Nаzоrаt uchun sаvоllаr:
1. Minеrаllаrning qаttiqligi nimа?
2. Minеrаllаrning etаlоn rаngini аyting.
3. Ulаnish tеkisligi nеchtа?
4. Sоlishtirmа оg’irlik dеb nimаgа аytilаdi?
5. Minеrаllаrning sоlishtirmа оg’irligi nimаlаrgа bоg’liq?
17-мавзу. Минералларнинг систематикаси принциплари. Соф туғма элементлар, сульфидлар, галогенлар, оксид ва гидроксидлар, карбонатлар, сульфатлар, фосфатлар; боратлар, силикатлар.
Mineralogiya fanida barcha tabiiy jinslar ikki katta gruppaga ajraladi:
1. Anorganik minerallar. Bunday minerallar qatoriga sof tugma elementlar, hamma elementlarning tabiiy anorganik birikmalari kira-di;
2. Organik minerallar. Bular qatoriga uglerodning turli organik birikmalari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan gruppa minerallari kimyoviy xususiyatlari va ion bog‘lanishlari tabiati bilan ham farqlanadi. Ular ham o‘z navba-tida klassifikatsiyalanadi.
Anorganik minerallarning umumiy klassifikatsiyasi quyidagicha:
1. Sof tugma elementlar va intermetall birikmalar;
2. Karbidlar, nitridlar va fosfidlar;
3. Sulfidlar, sulfosollar va shunga o‘xshash birikmalar:
a) Oltingugurtli sodda va qo‘shaloq birikmalar;
b) Sulfosollar;
4. Galoid birikmalar (galogenidlar):
a) Ftoridlar;
b) Xloridlar, bromidlar va yoditlar;
5. Oksidlar:
a) Sodda va murakkab oksidlar;
b) Gidrooksidlar;
6. Kislotali tuzlar:
a) Yodatlar;
b) Nitratlar;
v) Karbonatlar;
g) Sulfatlar va selenatlar;
d) Xromatlar;
j) Molibdatlar va volframatlar;
z) Fosfatlar, arsenatlar va vanadatlar;
i) Arsenitlar;
k) Boratlar;
l) Silikatlar:
- SiO4 anioni tetraedrlarga ajralgan silikatlar;
- SiO4 anion tetraedrlari gruppalarga ajralgan
silikatlar;
- SiO4 anion tetraedrlari uzluksiz zanjir bo‘lgan
silikatlar;
- SiO4 anion tetraedrlari uzluksiz qavat - qavat
bo‘lgan silikatlar;
- SiO4 va AlO4 tetraedrlari uzluksiz uch o‘lchamli
to‘qima shaklida bo‘lgan silikatlar.
Endi yuqorida keltirilgan sinflarning ba’zi birlari tafsilotiga o‘tamiz:
- Sof tugma elementlar va intermetall birikmalar. Yer qobig‘ida sof tugma holda 30 ortiq kimyoviy element uchraydi. Ular asosan metal-lardir. Bir qator gazlar va suyuq holatdagi simob, amalgama va boshqa-lar ham sof tugma elementlar qatoriga kiradi. Yer qobig‘ida sof tugma elementlar miqdori yer qobig‘i umumiy massasining 0,1 % to‘g‘ri keladi. Bu miqdorning 0,04 % -azotga, 0,01-0,02 % -kislorodga, qolgan 0,05 % - sof tugma holida uchraydigan hamma boshqa elementlarga to‘g‘ri keladi.
Sof tugma elementlarning ikkinchi nomi ham bor. Ularning ba’zi-lari asil elementlar deb ham ataladi. Bularga inert gazlar, 5 va 6 davr metallari kiradi.
Intermetall birikmalari stexiometrik formulaga ega. Ular o‘ziga hos kristall strukturasi bilan xarakterlanadi. Misol tariqasida al’-godonit-Cu3As,stibiopalladinit - Pd3Sb va boshqalarni ko‘rsatish mum-kin.
Sof elementlar o‘z navbatida metall va nometall elementlarga, suyuq va qattiq holdagi elementlarga ajraladi. Metall hilli sof elementlarga oltin, kumush, mis va boshqalar kiradi. Sof nometall elementlarga-oltingugurt,olmos va grafit kiradi. Suyuk holdagi simob va oltingugurt ham shu gruppaga kiradi.
- Sulfidlar, sulfosollar va shunga o‘xshash birikmalar. Sul-fidlar yer po‘stidagi minerallarning 15%-ni tashkil etadi. Ko‘pincha xom ash’yo sifatida ishlatiladigan va keng tarqalgan sulfidlar qatoriga quyidagilar kiradi: galenit-PbS; sfalarit-ZnS; xalkopirit-CuFeS2; pirit-FeS2; kinovar-HgS; arsenopirit-FeAsS va boshqalar.
- Galloid birikmalar (galogenidlar). Bu sinfga vodorodlik kislo-ta tuzlari - xloridlar, ftoridlar, boridlar, yodidlar kiradi.
- Oksidlar sinfiga metall va metallsimon moddalarning kislorod va suv molekulalari bilan birikkan minerallari kiradi. Ular o‘z navbatida sodda va murakkab oksidlarga ajraladi. Sodda oksidlarga kuprit-Cu2O,kassiterit-SnO2,sinki-ZnO,kvars-SiO2,korund-Al2O3, gema-tit-Fe2O3 va boshqalar kiradi. Murakab oksidlar ikki yoki undan ko‘p oksidlardan tashkil topgan bo‘ladi: ilmenit-FeO. TiO2 yoki FeTiO3, mag-netit-FeO. Fe2O3, xrumit-FeO.Cr2O3. Murakkab gidrooksidlar qatoriga opal-SiO2.nH2O,limonit-FeO2.nH2O,psilomelan-MnO2.MnO2.nH2O kiradi.
- Karbonatlar sinfi karbonat kislotasi H2SO3 tuzlarining bi-rikmasidan paydo bo‘lgan 80-ga yaqin cho‘kindi va metamorfik jins mine-rallari kiradi. Ular ikki guruhga - suvli va suvsiz karbonatlarga aj-raladi. Suvsiz karbonatlar guruhi kalsit-CaCO3, magnezit-MgCO3, dolomit- MgCO3 . CaCO3, siderrit- FeCO3 kabi minerallardan tashkil topgan. Suvli karbonatlar guruhiga soda-Na2CO3.10H2O, malaxit-CuCO3 . Cu(OH)2 , azurit - 2 CuCO3 . Cu(OH)2 lar kiradi.
- Sulfatlar sinfi. Ular sulfat kislotasi N2SO4 tuzlaridir. Yer po‘stining 0,61 % sulfatlar sinfiga ta’luqli. Sulfatlar sinfi mi-nerallari suvsiz suklfatldar va suvli sulfatlar guruhiga ajraladi. Yeng ko‘p uchraydagan suvsiz sulfatlar: selestin-SrSO4, barit-BaSO4, angidrid - SaSO4. Suvli sulfatlarga kuydagilarni misol kilib kelti-rish mumkin: mirabilit-Na2SO4. 10H2O, alunit-KAl3 SO4 . (OH)7, gips- SaSO4. 2H2O va boshqalar.
- Fosfatlar sinfi minerallari ham ko‘psonli bo‘lib suvli va suv-siz fosfatlarga ajraladi. Suvsiz fosfatlarga apatit-Ca5(PO4)3F , fos-forit- Sa3(PO4)2 kabi minerallar kiradi. Suvli fosfatlar tarikbiga bir necha molekula suv kirgan bo‘ladi.
- Boratlar sinfi. Ular ham suvli va suvsiz boratlarga ajraladi.
Suvsiz boratlar ortoborat kislotasi tuzlaridan iborat. Masalan, ularga asharit-MgHBO3 minerali kiradi. Ikkinchi mineral-Mg3B7O13Cl boratsit nomi bilan ataladi. Suvli boratlar ichida eng ko‘p tarqalgani bura bo‘lib, uning formulasi Na2B4O7 . 10H2O.
Silikatlar sinfi. Bu sinfga kiruvchi minerallar soni 800 dan oshiq bo‘lib, ular yer po‘stining 70%-dan ortig‘ini tashkil etadi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
- orolsimon silikatlar;
- zanjirsimon silikatlar;
- lentisomon silikatlar;
- varraksimon silikatlar ;
- tukimosin silikatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |