Kristallografiya, kristallokimyo va mineralogiya



Download 2,67 Mb.
bet60/62
Sana31.12.2021
Hajmi2,67 Mb.
#226864
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
kristallografiya umk1111oxirgi

Nazorat uchun savollar.

2. Kremniy-kislorodli tetraedr asosiy strukturaviy mativ.

3. Anion radikallari va ularning silikat sohasidagi material-larni shakllantirishdagi roli.

4. Sindirilgan strukturali minerallarning hossalari.

5. Dala shpatlarining silikat mahsulot olishdagi roli.

3-Модул. Кристаллокимё.

20-мавзу. Металл ва металл қотишмалари. Металл ва металл қотишмалари тузилишида асосий структуравий мотив.

Er po‘sti tarkibida juda-juda kam, foizning 1000, 10000 va undan ham kamroq ulushida ishtirok etadigan metall va nometall elementlar guruhiga nodir elementlar deyiladi. Bu guruh elementlarining soni 40 dan ortiq bo‘lsa ham ularning yer po‘stidagi miqdori og‘irligiga ko‘ra foizning undan bir ulushidan ko‘p emasdir. Bular shartli ravishda nodir elementlari deyiladi. Masalan, qo‘rg‘oshin, rux, molibden kabi elementlar miqdori ham yer po‘stida ko‘p emas, biroq ular yirik-yirik konlar hosil qiladi.

Ba’zan nodir elementlar miqdori ayrim kam tarqalgan elementlar miqdoridan ko‘proq bo‘ladi. Masalan, yer po‘stida rubidiy (0,015%) va skandiy (0,0013%), miqdorida nisbatan qo‘rg‘oshin (0,0016%). Shunga qaramay, rubidiy va stronsiy nodir elementlar deyiladi, chunki ularning yer yuzida birorta yirikroq koni yo‘q. Lekin qo‘rg‘oshin katta-katta konlari ma’lum. Jumladan, qo‘rg‘oshin konlari Markaziy Osiyoda - Olmaliqda, Uch Qulochda topilgan. Nodir va asl elementlarning biokimyoviy xususiyatlarini tadbiq etish birinchi navbatda shu elementlarni magmatik jinslardagi tarqalish maummolarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Nodir elementlarining magmatik jinslar tarkibida tarqalish, taqsimlanish qonuniyatlarini tushunib yetishda akademik A.E. Fersamnning g‘oyalari - yer po‘stida sodir bo‘ladigan jarayonlar energiyasi hamda izomorfizm nazariyasi sohasida olib borgan tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega.

Xozirgi paytda mineralogiya shuningdek geokimyo fani nodir va asl elementlarning batavsil o‘rganmay turib katta muvoffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi, chunki shu elementlarni o‘rganish natijasida to‘plangan ma’lumotlar asosida konlarning mineralogiyasi, geokimyosi hamda paydo bo‘lishiga oid masalalar osonlicha xal etiladi. Yer po‘stidagi barcha 40 nodir elementlar miqdori 100 % bo‘lsa, buning 22,37 ulishi lantan guruhiga, 4,9 - neodimga, 3,94 - litiyga, yana shunchasi ittriyga, 2,6 - neobiyga va yana shunchasi galliyga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, nodir elementlarning 10tasi barcha miqdorning 90%ini tashkil etadi, 10% qolgan 30ta elementga to‘g‘ri keladi.

Er qobig‘ida sof tugma holatda 30dan ortiq kimyoviy element, asosan metallar uchraydi. Bir qator gazlar va kamdan-kam uchraydigan suyuq elementlar (simob va ba’zi amalgamalar) ham sof tugma elementlarga kiradi.

Qattiq holatda topiladigan sof tugma elementlarning kristall strukturalari juda hilma-hil bo‘ladi. Atomlari orasidagi bog‘lanish kuchi tiplariga qaraganda, metall bog‘lanishli zich joylashgan atomli strukturalar ko‘prok ahamiyatga ega, ba’zan ular geteropolyar va van-der-vaals bog‘lanishga o‘tish belgilari bo‘ladi. Sof tugma elementlarning umumiy hossalari ulardagi mana shu xususiyatga bog‘liqdir. Tabiiy moddalar orasida sof tugma metallar eng yaxshi elektr va issiqlik o‘tkazuvchilardir. Bularning hammasi jilolangan yuzada metall singari kuchli yaltiraydi, ya’ni kuchli nur qaytarish xususiyatiga ega. Sinish ko‘rsatkichlari ham juda katta bo‘lganligi uchun ularning yaltiroqligi o‘tkir bo‘ladi. Faqat oltin, kumush, mislarning sinish ko‘rsatkichisi 1,0 dan kam bo‘lishiga qaramay, bu ulardagi kuchli nur qaytarish xususiyatini tug‘diradi. Xuddi shuningdek, metallarning nur yuti ko‘rsatkichi ham xaddan tashqari yuqori bo‘ladi.

Sof tugma metallarning ko‘pchiligi kumush, yoki oq bo‘ladi. Oltin va misning rangi bularga o‘xshamaydi. Bu elementlar Mendeleev jadvalida tutgan o‘rniga ko‘ra (CuCl2, AuCl3) valentligidan ancha yuqori valentli bo‘lishi mumkin. Sof tugma metallar (ayniqsa, platina gruppasiga kiradigan elemetlar) minerallarning solishtirma og‘irligi barcha ma’lum bo‘lgan minerallar solishtirma og‘irligiga qaraganda juda katta. Strukturasi 12 koordinat soni va atomlari bog‘lanishida yo‘nalgan kuch bo‘lmasligi bilan xarakterlanadigan metall yaxshi pachaqlanadi, singan joylarida aniq ulanish tekisligi ko‘rinmaydi, va ortiqcha qattiq bo‘lmaydi. Metallarning pachaqlanuvchanligi va egiluvchanligi asosan strukturasining zich joylashgan qavatlariga tik o‘tgan yo‘nalishlar soniga bog‘liqdir. Zich joylashishi kubik bo‘lgan muxitda bunday yo‘nalish to‘rtta, geksagonal strukturada esa bittadir. Shuning uchun kubik zich joylashish strukturasiga ega bo‘lgan metallar geksagonal strukturadagi boshqa metallarga qaraganda ko‘prok egiluvchan bo‘ladi.

Atom hajmlari lantanid siqilish bilan xarakterlanadigan asl metallar kimyoviy jihatdan ancha barqaror bo‘lib, shunga ko‘ra oltin va platina gruppasi metallarning minerallari daryo soylaridagi sochilmalar orasida keng tarqalgan. Yarim-metallar gruppasiga kiradigan elementlarining eng kuchli yaltiraydigan, eng kam mo‘rti va eng kam qattiqlikka ega bo‘lganidir. Bu uchta metall kristallarining morfolo-gik hossasi va ulanish tekisligining yo‘nalishi bir hil bo‘lib, bu metallar kristallarining o‘ziga hos tuzilishiga mosdir.




Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish