EU-20 guruh talabasi: Ismoilova Kumush Kredit- jamiyatda tovar pul munosobatlaridan keyingi vujudga kelgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan biridir. Kredit, pul kabi iqtisod kategoriyasi bo’lib, pul mablag’larining samarali ishlashiga, korxona va jismoniy shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag’ sarf qilmasdan qo’shimcha pul mablag’lariga bo’lgan talabni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit –bu vaqt vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini ma’lum muddatga, haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so’zi lotincha “credium” –ssuda, qarz so’zidan paydo bo’lganligi qayd etiladi Ayrim iqtisodchi olimlar “credo”, ya’ni “ishonaman” degan ma’noni anglatishini qayd etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |