Umumilmiy metodlar quyidagilarga bo’linadi: - Tasvirlash. Mazkur metod vositasida tadqiq etilayotgan ob’ektlar belgilari va xossalari tasvirlab yoziladi (sanaladi).
- Eksperiment. Bunda tekshirilayotgan hodisa sun’iy ravishda iloji boricha to‘la va aniq takrorlanadi.
- Modellashtirish. Uning mohiyati ob’ektni o‘xshash model orqali bilishdan iborat, bunda tadqiq qilinayotgan ob’ekt uning asosiy belgilari, xususiyatlari orqali tiklanadi.
- Kriminalistika metodlari.
- Maxsus kriminalistik metodlar:
- Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida faqat umumilmiy tadqiqot metodlari emas, balki maxsus metodlardan foydalanish ham rivojlanmoqda. Ayrim yangi metodlar paydo bo‘lmoqda, bir guruhi zamonaviylashmoqda, qolganlari esa, o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Kriminalistikaning o‘zida ishlab chiqilgan maxsus metodlar jumlasiga sud-fotografiya, trasologiya, sud-ballistikasi va boshqalar kiradi. Masalan, tergov va ekspert amaliyotida sud-fotografiyasi tomonidan tashkil etilgan tanib olish (signaletik), mikrotasvir, fotografik rang ajratish, qiyin sharoitlarda fotografiyadan foydalanish va boshqa metodlar mavjud. Trasologiyada oyoq, poyabzal, buzish qurollari kabi asboblarning izlarini topadigan va qayd qiladigan maxsus metodlar ishlab chiqilgan. Sud-ballistikasida o‘qni burab chiqaradigan, o‘qni profilografik tadqiq etish, kesadigan va tekis stvolli qurolning identifikatsiyasi bo‘yicha optik va mexanik metodlar yaratilgan.
- kriminalistika uskunalari va ularning turlari
- Kriminalistik uskunalari – kriminalistikaning asosiy vositalari bo‘lib, jinoyatlarni tergov qilish jarayonida dalillarni topish, mustahkamlash, ko‘chirib olish va tadqiq etishda qo‘llanadigan maxsus asbob-uskunalar, texnik vositalar tizimi hisoblanadi. Shu bilan birga kriminalistik texnika dalillarni topish, ularni tekshirish jarayonida qo‘llanadigan amaliy bilimdir. Raqamli kriminalistik uskunalar albatta bugungi kunning eng yangi texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan va dasturiy ta’minoti juda yuqori aniqlikda ishlashi talab etiladi. Chunki raqamli kriminalistik vositalari jinoyatlarning oldini olishga, voqea sodir bo‘lgan joydagi vaziyatni aniq ifodalashga, tergov harakatlarini o‘tkazish va natijalarini qayd etishga, ashyoviy dalillarni to‘plash, ko‘zdan kechirish va tadqiq qilishga qaratilgan bo’ladi. Bu jarayon esa albatta juda murakkab bo’ladi. Mutaxassislik uskunalari aniqlilik darajasi yuqori bo’lmasa vaziyatni yumshatib bera olmasligi mumkun.
- Kriminalistika uskunalari va ularning turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |