2.4-chizma. Porshen halqalari:
a-tashqi ko'nmsh; ft-halqalarm porshenda joylashishi (ЗИЛ-130 dvigaieli); rf-tarkibli moy sidiruvchi halqa. /- kompression halqa; 2-moy sidiruvchi halqa; J-yupqa disksimon po'lat halqa; 4-o'q bo'ylab kengaytirgich; S~radial kengaytirgich.
oy sidiruvchi halqalar ham turlicha shaklga, ya’ni konussimon, kuraksimon, o‘q bo'ylab va radial kengaytirgichli plastinasimon shakl- larga ega (2.4-chizma, d). Moy sidiruvchi halqa yuqoriga harakatlan- ganda xuddi moyda “suzganday" bo'lsa, pastga tomon harakatlan- ganda uning o'tkir qirralari moyni sidirib tushadi.
M
qilib teshiklar ochiladi.
ЗМЗ, ЗИЛ dvigatellarining moy sidiruvchi halqalari ikkita disksimon po'lat halqalar (3), o'q bo'ylab kengaytirgich (4) va radial kengaytir- gichlardan (5) tashkil topgan. Po'lat moy sidiruvchi halqalar tez mos- lashishi va elastikligi tufayli silindr gilzalariga yaxshi jipslashadi.
oy sidiruvchi halqalarda kompression halqalardan farqli o'laroq, moy o'tishiga mo'ljallangan o'yiqchalar hamda teshiklar bo'ladi. Moy sidiruvchi halqaga mo'ljallangan porshendagi ariqchalarda ham porshenning ichki tomoniga moy o'tib ketishi uchun bir yoki ikki qator
Shatun porshenni tirsakli val bilan birlashtiradi (2.5-chizma). U quyidagi qismlardan, ya’ni yuqorigi kallak (5), ko'ndalang kesimi qo'shtavr bo'Igan o‘zak (6) (sterjen), tirsakli valning shatun bo'yniga mahkamlanuvchi, ajraladigan pastki kallaklardan iborat. Shatun va uning qopqogM (I) legirlangan yoki uglerodli po'latlardan tayyorlanadi. Shatunning yuqorigi kallagiga. qalayli bronzadan tayyorlangan, bitta yoki ikkita vtulka (4) tig'izlik hisobiga o'tkazilgan, pastki kallagiga esa yupqa devorli po‘lat ichqo'ymalar (8) quyitgan bo‘lib, ularning ichki yuzalari yeyilishga chidamli qotishmalar bilan qoplangan.
Q
2.5-chizma. Shatun:
/-pastki kallak qopqng'i; 2-ichqo‘ymani aylanib kelishidan saqlovchi chiqiq; J-pasiki kallak;
4-yuqorigi kallak vtulkasi; 5-yuqorigi kallak; 6-shatun n'zagi; 7-pastki kallak qopqog'ini matikamlovchi bolt va gayka; <¥-pastki kallak ichqo‘ymasi.
opqoqqa (1) shatun bilan yig‘ilgan holda ishlov beriladi va ularga silindrning tartib raqami yozib qo‘yiladi. Pastki kallakning kengligi, shatunni porshen bilan birgalikda silindrning yuqori tomonidan sug'urib olishga imkon beradigan darajada tayyorlanadi.
Shatunning pastki kallagi (3) va qop- qog'i (1) ikkita bolt (7) yoki shpilka yorda- mida biriktiriladi. Bolt kallagi ostiga maxsus chiqiqli shayba qo'yiladi, gayka esa bolt yoki shpilka rezbasidan bir oz farq qiladigan rezbaga ega, natijada gayka o‘z-o‘zidan bo‘shab ketmaydigan boMib qotadi. Ayrim eski konstruksiyali dvigatellarda gaykalar shplintlab qo'yilgan
КамАЗ-740 dvigatelining ichqo'ymalari po'lat lentadan tayyorlangan bo'lib, u qo‘r- g'oshinli bronza qatlami va qo‘rg‘oshin qotishmasining yupqa qatlami bilan qoplangan. 3M3-24, 3M3-53, ЗИЛ-130 dvigatella- rining shatun podshipniklari ichqo'ymalari po'lat-aluminiy lentadan, ishqalanishga chidamli qatlami esa AMO-1-20 rusumli alumi- niy qotishmasidan tayyorlangan.
Shatunning pastki kallagida aylanib ket- masligi uchun ichqoymalarda alohida chi- qiqlar (2) bo'lib, ular shatun va qopqoqdagi frezalangan o'yiqchalarga joylashadi. Tirsakli val porshenlardan shatun orqali uzatiladigan kuchlami qabul qiladi va ulardan aylantiruvchi lahza hosil bo‘ladi. U o‘zak va shatun bo'yinlaridan, ularni birlashtiruvchi jag‘lardan, maxovik mahkamlana- digan flanesdan va yurgazish dastagining xrapovigi oTnatiladigan teshigi bo'lgan turum (nosok) dan iborat (2.6.-chizma). Shatun bo‘yni jag'lar bilan birgalikda val tirsagini (krivoshipni) hosil qiladi. Valda tirsaklar joylashuvi ish yo'lining galma-galligini bir tekis amalga oshishini ta’minlaydi.
Tirsakli val po‘latlardan shtamplash usuli bilan yoki magniyli cho‘yanlardan (3M3-24, 3M3-53) quyish usuli bilan olinadi. Po‘latdan tayyorlangan vallar, bo yin va jag larining o'lchamlari bir xil bo'lgan, xuddi shunday cho'yan vallardan mustahkamligi bilan ajralib turadi. Quyib tayyorlangan vallarning afzalliklari haqida gapirganda, uning nisbatan arzonligini, kam metall sarflanishini, mexanik ishlov berish jarayonining qisqarishini hamda krivoshipning alohida elementlariga, masalan, shatun va o'zak bo'yinlarini ichki bo'shlig'iga oqilona (optimal) shakl berish imkoniyatlari mavjudligini aytib o'tish mumkin.
Quyish usuli bilan valning barcha bo'yinlari ichi kovak qilib tayyorlanadi. Po'latdan tayyorlangan tirsakli valning bo'yinlari yuqori chastotali tok bilan toblanadi. Tirsakli valning barcha bo'yinlari katta e’tibor bilan jilvirlanadi va yaltiratiladi. Bo'yinlar va jag'lar tutashgan qism esa silliqlanadi (gaitellanadi).
Shatun bo'yinlarining miqdori silindrlari bir qator joylashgan dvigatellarda silindrlar soniga teng bo'lsa, V simon dvigatellarda silindrlar sonidan ikki mar'ta kichik bo'ladi. Chunki har bir shatun bo'yniga ikki- tadan shatun o'rnatiladi.
O'zak bo'yinlarining miqdori silindrlari bir qator joylashgan to'rt silindrli dvigatellarda uch yoki beshtaga, olti silindrlida to'rt yoki yettitaga, V simon sakkiz silindrli dvigatelda beshtaga teng bo'ladi.
2.6-chizma. V simon sakkiz silindrli ЗШ1-130 dvigatelining tirsakli vali:
7-pcsangi; 2-tiqin (zaglushka); 3-ho‘yin bo'shligi; 4-maxovik mahknmlanadigan teshik; 5-bo‘yinlarga moy jo'natiladigan parmalangan kanal.
Agar shatun bo'ynining ikki tomonida ham o'zak ho‘yni joylashgan bo'lsa, bunday vallar to‘la tayanchli tirsakli vallar deb ataladi. To'la tayanchli val ( 3M3-24, 3M3-53, ЗИЛ-130, КамАЗ-740) kam egiladi, shu bois podshipniklaming ishlash sharoiti yaxshilanadi hamda xizmal muddati ortadi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida tirsakli valning aylanish chas- totasi 3000 - 4000 min 1(yuk avtomobillarida) va 4500 - 6000 min-1 (yengil avtomobillarda) boiadi. Shutting uchun shatun boyinlariga, jag'larga va shatunning pastki kallagiga ta’sir etuvchi katta miqdordagi inersiya kuchlari hosil boMadi. Bu kuchlar podshipniklarga ta'sir etib, ularning yeyilishini tezlashtiradi. O'zak podshipniklarini markazdan qochma kuchlar ta’siridan bo'shatish uchun tirsakli valning shatun bo'yinlari qarshisidagi jag'larda joylashgan pnsangilar (7) (2.2-chizmaga qarang) xizmat qiladi.
Valning o'zak va shatun bo'yinlari bir-biri bilan o'zak podshipnik- laridan shatun podshipniklariga шоуyuborish uchun xizmat qiluvchi jag'larni parmalab ochilgan qiya kanallar orqali tutashadi. Shatun bo'yinlarining ichi kovak ho'ladi yoki bo'lmasa ularni parmalab bo'shliq- kirtutgich hosil qilinadi. Moydagi og'ir zarrachalar va yeyilishdan hosil bo'lgan qurumlar markazdan qochma kuch ta'sirida moydan ajralib, kirtutgicb devorlariga yopishib qoladi. Dvigatel qismlarga ajratilganda tiqin (6) sug'urib olinib, kirtutgich tozalanadi.
Tirsakli val issiqlikdan erkin kengayishi uchun (karterga nisbatan) uning o'q bo'ylah siljishi nazarda tutiladi. Bu siljishni chegaralash uchun po'lat tirak shayba (16) (2.2-chizmaga qarang) va oldingi o'zak podshipnigining ikki tomoniga joylashtirilgan, bir yoniga babbit yoki COC-6-6 qotishmasi qoplangan po'lat shaybalar (17) ishlatiladi.
O'zak podshipniklari ichqo'ymalarining konstruksiyalari (2) ham xuddi shatun podshipniklari ichqo'ymalariga o'xshash bo'ladi. Yuqorigi ichqo'yma karterning yuqori qismidagi taglikka, pastki ichqo'yma esa o'zak podshipnigining qopqog'iga (5, 9, 11) o'matiladi.
O'zak podshipniklari qopqoqlari silindrlar bloki bilan birgalikda yo'naladi. Shuning uchun dvigatelni yig'ish paytida ular faqat o'z joyiga, holatini o'zgartirmasdan mahkamlanadi.
Karterdan moy chiqib ketmasligi uchun tirsakli valning old va orqa tomonlarida moy qaytargich va salniklar (7) (2.1-chizmaga qarang) o'rnatilgan. Moy qaytargichlar tirsakli val bilan yaxlit holda yoki alohida detal ko'rinishida tayyorlanadi. Masalan, ЭИЛ-130 dvigatelida tirsakli valning old qismiga rezina salnik o'rnatilgan, orqa qismi esa ketingi o'zak podshipnigi (moy to'kish uchun teshigi bolgan) ichqo'y- masida joylashgan drenaj ariqchaga (28) (2.2-chizmaga qarang), moy tashlovchi taroqqa (27), moy haydovchi spiralsimon ariqchaga (26), asbestga to‘ldirilgan salnikka (25) va orqa oLzak podshipnigi qopqog‘i (5) ostidagi rezina zichlagichlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |