500 m ga yetadi, uning qiyaligi esa Г С dan oshmasligi mumkin.
Materik yon bag‘ri okean chuqurligining 3-4
km gacha davom etadi
va 5”C li qiyalikka ega. Okean tubi 3-4 km chuqurlikdagi tekisliklar
va platolardan, suv osti tog‘ jinslari va ayrim joylarda, teran suv osti
jelob(nov)laridan iborat. Teranlikdagi suv osti jelob(nov)lari
chuqurligi 6-11 km atrofida bo ‘ladi.
Okean tubi (bental) oblasti o ‘ziga xos dengiz jonivorlari turlari
bilan belgilanuvchi bir necha vertikal faunistik zonalarga ajratiladi
va
ushbu zonalar, ayni paytda, dengizning bionomik zonalari deb
ham ataladi. Biroq okeanlardagi suv qatlamini bunday vertikal
zonalarga ajratishning umumqabul qilingan qat’iy sxemasi ishlab
chiqilmagan. Okean suvi yuzasidan uning tubiga tomon litoral,
sublitoral, epibatial, batial va abissal
zonalarini shartli ravishda
ajratish mumkin.
Dengiz suv sathining maksimal pasayishi mumkin bo‘lgan eng
quyi chizig‘i okean chegarasi deb ataladi. Litoralning nolinchi
chuqurlik chizig‘idan yuqorida joylashgan qismi rasman quruqlikka
mansub bo‘lsa ham, amalda dengiz zonasi hisoblanadi, chunki ushbu
zonada ham okeanning quruqlikka ta ’sirining kuchli namoyon
b o‘lishi kuzatiladi.
Dengiz yotqiziqlarining asosiy massasi eng avvalo shelfda va
materik yon bag‘ri
etaklarida shakllanadi, anchagina kam miqdorda
esa materik yon bag‘irlarida (hali zichlashmagan cho‘kmalar materik
yon bag‘irlaridan uning etaklari tomon faol siljishi tufayli) va abissal
tekisliklar hududlarida to ‘planadi.
Shelf oblastida asosan ko ‘proq qum to ‘planadi, il cho‘kmalari
dengiz to ‘lqinlari kamroq ta ’sir qiluvchi joylarda va botiqliklarda
shakllanadi, yirik bo‘lakli cho‘kmalar esa, aksincha, dengizning
kuchli oqimlari va to‘lqinlari amal qiladigan uchastkalarda
yotqiziladi. C ho‘kma to‘planishi jarayoniga
tadqiq etilayotgan
rayonning paleo iqlimi ham o ‘ziga xos tarzda ta’sirini o ‘tkazadi.
Xususan, il cho‘kmasi nam tropik rayonlarda hosil bo'ladi; qumlar
barcha
hududlarda
rivojlana
olsa
ham
ularning
maksimal
miqdorlardagi yotqiziqlari o ‘rtacha iqlimli zonalarda kuzatiladi;
shag‘allar va g ‘o ‘lak toshlar ko‘proq past haroratli rayonlarda hosil
bo‘ladi; rifli ohaktoshlar asosan tropik zonalarda, chig‘anoqli
hosilalar esa arid oblastlarda shakllanadi.
15
Materiklar yon bag‘irlari etaklarida asosan dengiz yotqiziqlari
va xususan, terrigen hosilalaming asosiy massasi rivojlanadi.
C ho‘kmalar qalinligi 8-10 km gacha bo ‘ladi.
Bulardan tashqari teran
chuqurliklardagi jeloblarda
ham
nisbatan
k o ‘p
miqdorlarda
cho‘kmalar to ‘planib qoladi va ularning qalinliklari 3 km gacha
yetishi mumkin.
Kontinentlarda cho‘kmalar to ‘planishi cheklangan miqyoslarda
ro ‘y beradi. Kontinental yotqiziqlar genezisiga (hosil bo ‘lish
sharoitlari) ko ‘ra turlichadir, ularning tashqi ko ‘rinishi cho‘kma
to ‘planishi yuz berayotgan paytdagi iqlim sharoitlariga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir. Arid va gumid (ko‘proq qirg‘oq bo‘yi) oblastlari past
tekisliklari, to g‘lar
etaklari, tog‘lararo kotlovinalar (botiqliklar) va
materiklardagi muzliklar oblastlari kontinental yotqiziqlar tarqalgan
asosiy hududlardir.
Bundan tashqari, yana shunday hududlar ham mavjudki, u
yerlarda kontinental cho‘kindilardan dengiz yotqiziqlariga o ‘tishi
yuz beradi. Bunday hududlarga daryolar deltalari, ko‘rfazlar va
limanlar mansubdir. Ushbu zonalarda ham cho‘km a to'planishi ko‘p
hollarda iqlim sharoitlariga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: