BI-72 GURUH XO’ROZOV ISLOM KREDITLASHNI TASHKIL ETISH ASOSLAR
Tijorat banklarida kreditlashni tashkil qilishda
“Banklar va bank faoliyati to’g’risida “ gi qonun asos vazifasini o’taydi.
Bundan tashqari, Kreditlar O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar to’g’risida»gi qonuniga asosan kredit o’z kapitali va mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyektlarga beriladi
Kreditlash tamoyillari
Kreditning muddatliligi
Kreditning qaytarilishligi
Kreditning maqsadliligi
Kreditning to’lovliligi
Kreditning ta‘minlanganligi
Kreditlar muddatiga ko’ra qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli turlarga bo’linadi.
Qisqa muddatli kredit amal qilish muddati 12 oydan oshmaydigan ssuda bo’lib, uning muddatining uzaytirilishi kreditlanayotgan tadbirlarni o’tkazish muddati, ularning qoplanishi va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Qisqa muddatli ssudalar kreditlarning boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi va 1yil muddatgacha beriladi. 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar, odatda, uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi.
Ba‘zi davlatlar amaliyotida 1 yildan 3 yoki 5 yilgacha berilgan kreditlar o’rta muddatli kreditlar, 5 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb qaraladi
Kreditni qaytarish tamoyili kredit xo‗jalik subyekti oborotida qolib ketmasligi yoki unga tegishli emasligini va u mablag‗ egasiga qaytarib berilishi lozimligini aks ettiradi. Bank tomonidan mijozlarga beriladigan har bir so‗m pul mablag‗lari yana bankka qaytarilishi lozim.Qaytarib berishning iqtisodiy asosi sifatida mablag‗larning uzluksiz doiraviy aylanishi hisoblanadi.
Kreditning keyingi tamoyili - kreditning ta‟minlanganligidir. Bunda ssudaning ta‘minlanganligi kredit berilishiga asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar zaxiralari, ko’chmas mulki yoki ishlab chiqarish xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi
Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kreditning to’lovliligidir. Bunda shartnomaga ko‗ra kredit oluvchi korxona o’z ehtiyoji uchun kreditga olgan pul mablag’laridan vaqtincha foydalanganligi uchun bankka belgilangan haqni to’lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bankning foiz stavkasi bu kreditning «narxidir». Kredit uchun haq to’lash korxonalarni xo’jalik hisobiga, shu jumladan, resurslarning ko’payishiga hamda jalb qilingan mablag’lardan foydalanishga ta‘sir etadi.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit to’lovi miqdorini belgilashda ahamiyat beradigan quyidagi asosiy tamoyillar mavjud.
Bular: - O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudalar bo‗yicha o‗rnatilgan bazaviy foiz stavkasi;
banklararo kredit bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi, ya‘ni aktiv operatsiyalarni amalga oshirish uchun boshqa banklardan sotib olingan resurslar bo’yicha;
- turli depozit hisob varaqlar bo’yicha mijozlarga bank tomonidan to’lanadigan o’rtacha foiz stavkasi;
-bank kredit resurslarining tarkibi (jalb qilingan mablag‗lar hissasi yuqori bo‗lganda kredit narxi ham yuqori bo‗ladi); - kreditga bo’lgan talab;
- talab qilinayotgan kredit muddati va kredit turi, ya‘ni uning ta‘minlanganligiga bog’liq ravishda risk darajasi; - mamlakatdagi pul aylanishining muvozanati (inflyatsiya sur‘ati yuqori bo’lsa kredit shunchalik qimmat bo’ladi, chunki pul qadrsizlanishi tufayli bankning o’z resurslarini yo’qotish riski ortadi)
Kreditlash obyekti – bu qarzga olingan summa va uning qaysi obyekt- tovar-moddiy boyliklar, xarajatlar va hokazolarga yo’naltirilganligini anglatadi.
Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining subyekti bo‗lib banklar xo’jalik subyektlari, aholi, davlat va boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin. Ma‘lumki, kreditlash jarayonida, bir tomondan, kredit beruvchi va ikkinchi, tomondan, qarz oluvchi o‗rtasida kredit munosabatlari yuzaga keladi. Kreditorlar bo’lib, o’zining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini ma‘lum bir muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |