik sement zavodi, temir-beton konstruksiyalar, gʻisht va boshqa zavodlar, uysozlik kombinati, oyna-shisha kombinati bor.
Konchilik sanoati va rangli metallurgiya nikelli, misli va boshqa ruda qazib olish va ularni boyitish korxonalaridan iborat. Nikel qazib chiqarishda K. dunyoda 3-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, dizel motorlari zavody, elektrodlar fabrikasi, kema qurish va taʼmirlash korxonalari mavjud. Soʻnggi vaqtlarda xalqaro sayyohlik rivojlanib, valyuta tushumlari manbalari orasida birinchi oʻringa chiqdi.

Download 25,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish