Domen tavsifi: taʼlim kontekstida kreativ fikrlash domenlarini tavsiflashda tegishli adabiyot taqrizi va mutaxassislar fikrini oʻrganish. Ushbu boshlangʻich qadam taʼlim sohasidagi mutasaddilar targʻib qilmoqchi boʻlgan ijodiy fikrlash koʻnikmasini, 15 yoshli oʻquvchining qoʻlidan keladigan kreativ yondashuv turlarini hamda PISA orqali mazmunli va ishonchli baholash mumkin boʻlgan kreativ yondashuv turlarini aniqlab beradi.
B. Konstrukt tavsifi: PISA testi aniqlashi kerak boʻlgan aniq konstruktni belgilash hamda ushbu sinov asnosida test qilinayotganlarning xususiyatlari haqida da’volarni aniqlashtirish. ITD terminologiyasida bu qadam, odatda, «ko‘nikmalarni aniqlash» yoki «o‘quvchi modeli» deb ataladi (Shute va boshqalar., 2016 [25]).
Do'stlaringiz bilan baham: |