Do‗stlik-birodarlikning eng yaxshi xislatlaridan biri kishilarga mehr-shafqatli
bo‗lishni anglatadi. Masalan, bir sinfda o‗qiydigan o‗rtoqlarimizdan biri betob bo‗lib
qoldi yoki xonadonida biror ko‗ngilsizlik ro‗y berdi deylik, shunday paytda darhol
hol-ahvol so‗rab, dardiga malham bo‗la olsak, nur ustiga a‘lo nur bo‗ladi. Buning
natijasida kishilar o‗rtasida yaqinlik mehr-oqibat ortib boradi. Do‗stlikka xos bo‗lgan
206
yana bir xislat, o‗zaro yordam hisoblanadi. Biz o‗qishda, mehnatda, jamoat ishlarida
o‗rtoqlarimizdan yordamimizni ayamasligimiz kerak (113-rasm).
Do‗stlik, o‗rtoqlik rishtalarining bog‗lanishi va mustahkamlanishini
ta‘minlovchi birmuncha xislatlar bor. Jumladan, rostgo‗ylik, bir-birini o‗zaro hurmat
qilish va sirdosh bo‗lish, o‗rtoqlarga doimo g‗amxo‗r bo‗lish kabilarni o‗z vaqtida
amalga oshirib borsak, bizning o‗rtoqligimiz ortib, haqiqiy do‗stlik darajasiga
ko‗tarila oladi. Shuning uchun ham do‗stlik o‗rtoqlikning oliy shaklidir, deyiladi,
chunki do‗stlik, avvalo o‗rtoqlikdan boshlanadi.
Kishi o‗z o‗rtoqlaridan birini boshqalardan ortikroq sevadi. Uni boshqalardan
ko‗proq hurmat qiladi, unga nisbatan o‗z moyilligini amalda ko‗rsatishga tirishadi.
Ikkinchi tomon ham bu hurmatga hurmat bilan javob berishi ayni muddao bo‗ladi.
Do‗stlar doimo bir-birlaridan maslahat oladilar, bir-birlariga muntazam yordamlashib
turadilar, moddiy va ma‘naviy jihatdan bir-birlarini qo‗llab-qo‗vvatlaydilar. Shunday
qilib, avvalgi oddiy o‗rtoqlar keyinchalik yaqin do‗st bo‗lib ketadilar.
Do‗stlikni tor ma‘noda, ya‘ni ikki kishi orasidagi aloqadangina iborat, deb
tushunmaslik darkor. Do‗stlik tushunchasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lib, million-
million kishilarning ahil yashashi, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda
hamjihatligini bildiradi. Hozir ham, bundan avval ham yer kurrasi xalqlari orasidagi
baynalmilal do‗stlik jahon ahamiyatiga ega bo‗lgan, bundan keyin ham shunday
bo‗lib qoladi. Do‗stlik – oltindan qimmat, pul bilan o‗lchab bo‗lmaydigan bebaho
narsa. Do‗stlikni saqlash yer yuzidagi barcha xalqlarning, katta-yu kichik –
hammaning hayotiy vazifasidir.
Yuqorida aytib o‗tganimizdek, do‗stlik avval ikki kishi orasida boshlanib,
ko‗payib, kengayib boradi va ijtimoiy tus oladi. Do‗st orttirish hamma yoshda ham
zarur, lekin yoshlikda boshlangan do‗stlikning ildizi juda chuqur va mustahkam
bo‗ladi. Shuning uchun ham yoshlarimiz iloji boricha ko‗proq do‗st orttirishlari va
bir-birlari bilan ahil yashamoqlari kerak. Do‗stlik shirinsuhanlikdan boshlanadi va
xushmuomalalik, ochiq ko‗ngillilik, mehr-sadoqat bilan mustahkamlanib boradi.
Yengiltaklik, jizzakilik, ig‗vo-bo‗htonga berilish va o‗zaro hurmatning yo‗qolib
borishi do‗stlikka rahna soladi, uning yemirilishiga olib keladi. Do‗stlik o‗rnini
dushmanlik, g‗arazgo‗ylik egallaydi.
Ota-bobolarimiz do‗stlikni yuqori darajada qadrlashgan. Do‗sti yo‗q odamni
qurigan daraxtga, jisman mavjud bo‗lsa ham qalbini o‗lik murdaga o‗xshatishgan.
Do‗sti ko‗p odamni hurmat qilishgan. Do‗st orttirish uchun mehnat qilish,
birovlarning yukini ko‗tarib, mushkulini oson qilish kerakligini uqtirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: