va lonalar — umumiy shkalaning mahalliy xronostratigrafik
(biostratigrafik) muqobillari va yordamchi litostratigrafik tabaqalar -
komplekslar, seriyalar va svitalar (amerika nomenklaturasida
formatsiyalar) sanaladi.
Bu tadqiqotlar natijasida ikki qismdan:
dunyo xronostandarti
bilan bog’langan mintaqaviy stratigrafik shkala va umumiy
xronostratigrafik matritsada geologik tanalarning (komplekslar,
seriyalar
va
svitalar)
o ’rnini
ko’rsatuvchi
korrelyatsion
litostratigrafik shkaladan iborat bo’ladi.
Shunday qilib, mintaqaviy stratigrafiyaning usullari geologik
tanalarni ajratish, ularning yoshini asoslash va o ’rganilayotgan
hududlarning
rivojlanishidagi
asosiy
qonuniyatini
belgilash
imkoniyatini beradi
Hodisaviy stratigrafiya - yangi y o ‘na!ish
Yer tarixi va uning alohida olingan
regionlarini davriylash
stratigrafiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. U Yerning 4,6 mlyard
yildan ortiq vaqtda qaytmas evolyutsiyasidagi turli geologik
hodisalar va jarayonlarni o ‘rganishdan iborat. Shuning uchun ham
keyingi
10-15
yil
davomida
stratigrafiyaning
bu
tomoni
tadqiqotchilarning diqqatini jalb qildi. Yangi ilmiy y o ‘nalish -
hodisaviy stratigrafiya shakllanmoqda. Uning tamoyillari
va usullari
xalqaro xronostratigrafik (biostratigrafik) shkalani ishlab chiqish
paytida to ‘liq shakllandi. Natijada nafaqat nisbiy geologik vaqt
shkalasi yaratildi va shuningdek organik dunyo evolyutsiyasining
tezligi, y o ‘nalganligi va davriyligi aniqlanadi.
Fauna va flora
komplekslari almashinuvi Yer tarixida muhim hodisa hisoblanadi.
Yer tarixida iqlimiy va geodinamik rejimlangan bir necha bor
o ‘zgargan va qaytmas evolyutsiyalangan, transgressiya va regressiya
almashgan, landshafitlar va cho‘kindi
hosil boMish paleogeografik
sharoitlari
o ‘zgargan,
magmageneratsiya jarayonlari
qaytmas
evolyutsiyalangan. Ularning majmuasidan Yerning tarixi hosil
bo ‘ladi.
Xronostratigrafik
asosda
Y er
tarixini
davriylash
biostratigrafiya, magnitostratigrafiya va mutloq geoxronologiya
birinchi
navbatda
Yer
qobiqlari
evolyutsiyasini,
planeta
evolyutsiyasi tezligi va yo ‘nalishini
geodinamik strukturalar va
paleotandshaftlar rivojlanishini eng to ‘liq aks ettiruvchi. Bunday
davriylash sxemasini yaratishga bir necha bor harakat qilindi. Bunga
misol bo‘lib tektonik (tektogenez epoxalari va fazalari) yoki iqlimiy
(litogenez turlarining evolyutsiyasi) asosda davriylash sanaladi.
Keyingi
yillarda, yangi litosfera plitalari tektonikasi g ‘oyasi
munosabati bilan Pingey rivojlanish tarixi pozitsiyasida davriylash
sxemalari yaratilmoqda. Agar tarixiy - geologik hodisalar global
sxemasini yaratish kelajak ishi bo‘lsa, regional darajada bu masala
juda muvaffaqiyatli hal etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: