Hikmatli namunalar
Tangriga iymon keltirishdan keyingi amallarning afzali bu odamlar bilan
do‗stlashish, ya‘ni solih amallar qilishdir.
Oliy himmatli, mard odam bir lahzada do‗st orttiradi, pastkash esa necha yillik
oshnoligini bir lahzada barbod qiladi.
Bir-birlaringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi
g‗ashliklarni yo‗qotadi.
Odamlar bilan do‗stlashish aqlning yarmiga teng.
Sir saqlash – til ostiga cho‗g‗ olib turishdan ham mashaqqatliroqdir.
Kishi birodari uchun hikmatli so‗zdan afzalroq narsa hadya qilolmaydi. Chunki
shu hikmat sababli Tangri uni to‗g‗ri yo‗lga solib qo‗yadi yoki yomon yo‗ldan
qaytaradi.
Do‗stlarning hasadi dushmanlarning xusumatidan yomondir.
Hisobli do‗st ajralmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |