Ionli kristall panjaralar tugunlarida kation va anionlar joylashadi. Bunday kristall panjara tugunlaridagi ionlarning qo’shni tugunlarida qarama-qarshi zaryadga ega bo’lgan ionlardan bir nechtasi joylashishi mumkin. Masalan, osh tuzi kristall panjarasida har bir natriy kationi atrofida oltita xlor anioni va har bir xlor anioni atrifida shuncha natriy kationi joylashgan bo’ladi. Shu sababli, bunday kristall panjaralarda molekulalar yo’q, bunday moddalarda tugunlar soni cheksiz – modda polimer tuzilishga [osh tuzi shu holatini aks ettirish uchun (NaCl) ko’rinishida yozish mumkin] ega bo’ladi.
Bunday kristall panjaralarni hosil qiladigan moddalar, asosan, anorganik moddalar – tuzlar, oksidlar va asoslar (ishqorlar) bo’ladi. Ularning kristallari qattiq, faqat yuqori tyemperaturalarda suyuqlanadi, qutubli erituvchilarda (masalan suvda) oson eriydi, eritmada ham, suyuqlanma holida ham elektr tokini o’tkazish hususiyatiga ega (bunday moddalarning disosilanish darajasi 100% ga yaqin) bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |