Solishtirma og‘irlikni aniqlash. Minerallarning solishtirma og‘irligi katta etiborga egadir, har hil minerallarda 0,5 dan 21 gacha
o‘zgaradi. Mineralning solishtirma og‘irligi uning kimyoviy tarkibiga, masalan, ion yoki atomlarining og‘irligiga va tabiiy ichki tuzilishiga - strukturasiga bog‘liq bo‘ladi. Tog‘ jinsining zichligi ushbu jinsni tashkil etgan minerallarning solishtirma og‘irliklari yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Bir hil kimyoviy tarkib topgan minerallarning solishtirma og‘irliklari har hil bo‘lishi mumkin, bunga bir qancha faktorlar ta’sir etadi, jumladan atomlar orasidagi masofa, koordinatsion son, kimyoviy bog‘lanishlarning turlari va x.k., boshqa teng sharoitlarda esa atomlar yoki molekulalar guruhlarining har hil polimorf modifikatsiyada o‘zaro joylashishiga bog‘liqdir. Ichki tuzilishi va zichligi orasidagi munosabatlarni ham har hil polimorf minerallar modifikatsiyalari solishtirma og‘irligi misolida ko‘rishimiz mumkin: α-kvarsning solishtirma og‘irligi 2,65 bo‘lsa, ß-kvarsniki 2,51 ga teng; olmos - 3,51; grafit - 2,23; pirit - 5,1; markazit - 4,9 va h.k.
Izomorf moddalning qatorida kimyoviy elementlarning atom og‘irligi oshib borgan holda ularning solishtirma og‘irligi ham ortib boradi. Masalan, albit Na[AlSi3O8] - anortit CaAl2Si2O8 qatorida solishtirma og‘irlik 2,61 dan 2,75 gacha o‘zgaradi, ya’ni kalsiy miqdorining plagioklaz tarkibida ortib borishi bo‘yicha.
Solishtirma og‘irlikni ifodalash uchun massa yoki og‘irlikning ma’lum hajmga nisbati olinadi (og‘irlik massa bilan bog‘liqdir):
d =m/V yoki d = P/V
bu yerda d - noma’lum solishtirma og‘irlik;
m - massa;
V - hajm ;
R - og‘irlik.
Minerallarning solishtirma og‘irligi (zichligi) suyuqlikning solishtirma og‘irligiga (og‘ir suyuqliklar: bromoform CHBr3 sol. og‘ir. 2,88; Tule suyuqligi - suvli KJ va HgJ eritmasi - 3,19) nisbatan aniqlanadi.
Solishtirma og‘irlikni aniqlashning bir nechta usuli mavjuddir:
1. Solishtirma og‘irlikni aniqlashning eng tarqalgan va qulay usul - tarozida aniqlashdir.
2. Hajm o‘lchov usuli har hil tuzilgan gazli yoki suyuqlikli hajm o‘lchagichli (volyumetr) aniqlagichlarga asoslangan.
3. Rentgen usuli olingan natijani D = n . M formula orqali hisoblashga asoslangan , bunda: N . V
D - modda zichligining bog‘lovchisi;
M - uning molekulyar og‘irligi;
V - elementar yacheyka hajmi
n - yacheykadagi molekulalar soni;
N - Avogadro soni 6,0238 . 1023.
Elementar yacheyka hajmi uning o‘zgarmas soni asosida hisoblanadi. Hisoblangan va aniqlangan solishtirma og‘irlik orasida farq bo‘lsa, u mineral ichki tuzilishidagi o‘zgarishga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |