Kompetensiyaviy modelning turli gʻoyalarni ishlab chiqish jihatiga
oid topshiriqlarni baholash uslubi.
109. Turli gʻoyalarni ishlab chiqish jihatiga tegishli har bir topshiriq
ikki yoki uchta javobni talab etadi. Ushbu javoblar shaklan farqlanishi
mumkin: masalan, o‘quvchilardan sarlavha, logotip, ijtimoiy muammoning
yechimi yoki ilmiy tarjiba uchun gʻoya berish soʻralishi mumkin.
110. Ushbu topshiriqlarni kodlashtirish ikki bosqichdan iborat.
Birinchidan, kodlovchi o‘quvchining javobi «munosibligini» aniqlashi kerak.
Munosib javoblar muayyan vazifasining shakliga nisbatan tushunarli va
muayyan vazifa mazmuniga nisbatan taalluqlidir. Bu, masalan, kiritilgan
maʼnisiz (tasodifiy) matnlarni vazifa shakliga (masalan, hikoya gʻoyasi
oʻrniga sarlavha taklif etilgan) muvofiq boʻlmagan yoki vazifaga umuman
aloqasi boʻlmagan (masalan, suvni tejash haqida gʻoya berish soʻralgan
vazifada «koʻproq gilos tanavvul qiling» degan) javoblarni bekor qilish
deganidir.
111. Ikkinchidan, kodlovchi javoblar bir-biridan «yetarlicha farqli»
ekanligini aniqlashi kerak. Kodlash yoriqnomasida turli toifalarga tegishli
(masalan, mazmuni yetarli darajada farqli boʻlgan ikki hikoya gʻoyasi
yoki ijtimoiy muammoni yechishga ikki turli yondashuv) javoblarga
misol keltirilgan. Ikki javob yetarli darajada farqli yoki bir xil ekanligini
belgilaydigan maxsus mezon iloji boricha obyektiv va turli javob shakllarini
oʻz ichiga oluvchi boʻlishi kerak. Masalan, o‘quvchilar turli sarlavhani taklif
etishi soʻralgan yozma ifoda testida, yetarli farqni belgilovchi mezon «farqli
maʼnoni beruvchi (yani, sinonim boʻlmagan) soʻzlardan foydalanish» boʻlishi
mumkin; shirkat logotipining yaratilishi soʻralgan vizual ifoda testida esa,
mezon oddiygina «turli shakllarni qoʻshish orqali farqli rasm yaratish»
boʻlishi mumkin. Ijtimoiy va ilmiy muammoni hal qilish domenidagi bir
qator vazifalarda kodlovchilarni yoʻnaltirish maqsadida farqli javoblarning
avvaldan belgilangan toifalarini shakllantirish mumkin (masalan, suvni
tejash yoʻllari haqida soʻralgan vazifada, «kamroq suv bilan yuvinish» bilan
«yuvinishga ajratiladigan vaqtni qisqartirish» ayni toifaga mansubdir).
44
45
112. Eng yuqori baho (to‘liq kredit) vazifaga berilgan javoblar ham
munosib, ham bir-biridan farqli boʻlgan holda beriladi. Yarim baho (qisman
kredit) o‘quvchilardan uchta javob soʻralganda, shu javoblardan ikki yoki
uchtasi munosib, lekin faqatgina ikkitasi bir-biridan farqli boʻlgan hollarda
beriladi. Qolgan barcha hollarda kredit berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |