Kredit-modul tizimiga o'tish nima uchun kerak? Maqsad, mohiyat va afzallik​


-bob. Nazorat turlarini baholash tartibi va mezonlari



Download 89,17 Kb.
bet14/21
Sana17.07.2022
Hajmi89,17 Kb.
#817130
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar iqtisodiy yuksalishning muhim omili

4-bob. Nazorat turlarini baholash tartibi va mezonlari
42. O‘quvchining har bir modul bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash Yevropa kredit transfer tizimiga (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
43. O‘quvchining har bir modul bo‘yicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalari, shuningdek o‘quv semestri mobaynidagi har bir modul bo‘yicha o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi.
100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
oraliq nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning — 40 foiz (40 ball)gacha;
yakuniy nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning — 60 foiz (60 ball)gacha, oraliq nazorati belgilanmagan taqdirda 100 foiz (100 ball)gacha ajratiladi.
TDYU Kengashi tomonidan nazorat turlari bo‘yicha ballar miqdori o‘zgartirilishi mumkin.
44. O‘quvchining modul bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash quyidagi namunaviy mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) “A”, “A-” a’lo baho (86 — 100 %) olish uchun o‘quvchi:
o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri ifodalashi;
muammoli savollarni aniqlashi, o‘z huquqiy pozitsiyasini asoslab bera olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida masalalarni yechishda samarali qo‘llay olishi;
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil ravishda hal qila olish qobiliyatini ko‘rsata olishi;
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
modul o‘quv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglash, ularni qo‘llay olishi;
seminar, amaliy mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi lozim;
b) “V+”, “V”, “V-” yaxshi baho (71 — 85 %) olish uchun o‘quvchi:
o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri ifodalashi;
o‘z fikrini isbotlashda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni o‘quv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
amaliy mashg‘ulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bunda bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmasligi;
modul o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularni qo‘llay olishi;
butun modulni o‘zlashtirish davomida seminar, amaliy mashg‘ulotlarida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi lozim;
v) “S+”, “S”, “S-” qoniqarli baho (55 — 70 %) olish uchun o‘quvchi:
davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega bo‘lishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
modulning umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi;
pedagog xodim rahbarligida standart vaziyatlarni hal eta olishi;
o‘qilayotgan modul bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
seminar, amaliy mashg‘ulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi lozim;
g) o‘quvchining bilim darajasi “D” qoniqarsiz baho bilan (50 — 55 % gacha) baholanadi, agar:
davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa;
terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa;
seminar, amaliy mashg‘ulotlarda passiv qatnashgan bo‘lsa;
d) o‘quvchi o‘zlashtirishi quyidagi hollarda bilim darajasi “F” (0 — 49 % gacha) baholanadi, agar:
tegishli modul bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lmasa;
amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.
Modul xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir modul bo‘yicha baholash mezonlari tegishli o‘quv dasturida aks etadi.
45. Modullar bo‘yicha semestr uchun o‘quvchi reytingi quyidagicha aniqlanadi:


Download 89,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish