Pedagogik kuzatish metodini qo’llashda ta’lim muassasalarining o’quv- tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq tahlil qilinadi. PK murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, shaxsda kreativlik sifatlarini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kvalimetriya ta’lim sifatini nazorat qiish va samarali boshqarish maqsadida qo’llaniladi. Bunda turli darajadagi testlar, muammoli vaziyatlarni hal qilish (keyslarni echish) asosida shaxsning kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyatni tashkil eta olish ko’nikmalariga egaligi, ularning darajasi o’rganiladi hamda baholanadi.
Bola (talaba-o’quvchi)lar ijodini o’rganish metodi talaba-o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo’yicha BKM darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – ikki varaqli kundalik, insho, yozma ish, kichik esse, referat,
kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlari, pedagogik amaliyot hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metod ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Ekspert baholash metodi zamonaviy sharoitda deyarli barcha sohalara olib boriladigan tajribalarda jarayonida qo’llaniladigan va keng ommalashgan ilmiy- taqiqot metodlardan biri sanaladi. Ko’p holatlarda shaxsda kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyat ko’nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash psixolog, pedagog va bevosita kreativlikka dahldor sohalarning vakillari – malakali mutaxassislar ishtirokida amalga
oshiriladi.
Ammo ta’lim jarayonida hamkorlik ta’limi tamoyillariga muvofiq talaba-o’quvchilarning o’rtasida ham ularning o’quv topshiriqlarini bajarishga nisbatan kreativ yondashuvlarining samaradorligini baholash maqsadida ekspert guruhi shakllantirilishi ham mumkin. Bu guruh talaba-o’quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy mahsulotlar va ularning sifatini baholaydi. SHunday qilib, zamonaviy sharoitda ta’lim va tarbiya jarayonlarining sifatli, samarali
tashkil etilishi ijtimoiy zaruriyat
sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda. Mazkur zaruriyatning qondirilishi
pedagoglarning yuqori darajada kasbiy kompetentlik, mahorat va
malakalarga ega bo’lishlarini taqozo etadi. Pedagoglarning ta’lim
jarayoniga kreativ yondashuvlari talaba-o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan qiziqishni yuzaga
keltiradi, ularning o’quv-bilish faoliyatlarini faollashtirishga yordam beradi. Qolaversa, talaba-o’quvchilarning mutaxassis sifatida kreativ sifat, ijodkorlik ko’nikma, malakalarini faol o’zlashtirishlari uchun zarur sharoitni yaratadi. “Kreativ pedagogika” fanining asoslari talaba-o’quvchilar va pedagoglarda kreativlik sifatlari va ijoiy faoliyat ko’rsatish malakalarini samarali shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |