3.
Jаmоаni shаkllаntirishdа jаmоа а‟zоlаri vа ulаrning fаоliyatlаrigа
qo„yilаdigаn yagоnа tаlаblаr
Jamoada muomalani tashkil etganda, o‗quvchilar muhitida mavjud bo‗lgan
haqiqiy guruhlarni nazarda tutish, bir-biriga mehr bilan qaraydigan va o‗zaro
do‗stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarning xususiyatlarini,
ularning yo‗nalishi, qiziqishlari, malakasini va hokazolarini bilishi, hisobga olishi va
ulardan foydalanishi kerak.
Jamoa ishini tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash
vaqtida mazkur xususiyatlarni hisobga olish ishning samaradorligini oshiradi. Bu hol
guruhdagi muomalani jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini
guruhdagi muomala sohasiga olib kiradi. Masalan, jamoa yetarli darajada obro‗
qozongan, jamoatchilik yo‗nalishiga ega bo‗lgan guruhga muayyan bir tadbirni
tayyorlash va o‗tkazishga boshchilik qilishni topshirsa bo‗ladi. Qandaydir o‗ziga xos
qiziqishlarii bor guruhga butun jamoa uchun bu qiziqishlarga mos keladigan ishning
tashabbuskori va tashkilotchisi bo‗lish taklif etiladi va hokazolar.
Odam bolasining rivojlanishi muhim jarayon sanaladi. Bizga ma‘lumki, hayoti
davomida inson jismoniy va psixik tomonidan o‗zgarib boradi, lekin bolalik va
o‗smirlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‗ladi. Bola mana shu yillarda ham
jismoniy, ham psixik jihatdan o‗sishadi, o‗zgarishadi, shaxs sifatida kamolga yetadi.
Bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta‘sir etishi natijasida bola jamiyat
a‘zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o‗ziga
munosib o‗rin egallaydi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va
biologik omillarning ta‘sir kuchi hamisha bir xil bo‗lavermaydi. Sababi, odamning
xulqiga, munosabatiga va aloqalariga yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, odatlari va
nihoyat, vaziyat ham ta‘sir etadi. Shaxsning fazilatlarini to‗g‗ri aniqlash va bexato
Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‗quvchilarning shaxslararo
real, ya‘ni aniq mavjud bo‗lgan aloqalarini hisobga olish ikki xil
maqsadga: guruh a‘zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular
o‗rtasidagi muomalaga ta‘sir ko‗rsatish bundan tashqari, o‗z
oldilariga qo‗ygan har bir maqsadiga erishish imkonini beradi.
204
baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko‗rish
lozim. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma‘naviy qiyofasi, insoniy
fazilatlari ro‗yobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‗g‗ri hal qilish
uchun uning xulqiga ta‘sir etuvchi omillarni, bu omillarning, tabiatini, shaxsning
xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.
Bolaning kamolotiga, ruhiyatiga, fe‘l-atvori shakllanishiga biologik omil,
ijtimoiy omil va tarbiya ta‘sir etadi. O‗rta Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Abu Ali
Ibn Sinolar ham inson tarbiyasiga ta‘sir etadigan omillarga katta ahamiyat berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta‘lim-tarbiyaning muhimligini ta‘kidlab: «munosib
inson» bo‗lishi uchun odamda ikki imkoniyat: ta‘lim va tarbiya olish imkoniyati bor.
Ta‘lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa, bu kishilar bilan
muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yashirishga olib boradigan
yo‗llar, deydi. Abu Ali ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy
pedagogik asosda yoritib berishga yordam beradi. U ayniqsa, oila tarbiyasida ota-
onaning o‗rniga alohida to‗xtalib: bola tug‗ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom
qo‗yishi, so‗ngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak. Agar oilada tarbiyaning
yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo‗ladi degan fikrni ilgari suradi.
Bola shaxsining rivojlanishiga, kamol topishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi
omillar ta‘sir etadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta‘siri deganda, ota-
onalarga o‗xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarni takrorlanishini tushunmoq
kerak. Har bir bolaga ota-onasidan meros shaklida ba‘zi biologik sifatlarga (tananing
tuzilishi, sochning, ko‗zning, terisining rangi, bo‗yi-basti va boshqalar) ega bo‗lgan
holda dunyoga keladi. Bularning barchasi jismoniy xususiyatlarga kiradi. Bulardan
tashqari, oliy asab faoliyatining xususiyatlari ham tug‗ma ravishda utadi. Bu esa
fiziologik xususiyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |