Kristallografiya, kristallokimyo va mineralogiya


Solishtirma og‘irlikni piknometr usulida aniqlash



Download 2,67 Mb.
bet25/62
Sana31.12.2021
Hajmi2,67 Mb.
#226864
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
kristallografiya umk1111oxirgi

Solishtirma og‘irlikni piknometr usulida aniqlash. Bu usul keng tarqalgan mineralogik usuldir va juda qiyin hisoblanadi, lekin o‘lchash imkoniyaga ega va murakkab ko‘llanmalarga ehtiej bo‘lmaydi. Piknometr ma’lum hajmga ega bo‘lgan shisha kolbacha bo‘lib, har hil ko‘rinishda bo‘ladi.

Ishning bajarish tartibi:

1. Piknometrning og‘irligi po‘kak tiqin bilan uch marotaba tarozida o‘lchanadi va ularning o‘rtacha natijasi olinib, piknometrning o‘zgarmas og‘irligi (R) deb yoziladi. Har gal o‘lchov oldidan piknometr yuvilib, quritiladi.

2. Piknometrning hajmini o‘lchash uchun ma’lum belgiga qadar distillangan suv to‘ldiriladi. Suv solingan piknometrni eksikatorga joylashtiriladi, uning ichidagi havosini so‘rib olish (Komovskiy maxsus nasos qurilmasi yordamida) uchun yoki piknometrni suvli stakanga qo‘yib qaynatiladi. Ortiqcha suv po‘kak tiqin tirqishidan chiqariladi. Keyin piknometr sovutilib, belgiga qadar yetmagan suv solinadi va piknometrni uch marotaba tortiladi. Shuning natijasida piknometrning o‘zgarmas hajmi (Rs-R) chiqadi.

3. Mineral namunasini tekshirish uchun tayyorlanadi: buning uchun aniqlanadigan mineral namunasi hovonchada maydalanib, ma’lum o‘lchamga keltirib, mikroskop (binokulyar) ostida kerakli bir mineral turi ajratilib olinadi va uni spirt bilan yuviladi, quritiladi. Mineralning miqdori va zarrachalar o‘lchami piknometr hajmiga va tirqish diametriga bog‘liq.

4. O‘lchangan quruq piknometrga mineral namunasi solinadi : taxminan piknometr hajmining 1/3 yoki 1/4 qismicha; va og‘irligini tarozida o‘lchaymiz. (Rn).

5. Ushbu piknometrga ozgina tozalangan suv solinadi: piknometrning yarmiga qadar va nasosli eksikatorga joylashtiriladi yoki suvli stakanda qaynatiladi. Piknometrdan havo so‘rib olingach, piknometr sovutiladi. Keyin esa belgiga qadar piknometrga suv solinadi va uch marotaba o‘lchanadi (Rns).
Mineralning solishtirma og‘irligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Pn - R .

(Rs - R) - ( Rns - R)

bu yerda R - bo‘sh piknometr og‘irligi;

Rn - mineral namunasi bilan piknometr og‘irligi;

Rns- mineral namunasi, suv bilan piknometr og‘irligi;

Rs - suv bilan piknometr og‘irligi.

Barcha minerallar (sulfatlar, galoidlar, nitratlar va boshqalar) suvda eruvchanlik xususiyatiga ega, bu holda suv o‘rniga o‘zga suyuqliklar (spirt, brombenzol va h.k.) dan foydalaniladi.

Olingan natijaning aniqligiga ishonch hosil qilish uchun bir necha marotaba yuqorida qayd qilingan ishni takrorlash zarur, yoki bir necha marta piknometrda shu mineral namunasini aniqlash ishlarini olib borish lozim. Bajarilgan ishlar hisobning o‘rtacha qiymati aniq solishtirma og‘irlik bo‘ladi.




Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish