1. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiya maqsadini belgilashda
shaxsini tarbiyalashdir. O‗qituvchilar jamoasi va har bir o‗qituvchi-tarbiyachi ana shu
maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarni, vazifalarni belgilaydi, uning
mazmunini aniqlaydi hamda ta‘lim muassasasi ish sharoitlarini hisobga olgan holda
200
3. Tarbiyaning hayot bilan bog‗liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlarning mazmuni
va tashkil etilishini doimo yangilab turishni talab etadi. Tarbiyachilar bolalar
tarbiyasini hayot bilan bog‗lar ekanlar, ularga o‗zlarida iymon-e‘tiqodni tarbiyalash
imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat
hayotiga faolroq; jalb qilinadi, bu esa o‗quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam
beradi.
Ilg‗or o‗qituvchilar tajribasining ko‗rsatishicha, o‗quvchilar ahil jamoa bo‗lib
uyushgandagina tarbiya ishlarini faol o‗quvchilarga tayanmog‗i, o‗quvchilarni turli
ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoatchilik ruhini singdirib borishi
lozim. Sinf rahbari ishida o‗quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa
hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash-tarbiyaning yetakchi tamoyillari
hisoblanadi.
Yuqorida ta‘riflangan barcha qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va
rivojlantirish uchun qo‗llanma hisoblanadi.
Tarbiya usullarini tanlashda ularni jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi
muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir o‗qituvchi ko‗p
tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa muvaffaqiyatining munosabatlarini rivojlanishi
darajasini aniqlashdan boshlaydi. O‗qituvchining esa yangi sinf bilan marta ish
boshlanishiga to‗g‗ri keladi: o‗z mehnat faoliyatining dastlabki yilida, sinfni
navbatdagi bitirib chiqish mavsumidan keyin, ba‘zan esa ta‘lim muassasasida
vujudga kelgan vaziyat taqozosi bilan.
Tarbiya jarayoni o‗zini-o‗zi tarbiyalash jarayoniga o‗tganda yuksak darajaga
erishiladi. Ayrim o‗quvchilar va umuman, jamoa o‗z faoliyatini mustaqil
rejalashtiradi va jamoani tashkil etadi, o‗ziga va bir-biriga talablar qo‗yadi va o‗zini-
o‗zi nazorat qiladi.
Sinf rahbari va o‗quvchilar jamoasi o‗z niyatlari va ishlarida birgadirlar.
Jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar juda qiziqarli bo‗lib,
bu ish sinf rahbarining asosiy ishi bo‗lib hisoblanadi. O‗quvchilarni inoq jamoaga
birlashtirgan mohir sinf rahbari qo‗lida tarbiyalangan odam baxtlidir. Ulayayotgan
kishi, shaxsning hayotdagi mavqeini shakllantirishda, uning hayot yo‗lini belgilashda
o‗z vazifasini anglash sinf rahbarining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib
boradigan faol va qat‘iy faoliyatining zarur sharti hisoblanadi. Jamoaning rivojlanish
darajasini aniqlashda o‗quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon
bo‗ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib bo‗lmaydi. Sinf
rahbarinnng o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas,
balki o‗quvchilar jamoasini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: