Kreditga layoqatlilik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari Kreditga layoqatlilikning tavsifi Korxonaning ishonchliligini baholash



Download 22,18 Kb.
bet2/3
Sana12.05.2023
Hajmi22,18 Kb.
#937352
1   2   3
Bog'liq
KLT

Kreditga layoqatlilik tahlilining maqsadikorxonalarning kredit, qarz mablag‘larini jalb etishi yuzasidan ularning moliyaviy holati va natijalarini tahlil etish orqali pul mablag‘larini ko‘paytirish imkoniyatlarini retrospektiv tahlilini amalga oshirishdan iborat.
Korxonalarning kreditga layoqatligini baholashda tahlil oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

  • korxonalarning kreditga layoqatliligini davriy oraliqlar bo‘yicha o‘rganish;

  • korxonalarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar va kapital foydaliligini baholash;

  • mablag‘larni joylashinuvidagi holat, ularning aylanuvchanligini baholash;

  • muddati o‘tgan majburiyatlarning holati, korxonalarning moliyaviy mustaqillik darajasidagi o‘zgarishlar, sotish hajmidagi o‘sish, likvid mablag‘larning holati kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga baho berish.



Kreditga layoqatlilikning tavsifi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarini rivojlanishida kredit munosabatlari va to‘lov qobiliyatini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Banklar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligini baholash orqali risklarni kamaytirishga, kredit resurslarini oqilona joylashtirish orqali o‘z daromadlarini oshirishga, moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga erishadilar.


Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini ikki tomonlama ko‘rib chiqish lozim:

  1. Qarz oluvchi nuqtayi nazaridan kreditga layoqatlilik darajasi – kredit shartnomasini tuzish imkoniyati, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytara olish qobiliyati bilan baholanadi.

  2. Bank nuqtayi nazaridan, kreditga layoqatlilik darajasi korxonaga beriladigan kreditning hajmini to‘g‘ri aniqlay olish mas’uliyati bilan inobatga olinadi.34

Ma’lumki, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarining, banklar faoliyatining tijoratlashuvi yuzaga keladi. Bu esa tomonlarning qaysi mulk shakliga asoslangan bo‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jihatdan to‘liq mustaqil bo‘lib, o‘z xarajatlarini daromadlari bilan qoplashnishini talab etadi. Faoliyatning moliyaviy mablag‘larga tayanishi oqibatida korxonalar faoliyatini rivojlantirishning ichki imkoniyatlari doimo ham yetarli bo‘lmaydi. Shu sababli subyektlar ko‘pincha qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar va bu ehtiyojlar bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin. Bank kreditlari nafaqat korxona va tashkilotlarni moliyaviy ta’minlash manbasi balki ularni maqsadli, muddatli, ta’minlangan holda joylashtirish orqali o‘zining faoliyat davomiyligini ham ta’minlab berishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Tijorat banklari faoliyatida qo‘yilgan maqsadga erishish va bergan kreditlarining samara bilan bankka qaytib kelishini ta’minlashi uchun mijozning moliyaviy holatini uning kreditni o‘z vaqtida qaytara olishi imkoniyatlarini tekshirib ko‘rishi lozim.
Kreditga layoqatlilikni baholashda banklar nafaqat mijozning o‘tgan davr ma’lumotlariga baho berishi, shu bilan birga uning kelajakdagi moliyaviy ahvolini ham bashoratlashi zarur. Moliyaviy barqarorlikni va kredit operatsiyalaridagi risk hisobini obyektiv baholash, bankka kredit resurslarini samarali boshqarish hamda foyda olish imkonini beradi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini liberallashtirish muhim vazifa sifatida qabul qilinishi korxonalarning to‘lov qobiliyati va barqarorligini aniqlashda chet el tajribasiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritish zaruriyatini tug‘dirmoqda. Bunda buxgalteriya balansining yangi tahlilini yuritish asosiy o‘rinni egallaydi. Balansdagi aktiv va passivlarni qabul qilingan moddalar bo‘yicha guruhlashtirilishi, to‘lov qobiliyati va kreditga layoqatlilikni yetarli darajada chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi.

Balansning qoplash koeffitsiyenti (KK) joriy aktivlardan (JA) kelgusi davr xarajatlari (KDX), kechiktirilgan xarajatlar (KX) va muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar (MO‘DQ) ayirmasining joriy mabjuriyatlarga nisbati sifatida hisoblanadi.



Download 22,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish