Minerallarning qattiqligini aniqlash. Minerallarning muhim diagnostik belgilaridan biri bo‘lgan holda, qattiqlikni aniqlash oson usullardan biridir. Qattiqlikni aniqlashda nemis olimi F. Moosning nisbiy qattiqlik shkalasidan foydalaniladi. Bu shkala 10 mineraldan tashkil topgan, ularning qattiqligi 1dan 10gacha o‘sib borgan holda, har keyingi mineral oldingi mineralni chiza oladi (chiziq qoldiradi).
Minerallarning qattiqligini juda aniq o‘lchashda Brikella, Vinkers, Rokvil va boshqa usullaridan foydalaniladi. Ushbu usullar mineralning yuzasiga har hil tipdagi uchlik tig‘ - identor bilan ezishga asoslangan. Identor tarzida po‘lat shar, olmos konus yoki piramida, va boshqacha shakllar foydalaniladi. Qattiqlikni o‘lchaydigan asbob qattiqlik o‘lchovchi - tverdomer deyiladi. Bu holda qattiqlik (R) og‘irlik kuchining (F) ezilgan maydonga (S) nisbati bilan aniqlanadi va kgs/mm2 yoki N/m2 da ifodaladi. P = F / S.
Do'stlaringiz bilan baham: |