16
17
KREATIV FIKRLASHNING SHAXS BILAN BOGʻLIQ
YORDAMCHI OMILLARI
AQLIY QOBILIYATLAR
30. Bir qator tadqiqotchilar ijodiy fikrlash uchun zaruriy aqliy
qobi liyatlarni aniqlashga harakat qilganlar. Guilfordning (1956 [46])
o‘xshash (convergent) va tafovutli (divergent) fikrlash konsepsiyasi bu
sohadagi tadqiqotlarga katta taʼsir oʻtkazgan. O‘xshash fikrlash deb,
odatda, javob topish maqsadida to‘plangan ma’lumotga asosan izlanish,
anglash va qaror qabul qilishning an’anaviy va mantiqiy strategiyasini
qo‘llash qobiliyatiga aytiladi. (Cropley, 2006 [47]). Aksincha, tafovutli
fikrlash – bu yangi yondashuvlarni qo‘llash va mavjud ma’lumotlardan
kutilmagan kombinatsiyalarni shakllantirish, shuningdek, bog‘lanishlar,
fikrlash va o‘zgartirishning ma’no jihatdan o‘zgaruvchanlik va ravonlik
kabi layoqatlarini qo‘llash yo‘li bilan original g‘oyalarni ishlab chiqish
qobiliyatidir (Cropley, 2006 [47]). Tafovutli fikrlash, shuningdek, tayyor
ko‘rsatmalardan voz kecha bilish, muammoga boshqacha yechimlarni
qidirish, qolgan barcha vositalar kop boʻlmaganda, kutilmagan choralarga
murojaat qilish, muammolarga boshqa nuqtayi nazardan qarash, tayyor
uslublardan voz kechib, yangilarini sinab koʻrish qobiliyati deb tavsiflangan
(Schank va Abelson, 1977 [48]; Duncker, 1972 [49]). Umuman olganda,
tafovutli fikrlash aksar hollarda yangicha, noodatiy hamda kutilmagan
javoblarni hosil qilishdir.
31. Kreativ fikrlash koʻpincha tafovutli fikrlash istilohlarida tavsif-
lanadi, aksar tadqiqotlar bugungacha tafovutli fikrlash bilan bogʻliq aqliy
jarayonlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Lekin, tadqiqotlar tahliliy yoki
qaror qabul qilish qobiliyati kabi o‘xshash fikrlashning aqliy jarayonlari
ham kreativlik uchun muhim ekanligini yaqqol namoyish qilmoqda
(Cropley, 2006 [47]; Reiter-Palmon va Robinson, 2009 [50]; Tanggard va
Glaveanu, 2014 [51]). Masalan, yangicha va qiymatli gʻoyalarni berish
qobiliyati avval boshqa, muammoni joʻyali taʼriflash kabi jarayonlarni
amalga oshirishga bogʻliq boʻlishi mumkin (Runco, 1997 [52]). Darhaqiqat,
Getzels va Csikszentmihalyi (1976 [53]) aniqlashicha, rassomchilik bo‘yicha
17
talabalarning muammoni taʼriflashdagi muvaffaqiyatlari ular chizgan
rasmlarning estetik qiymati hamda oʻziga xosligining mezonlari bilan
chambarchas bogʻliqdir. Bu mezonlar, oʻz navbatida, ushbu talabalarning
uzoq muddatda rassom sifatidagi muvaffaqiyatiga ham boʻgliq boʻlgan.
32. Maktab kreativlik uchun zaruriy boʻlgan aqliy qobiliyatlar va
yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlaydigan taʼlim metodikasini targʻib qilishi
mumkin (Beghetto va Kaufman, 2010 [54]). Masalan, Mayer (1989 [55])
aqliy timsollarni (mental reprezentatsiyani) shakllantirishni oʻrganish
oʻquvchining ilm-fan, matematika hamda AKT dagi kreativligini yaxshilashi
mumkinligini namoyish etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: