Kredit turlari



Download 82,53 Kb.
bet2/5
Sana05.07.2022
Hajmi82,53 Kb.
#740175
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-MAVZU

Lombard krediti kreditning bir turi bo’lib, u fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo’ljallangan ko’char mol–mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar – litsenziyasi bo’lgan lombardlar tomonidan tadbipkoplik faoliyati sifatida amalga oshiriladi. Lombardda ashyolarni garovga qo’yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi. Garovga qo’yilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi. Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o’xshash va shunday sifatli ashyolarning napxlapiga mos bahodagi to’liq summasida o’z hisobidan garovga qo’yuvchi foydasiga sug’urtalashi shart. Ayni vaqtda shuni aytish kerakki, lombard garovga qo’yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas. Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o’tganidan keyin garovga qo’yilgan mol–mulkni sotish uchun belgilab qo’yilgan tartibda ushbu mol–mulkni sotishga haqli. Shundan keyin hatto garovga qo’yilgan mol–mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to’liq qanoatlantirish uchun etarli bo’lmasa ham, lombardning garovga qo’yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo’ladi (Fk, 289-modda).
Lombard krediti — Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qog’ozlarini garovga olgan holda, o’zgarmas yoki kimoshdi savdosi orqali shakllanadigan foiz stavkasida banklarga beriladigan kredit.
Banklarga lombard krediti O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shartnoma asosida beriladi.

Bank lombard kreditini olish uchun amaliyot kuni soat 10:30 gacha Markaziy bankka o’zgarmas foiz stavka bo’yicha lombard kreditini olish to’g’risidagi arizani ko’rsatilgan shaklda taqdim etadi va bu arizalar ko’rsatilgan shakldagi qayd etish daftarida ro’yxatga olinadi.


Arizani qabul qilish jarayonida Markaziy bank tomonidan quyidagilar tekshiriladi: arizaning to’liq va to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
arizada ko’rsatilgan bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag’ining «Garovga olingan» bo’limiga o’tkazilishi lozim bo’lgan davlat qimmatli qog’ozlar tarkibi va soni to’g’risidagi ma’lumotlarning to’g’riligi;
so’ralgan lombard krediti, shu jumladan foizlarning bankning depozitariydagi operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag’ining «Garovga olingan» tegishli bo’limiga o’tkazilishi lozim bo’lgan davlat qimmatli qog’ozlarining zarur summasi bilan ta’minlanganligi va boshqalar.
Markaziy bank amaliyot kuni davomida taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqadi, tekshiradi va lombard kreditini berish yoki bermaslik to’g’risida qaror qabul qiladi.
So’ralgan lombard krediti summasining etarli darajada ta’minlanganligini tekshirish uchun kreditni ta’minlashga berilgan davlat qimmatli qog’ozlarining bozor narxi to’g’risidagi birja ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Agarda bankning garovga olingan davlat qimmatli qog’ozlari bozor narxi (Markaziy bank belgilagan tuzatish koeffitsientiga ko’paytirilgan) lombard krediti bo’yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni ta’minlash uchun etarli yoki undan ko’p bo’lsa, lombard krediti etarli darajada ta’minlangan hisoblanadi.
Etarli darajada ta’minlanmaslik bankka so’ralgan miqdordan kam hajmda lombard krediti berishga asos bo’ladi.
Qarz oluvchi bankka qo’yilgan talablar bajarilmasa, Markaziy bank joriy amaliyot kuni davomida bankning arizasini rad etadi va unga lombard krediti berish to’g’risidagi arizani qondirmaslik to’g’risida ko’rsatilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Lombard krediti berish to’g’risidagi qaror qabul qilinganda Markaziy bank amaliyot kuni davomida ariza bergan bankka kredit berish borasidagi shartlar ko’rsatilgan holda berilgan shakldagi xabarnomani hamda lombard krediti to’g’risidagi shartnomani to’ldirish va imzolash uchun taqdim etadi.
Markaziy bank lombard kreditini qaytarishga doir majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan (qisman) kunning ertasiga garovga olingan davlat qimmatli qog’ozlarini sotadi.
Agarda qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan summa Markaziy bankning lombard krediti bo’yicha talablari hajmidan oshsa, ushbu summa qoldig’i Markaziy bank talablari qondirilganidan so’ng, davlat qimmatli qog’ozlari sotilgan kundan keyingi ish kunida qarzdor bankning vakillik hisobvarag’iga o’tkazilishi lozim.
Agarda davlat qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan summa Markaziy bankning lombard krediti bo’yicha barcha talablarini qondirishga etarli bo’lmasa, ko’rsatilgan qarzni qoplash debet memorial orderiga asosan qarzdor bankning vakillik hisobvarag’idan undirib olinadi. Markaziy bankka lombard kreditiga doir qarzlarni qaytarish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Bunda, birinchi navbatda Markaziy bankning garovga olingan davlat qimmatli qog’ozlarini sotish bilan bog’liq xarajatlari qoplanadi, so’ngra hisoblangan foizlar summalari, asosiy qarz summasi va eng oxirida tegishli jarima summasi undirib olinadi.
Markaziy bank qarzdor bankdan uning garovga qo’yilgan davlat qimmatli qog’ozlarini kelishilgan narxda sotib olish huquqiga ega.
    1. Iste’mol va ta’lim kreditlari haqida tushuncha. va uni rasmiylashtirish shartlari.

Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.
Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol krediti iste’mol kreditining shakllaridir.
Moliyaviy iste’mol krediti sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini to’lash uchun pul mablag’lari tarzida iste’molchiga beriladigan kreditdir.

Banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy iste’mol krediti beruvchi tashkilotlardir.


Tovar iste’mol krediti sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar haqini bo’lib-bo’lib to’lash tarzida iste’molchiga beriladigan kreditdir.
Iste’mol tovarlarini (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar iste’mol krediti beruvchi tashkilotlardir.
Jismoniy shaxsning iste’mol ehtiyojlari uchun mo’ljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) iste’mol krediti ob’ekti bo’lishi mumkin.
Ko’chmas mulk, shuningdek qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo’lishi cheklangan boshqa mol-mulk iste’mol krediti ob’ekti bo’lishi mumkin emas.
Iste’mol krediti iste’mol krediti berish qoidalariga muvofiq iste’mol krediti shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) bo’yicha to’lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi.
Iste’mol krediti o’z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga (bundan buyon matnda daromadlar deb yuritiladi) ega bo’lgan jismoniy shaxslarga beriladi.
Iste’mol krediti berish qoidalari iste’mol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Iste’mol krediti berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo’lishi va ularda iste’mol krediti berish shartlari, shuningdek kredit miqdori, uni berish muddati, foiz stavkasi, iste’molchi to’lashi lozim bo’lgan to’lovlar jadvali to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda bo’lgan narxlar bo’yicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining keyinchalik o’zgarishi shartnoma taraflarining majburiyatlariga ta’sir etmaydi.
Iste’mol krediti berish qoidalariga muvofiq iste’molchi iste’mol krediti olish uchun kredit buyurtmasini va o’z daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan boshqa hujjatlarni iste’mol krediti beruvchi tashkilotga taqdim etadi.
Kredit buyurtmasida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi:

    • iste’molchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yoki pasport o’rnini bosuvchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi;

    • iste’mol kreditining ob’ekti;

    • iste’mol kreditining muddati;

    • iste’molchining faoliyat turi va daromadlari;

    • iste’molchi tomonidan shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash

usuli.
Kredit buyurtmasi buyurtma berilgan sana ko’rsatilgan holda iste’molchi tomonidan
imzolanadi.
Iste’mol krediti beruvchi tashkilot kredit buyurtmasini olganidan so’ng kredit berish to’g’risida yoki kredit berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida besh ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
Iste’mol krediti berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, iste’mol krediti beruvchi tashkilot iste’molchiga bu haqda yozma shaklda ma’lum qilishi shart.
Kredit buyurtmasi iste’mol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ko’rib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi:

    • iste’molchining daromadlari etarliligini va kredit tarixini aniqlash;

    • kredit buyurtmasida bayon etilgan ma’lumotlarning bir-biriga zid bo’lmasligi;

    • iste’mol krediti summasini qaytarishning maqbul istiqbollari mavjudligi.

Ta’lim kreditlari oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarni moliyaviy qo’llab- quvvatlashning muhim shakli hisoblanadi.

Ta’lim kreditlari yordamida talaba yoshlar oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirish imkoniga ega bo’ladi. Buning ustiga, ular o’qish davrida ta’lim kreditning asosiy qarz summasi bo’yicha hech qanday to’lovni amalga oshirmaydilar.


O’zbekiston Respublikasi bank amaliyotida jismoniy shaxslarga ta’lim kreditlari berish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlari berish to’g’risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berish ularni qaytarish, to’lovning ta’minlanganligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi. Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo’limlariga to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarning o’qishi uchun talabalarning o’zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin. Ta’lim kreditlari, Oliy ta’lim muassasalarida o’qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o’qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o’qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi.
Muddatli harbiy xizmatni o’tash davri bu muddatga kirmaydi. Tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo’yicha:

  • chin etimlarga, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);

  • talabalarning qolgan toifalariga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo’lmagan o’zgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi.

Ta’lim kreditlari bo’yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo’shiladigan foizlar uchun to’lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o’zgarishiga qarab o’zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.
Kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan talabalar uchun kredit bo’yicha qo’shilgan foizlarning
50 foizi tuman “Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” markazlari tomonidan “Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi” mablag’laridan to’lanadi. Ko’rsatib o’tilgan imtiyozga huquqli bo’lgan oilalar Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi. Ta’lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to’lash ta’lim muassasasiga o’tkazilgan summa berilgan vaqtdan, asosiy qarzni qaytarish esa talaba tomonidan oliy ta’lim muassasasida o’qishning ta’limning ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so’ng, ayrim kurslarda takroran o’qish muddati hisobga olinmasdan, uch oy o’tgandan so’ng boshlanadi.
Talaba muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan davrda ta’lim kreditlari uchun foiz hisoblanmaydi. Ta’lim kreditlari, qoidaga ko’ra, qarz oluvchi yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan beriladi.
Ta’lim krediti qarz oluvchining ssuda hisob raqamidan uning shaxsiy yozma topshirig’i asosida oliy ta’lim muassasasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga mablag’ o’tkazish yo’li bilan beriladi. Ta’lim kreditlari bo’yicha mablag’lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o’qish uchun yillik to’lovning to’liq miqdorini ikki teng qismga bo’lish yo’li bilan o’tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o’qiganlik uchun boshlang’ich to’lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun navbatdagi kalendar yilning 15 martigacha to’lanadi.
O’qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to’lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabr va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to’lanadi. Foizlar qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda to’lanadi.
Kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o’qishiga ta’lim kreditlari uchun foizlar qarz oluvchi va Jamg’arma tomonidan har oyda, hisoblangan foizlar summasining 1/2 qismi bo’yicha teng ulushlarda to’lanadi.

Jamg’arma hisoblangan foizlar summasini to’lov topshiriqnomasi bilan bank bildirishnomasi olingandan keyin uch ish kuni mobaynida o’tkazadi. Ta’lim krediti berilgandan so’ng bank kredit ta’minlanishi bo’yicha shartnomada ko’rsatilgan tartibda monitoring olib boradi.. Talabaning talaba safidan chiqarilishi oliy ta’lim muassasasi tomonidan bankka o’z vaqtida ma’lum qilinmagan taqdirda, ta’lim muassasasi ushbu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka to’lashga majbur. Ushbu shartlar bank, qarz oluvchi va oliy ta’lim muassasasi o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasida aks ettirilishi kerak.


Shunisi xarakterliki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2001 yil 26 iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlari berish to’g’risidagi nizomga muvofiq to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan talaba ichki tartib-qoidalarni, o’quv intizomini buzganligi va akademik o’zlashtirmaganligi, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi uchun o’qishdan chetlatilganda ilgari to’langan pullar qaytarib berilmaydi.
Ta’lim oluvchining o’z tashabbusi bilan uzrli sabablarga ko’ra o’qishni to’xtatishga majbur bo’lganda ta’lim muassasasi oldindan to’langan pullarning o’qishning amaldagi muddati uchun sarflangan xarajatlarni ushlab qolgan holda tegishli qismini qaytarib beradi.


    1. Ipoteka krediti va undan foydalanish imkoniyatlari.

Hozir O’zbekistonda aholiga ipoteka kreditlari berish sxemasini amaliyotga joriy etayotgan kredit tashkilotlarining soni kundan-kunga ko’payib bormokda. Odatda, uy-joyni tanlash uchun vaqt cheklangan bo’ladi. Shunday ekan, qarz oluvchi bank ipoteka krediti berish chogida k.anday talablarni qo’yishini oldindan aniqlab oladi. Umuman olganda, ipoteka krediti olish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni to’plash va rasmiylashtirishning to’rt bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi bosqich - bankka takdim etish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni to’plash bosqichi bo’lib, bu hujjatlar: qarz oluvchining pasporti; jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi; oilasining tarkibi haqida, yashash joyidan ma’lumotnoma; barcha voyaga etgan va etmagan oila a’zolarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar; qarz oluvchining mehnat daftarchasi; hozirgi ish joyidan olingan mehnat kontrakti (ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi); asosiy ish joyidan oxirgi 12 oyda olingan daromadlar va ushlab kolingan pullar miqdori haqidagi bank belgilagan shakldagi ma’lumotnoma; qo’shimcha daromadlar bo’lgan taqdirda - qarz oluvchining yashash joyi bo’yicha oxirgi bir yildagi daromad to’g’risida soliq organlari tomonidan tasdiqdangan deklaratsiya nusxasi (ish joyidan ma’lumotnoma bo’lmagan taqdirda); sotib olinayotgan uy-joyning bahosi to’g’risida mustaqil baholovchining hisobotidan iborat.
Ikkinchi bosqich-ariza to’ldirish, hujjatlarni kredit xodimlarining o’rganib chiqishi, kredit komissiyasining qaror qabul qilishi; ipoteka krediti olish uchun bank belgilagan shakldagi ariza; qarz oluvchini dastlabki tarzda malakalash bo’yicha bank belgilagan shakldagi, qarz oluvchi tomonidan imzolangan anketa; garovga qo’yilgan uy-joy bahosini bank bilan kelishish bosqichi.
Uchinchi bosqich - kredit shartnomasi tuzish, kvartirani rasmiylashtirish (kredit komissiyasi ijobiy qaror qabul kilgan taqdirda): sotuvchidan yoki kuruvchidan bank krediti hisobidan sotib olinayotgan va qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan uy-joyni olish-sotish shartnomasi; er (xotin)ning va boshqa voyaga etgan oila a’zolarining, shuningdek vasiylik va xomiylik organlarining voyaga etmagan oila a’zolarini kuzlab kredit hisobidan sotib olingan uy-joyni garovga qo’yishga, shuningdek, undirish uy-joyga karatilgan taqdirda, uy-joyni bushatib berishga notarial tasdiqlangan roziligi; bank muassasasida birlamchi omonat pul mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlar; sotib olinayotgan uy-joyni sugurtalash shartnomasi; qarz oluvchining xayotini va mehnat qobiliyatini cyg’yptalash shartnomasi; kredit hisobidan sotib olinayotgan uy-joyni garovga qo’yish (ipoteka) haqida davlat ruyxatidan o’tkazilganligini bildiruvchi belgi qo’yilgan shartnoma.
To’rtinchi bosqich - pul mablag’larini sotuvchi hisobvaragiga o’tkazish va sotuvchining pulni olishi.
Kredit tashkilotlari ipoteka yordamida sotib olinadigan uy-joyga kuyadigan muayyan talablar mavjud. Eng avvalo, bu uy-joy likvidli mol-mulk bo’lishi, ya’ni boeorda makbul

muddatlarda va narxidan ko’p yutkazmagan holda sotish mumkin bo’ladigan ob’ekt bo’lmogi kerak.


Bu shaxsan mijozga ham kerak, bank tomonidan ham ipoteka kreditini kurib chiqish chogida hisobga olinadi.
Garov tarikasida sotib olinayotgan uy-joy rasmiylashtirilganida, bu uy-joy qonun hujjatlariga muvofiq sotuvchiga mulk huquqi asosida tegishli bo’lishi kerak. Afsuski, oila a’zolari va ularni ko’chirib chikarish mumkinligi muammosi xar kanday, xatto yuridik jihatdan puxta tayyorlangan shartnomada ham dolzarb bo’lishi mumkin.
Xaridor bilan sotuvchi va rieltorlik agentligi o’rtasidagi shartnomalar shartlarni batafsil bayon kilgan holda fakat yozma shaklda tuzilishi kerak. Garov egasining undiruvni garovga qo’yilgan uy-joy yoki kvartiraga karatishi va bu mol-mulkning sotilishi uy-joy yoki kvartirani sotib oluvchi tomonidan ushbu binoda birga yashaydigan garov beruvchi va uning oila a’zolarini ko’chirib chikarish uchun asos bula olmaydi, basharti bu uy-joy ular uchun doimiy yashashga yarokli birdan-bir bino bo’lsa. Boshqa barcha hollarda bevosita sudning ko’chirib chikarish haqidagi hal kiluvchi qarorida sanitariya me’yorlariga javob beradigan va ko’chirib chikarilayotgan shaxs kuchib o’tishi kerak bo’lgan aholi punkti doirasidagi boshqa uy-joy binosi ko’rsatilishi kerakligini nazarda to’tish mumkin. (1-chizma)
1-chizma


Download 82,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish