Porshen guruhiga porshenlar, porshen halqalari va porshen barmoqlari kiradi. Porshen to'ntarilgan metall stakan ko'rinishida bo'ladi U gazlar bosimini qabul qilib, porshen barmog'i va shatun orqali tirsakli valga uzatadi. Porshenlar asosan aluminiy qotishmalaridan quyib tayyorlanadi (2.2-chizma). Porshen tub qismdan, zichlovchi va yo‘naltiruvchi (yondor) qismlardan iborat. Porshen tubi va zichlovchi qismi porshen kallagini tashkil qiladi. Silindr kallagi va porshen tubi birgalikda yonish kamerasi hajmini chegaralaydi. Porshen kallagida halqalar uchun ariqchalar ochilgan. Dvigatel ishlagan paytda porshenga o‘ta qizigan gazlar va uning yuqori bosimi ta’sir ko'rsatadi. Dvigatel ishga tushirilganda porshen taqillamasligi hamda dvigatel yuklanish ostida ishlaganda porshen issiqlikdan kengayib, silindrga tiqilib qolmasligi uchun zarur tirqishni (zazorni) porshen konstruksiyasi ta'minlashi zarur. Porshen yondoriga (yubkasiga) ko‘ndalang kesim bo‘yicha oval shakli va balandligi bo‘yicha konus shakli beriladi hamda turlicha kesiklar hosil qilinadi, shu bilan birga porshenga issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti kichik bo'lgan metall plastinalar ham o'rnatilgan bo‘ladi. Aralashma uchqunidan yonadigan ayrim dvigatellar porshenlarining yondori qiya kesikli qilib tayyorlanadi. Buning natijasida porshen ancha elastik bo'ladi va uni tiqilib qolishidan cho‘chimasdan kerakligicha kichik tirqish bilan silindrga o'tkazish imkoniyati yuzaga keladi. Jilvirlash jarayonida porshen yondoriga oval shakli beriladi (ovalning katta o‘qi barmoq o'qiga perpendikular bolishi zarur). Yon tomondan ta’sir etuvchi kuchlar va qizish natijasida porshen yondori ishlash jarayonida silindrsimon shaklga kirib oladi. Porshen kallagining harorati yondorning pastki qismi haroratidan taxminan 100 - 150°C baland bolganligi bois, yondorning tashqi diametri кalia кdiametridan katta qilib tayyorlanadi. Porshen yetarlicha sovitilmaganidan uning o‘ta qizib ketishi katta xavf tug'diradi. O'ta qizish oqibatida porshenning tubi kuyib ketadi, silindrning ishchi yuzasi tirnaladi, halqalar kuyib, yopishib qoladi va hatto porshen silindrga tiqilib qolishi mumkin. Porshenni sovitib turishni yaxshilash maqsadida, ba’zan uning ichki yuzasiga moy oqimi yo'nal- tiriladi. КамАЗ-740 dizelining porsheni (2.3-chizma), kompression halqalar joylashadigan qismiga maxsus cho‘yan o’rnatilib, yuqori kremniyli aluminiy qotishmasidan quyib tayyorlanadi. Porshen silindr bilan yaxshi ishqalanib moslanishi uchun hamda tirnalishning oldini olish maqsadida uning yondor qismiga kolloid-grafit qoplanadi. Porshen kallagining yuqori tomonida chuqurcha bo‘lib, u yonish kamerasi vazifasini o‘taydi.