Kripto valyuta nima va undan O’zbekistonda foydaldansa bo’ladimi?
Kripto valyutasi - bu raqamli valyutaning bir turi, buxgalteriya hisobi markazlashtirilmagan to'lov tizimi tomonidan ta'minlanadi (ichki yoki tashqi ma'mur yoki uning o'xshashlari mavjud emas), to'liq avtomatik rejimda ishlaydi. . O'z-o'zidan, kripto valyutasida hech qanday maxsus material yoki elektron shakl mavjud emas - bu buxgalteriya birliklari ma'lumotlarining miqdorini ko'rsatadigan raqam, bu ma'lumotlar uzatish protokolining ma'lumot paketining tegishli holatida qayd etilgan va ko'pincha hatto tizim manzillari o'rtasidagi tranzaktsiyalar haqidagi barcha boshqa ma'lumotlar singari shifrlangan. Kriptovalyutadan ko’pincha noqonuniy pul mablag’lairini yashirishda foydalanishadi.
Bugungi kunga kelib jami kriptovalyutalar soni 4 509 tani tashkil qiladi va ularning umumiy bozor qiymati $1 trln 633 mlrd 366 mln 781 ming 281 bo’lib, bir kunlik pul aylanmasi o’rtacha $153 mlrd 166 mln hisoblanadi.
Bozor kapitallashuvi eng katta bo'lgan birinchi va eng mashhur kripto valyuta bu Bitcoin (BTC) bo’lib u birinchi marta 2009 yil 3 yanvar kuni chiqarilgan. 2021 yil fevral holati bo’yicha 1 BTC $53 mingga chiqdi va faol ravishda ko’tarilmoqda. Jami kopitalizatsiya $982,93 mlrd. bo’lib kunlik pul aylanmasi $54,38 mlrd hisoblanadi.
O’zbekstonda kripto valyuta bilan nima qilsa bo’ladi?
O’zbekistonda barcha kripto-aktivlarning faoliyati litsenziya asosida bo’lishi va 2020-yilning boshida ochilgan kripto-birjada amalga oshirilishi lozim. Birja ishtirokchilari faqatgina oldin qo’lga kiritilgan kripto-aktivlarni chel el foydalanuvchilariga sotishi mumkin.
Birjada kripto-aktivlarni sotib olish mumkin emas — tashkilotchilar buni aholining moliyaviy savodxonligini pastligi bilan izohlashdi. Kripto-birjani chetlab o’tib, savdo-sotiq qilish jinoyat deb hisoblanadi.
Tariflar mavjud, legallashtirish — yo’q
Sotib olish ta’qiqlangani sababli, kriptovalyutalarni faqatgina mayning orqali kiritish mumkin. 2020-yil bahorida, maynerlar uchun oshirilgan ta’riflarda elektr energiyasi solig’i joriy qilindi.
Ammo, mayning bilan shug’ullanadigan iste’molchilarni aniqlash va oshirilgan tariflarni qo’llash tartibi ishlab chiqilmadi.
“Mayning” faoliyatini legallashtirish, majburiy a’zolik doirasida “Uzbekistan Cryptocurrency Mining Pool” dasturi yaratilishi asosida amalga oshirilishi kerak edi, ammo tegishli hujjatlar hali qabul qilinmagan.
Kripto valyuta bilan savdo qilganga qanday jazo belgilangan?
177-modda (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish)siga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravari(18 mln 375 ming so’m)dan 500 baravari (122 mln 500 ming so’m)gacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
190-modda (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish)siga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (6 mln 125 ming so’m)dan 100 baravari(24 mln 500 ming so’m)gacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Misol tariqasida, 2020-yilning yozida, Toshkentda bitkoin savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullangan fuqarolarga qarshi Jinoyat Kodeksining 177 (valyuta qiymatlarini noqonuniy sotish yoki sotib olsih) va 190 (litsenziyasiz faoliyat bilan shug’ullanish) moddalari asosida jinoiy ishi qo’zg’atildi. O’sha yilning kuz mavsumida, poytaxtda bitkoin savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullangan shaxslar hibsga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |