Iqtisodchi olimlarning kredit atamasiga sharhlari:
Shegorsova V.A ning darsligida “Kredit-qaytarish va to’lov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish maqsadida pul mablag’iyoki moddiy buyum ko’rinishida berish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir” deya ta’rif keltirgan
Professor O.I.Lavrushin ta’riflashicha esa, kredit-ijtimoiy munosabatlarining bir ko’rinishi bo’lib, iqtisodiy kategoriyadir
O’zbekiston iqtisodchisi….
Sh.Abdullaeva darsligida: “Kredit-bu vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini pul egasi yoki boshqalar tomonidan ma’lum muddatga, haq tolash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir ” tarzida ta’rif berilgan
Bozor sharoitida kreditning zarurligini ko’rsatuvchi omillar:
kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlanishi
iqtisodiyotda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lar ssuda kapitali sifatida jamg’arilib, tegishli maqsadlarga yo’naltiriladi
iqtisodiyotda ishlab chiqarish siklining davriyligi
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan extiyojning asosiy qismi kreditlar orqali qondiriladi
2. “Debitor”-(kredit oluvchi) munosabatlarida namoyon bo’ladi
Kreditor-kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga chiqadi.
Kreditorlar pul mablag’larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi subyektlar hisoblanadi+
Kreditor kredit sifatida beradigan pul mablag’lari va jalb qilingan mablag’lari hisobidan shakllantiradi.
Kreditor subyektlar ichida, tijorat banklari nafaqat o’z mablag’lari hisobidan, balki chetdan jalb qilingan mablag’lar hisobidan kreditlar beradi.
Mablag’lari jalb qilishning turli yo’llari mavjud bo’lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiyalar, obligatsiyalarni muomalaga chiqarish hamda aholi va tadbirkorlarning pul mablag’larini jalb etish asosida amalga oshirish samarali yo’llaridan biri hisoblanadi.
KREDIT OBYEKTI
Moliyaviy terminologiyada kredit munosabatlarining obyekti bu ssuda kapitali hisoblanadi.
Ssuda kapitali-foizlar shaklida belgilangan haq evaziga qaytarish asosida vaqtincha foydalanishga beriladigan mablag’lar yig’indisidir.+
KREDITNING FUNKSIYALARI VA TAMOYILLARI
Kreditning tovar-pul munosabatlari va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokigako’ra funksiyalari: